Muqaddima


QONNING KARBONAT ANGIDRID TASHISHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

QONNING KARBONAT ANGIDRID TASHISHI 
 
Qon karbonat angidridni uch shaklda tashiyda. Venoz qonning 100 ml dan 55-58 ml 
karbonat angidrid ajratib olish mumkin. Bu miqdorning faqat 3-6% plazmada erigan 
holda bo`ladi. Karbonat angidridning 15% gemoglobin bilan birikib, ikkinchi shaklni – 
oksigemoglobinni hosil qiladi. Qolgan 80% CO
2
uchinchi shaklda – kaliy va natriy 
karbonatlari shaklida tashiladi. 


169 
Karbonat angidridni ikkinchi va uchinchi tashilish shakli hosil bo`lishi uchun u avval 
suvga qo‘shilib, karbonat kislotaga aylanishi kerak. Reaksiya quyidagicha o‘tadi: 
CO
2
+H
2



H
2
CO
3


H
+
+
HCO
3

Eritrotsitlarda bu reaksiyani 1500-2000 baravar tezlashtiradigan maxsus ferment – 
karboangidraza mavjud. Bu ferment CO
2
ning muhitdagi tarangligiga bog‘liq holda 
reaksiyani ikki yo‘nalishda tezlashtiradi: to‘qimalar kapillyarlarida CO
2
tarangligi 
yuqori, natijada gidratatsiya reaksiyasi tezlashadi. O‘pka kapillyarlarida CO
2
tarangligi 
ancha pasayadi. Bu yerda degidratatsiyareaksiyasi tezlashadi. 
Karbonat angidridning asosiy tashiladigan shakli – bikarbonat tuzlar hosil bo`lishida 
eritrotsitlar muhim rol o‘ynaydi. To‘qimalarda oksidlanish natijasida hosil bo`lgan CO
2
kapillyarlarga o‘tadi va plazmada eriydi. Plazmadan karbonat angidrid molekulalari 
eritrotsitlarga o‘tadi va bu yerdagi karboangidraza ishtirokida karbonat kislotaga 
aylanadi. Natijada eritrotsit ichida HCO
3
-
anionlari miqdori ko‘payadi va konsentratsiya 
gradiyenti bo‘yicha plazmaga chiqadi. Eritrotsit membranasininganionlar uchun 
o‘tkazuvchanligi yuqori, kationlarni esa bu membrana deyarli o‘tkazmaydi. Karbonat 
kislotaning anioni plazmadagi K
+
va Na
+
kationlari bilan birikib, Bikarbonat tuzlar hosil 
qiladi. Bu kationlardan ajralgan xlor anioni eritrotsit ichiga o‘tadi va osmotik bosimning 
sal ko‘tarilishiga sabab bo`ladi. Buning natijasida eritrotsitlarga suv kirib, hajmi sal 
oshadi. 
Ayni vaqtda oksigemoglobindan kislorod ajraladi va to‘qimalarga o‘tadi. Gemoglobin 
bilan bog‘liq bo`lgan kaliyni ko‘mir kislota siqib chiqaradi va kaliy bikarbonat hosil 
qiladi. 
Kislotadan 
ajralgan 
H
+
ionlari 
gemoglobin 
bilan 
birikib, 
kam 
dissotsiatsiyalanuvchi tiklangan gemoglobin (HHb) hosil qiladi. Tiklangan gemoglobin 
CO
2
ning bir qismini o‘ziga biriktirib, kabogemoglobinga (HhbCO
2
) aylanadi. Eritrotsit 
to‘ima kapillyarlaridan o‘tayotgandagi reaksiyani quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 
KHbO
2
+H
2
CO
3
=HHb+O
2
+KHCO

Karbonat angidridga boyigan, kislorodning bir qismini yo‘qotgan venoz qon o‘pka 
kapillyarlariga yetib kelganda teskari hodisalar ro‘y beradi. Birinchi galda, erigan CO
2
diffuziya yo`li bilan qondan alveolyar havoga o‘ta boshlaydi. Natijada gazning plazma 
va eritrotsitlardagi tarangligi kamayadi va eritrotsitlarda karbonat kislota degidratatsiyasi 
boshlanadi. Karboangidraza reaksiyani bu yo‘nalishda ham keskin tezlashtiradi. 
Alveolyar havodan kislorodning qonga o‘tishi natijasida hosil bo`lgan oksigemoglobin 
karbonat kislotadan kuchliroq kislota. U bikarbonatdan quyidagi reaksiya bo‘yicha 
kaliyni siqib chiqaradi: HHb+O
2
+KHCO
3
=KHbO
2
+H
2
CO
3
. Hosil bo`lgan kislotani 
karboangidraza suv va karbonat angidridga parchalaydi, CO
2
alveolyar havoga o‘tadi. 
Karbonat 
angidrid 
ajralaishi 
natijasida 
qondagi 
tarangligining 
pasayishi 
karbogemoglobindagi karbamin bog‘larining uzilishi va CO
2
ajralishiga olib keladi. Bu 
jarayonlar qonni ortiqcha karbonat angidriddan xalos bo`lishini ta‘minlaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling