Muqaddima
YUQORI ATMOSFERA (GAZLAR) BOSIMIDA NAFAS OLISH
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
YUQORI ATMOSFERA (GAZLAR) BOSIMIDA NAFAS OLISH
G‘ovvoslar, kesson ishchilari, akvanavtlar ish vaqtida yuqori bosimga ega bo`lgan havo yoki sun‘iy gazlar aralashmalaridan nafas olishga majbur bo`lishadi. G‘ovvos suv ostiga tushganida nafas olishi uchun beriladigan gazlar aralashmasining bosimi atrofidagi gidrostatik bosimiga teng bo`lishi kerak. Gazlar bosimi past bo`lsa, g‘ovvos nafas ololmaydi. Suv ostiga har 10 metrga tushgan sari bosim 1 atmosferaga ortadi. Demak, 100 m chuqurlikda g‘ovvosning nafas olishi uchun gazlar aralashmasining bosimi 10 atmosfera bo`lishi kerak. Bunday bosimdagi havodan nafas olinsa, qon, to‘qima suyuqligi va to‘qimalarda erigan gazlar miqdori juda ko‘payib ketadi. Suv ostida birorta havf paydo bo`lishi tufayli g‘ovvos tezda suv yuziga ko‘tarilsa, gazlarning qonda eruvchanligi kamayib ketadi va oldin yuqori bosimda ko‘plab erigan gazlar ajralib, pufakchalar hosil qiladi. Atmosfera havosini tashkil qiluvchi gazlardan azot ayniqsa havfli, chunki u kislorod va karbonat angidridga o‘xshab kimyoviy birikmalar shakliga o‘tmaydi. Ko‘p miqdorda qonda paydo bo`lgan azot pufakchalarining qon tomirlarda tiqilib qolishi gaz emboliyasiga olib keladi. Emboliya miyaning muhim markazlarini qon bilan ta‘minlaydigan tomirlarda rivojlansa, hayotga havf tug‘iladi. Shu va boshqa bir qator sabablarga ko‘ra, g‘ovvoslar nafas oladigan gazlar aralashmasida azot geliyga almashtiriladi. Buning natijasida nafas loish yengillashadi, chunki geliyning zichligi azotning zichligidan 7 marta kam. Shu tufayli nafas yo`llarining qarshiligi kamayadi. Geliyning qonda eruvchanligi juda kam bo`lganidan emboliya havfi yo‘qoladi. Bundan tashqari, azot yuqori bosimga ega bo`lganda, odamga narkotik ta‘sir ko‘rsatadi. Geliyda esa bunday xususiyat yo‘q. Yuqori bosimga ega kislorod bilan nafas olish ham organizm uchun zararli. Hatto odatdagi atmosfera bosimida sof kislorodni 10-15 soat davomida nafasga olish nafas yo`llari shilliq pardasini ta‘sirlaydi, alveolalardagi surfaktant faoliyatini bbuzadi, o‘pka yallig‘lanishiga olib kelishimumkin. Yuqori bosimdagi kislorod esa 1-2 soatdan keyin markaziy nerv tizimi faoliyatini keskin buzadi, odamni akashak bo`lib qolishga olib keladi. Shuning uchun suv ostiga tushganda, g'‘vvos chuqurlashgan sari, nafas 177 havosidagi gazlar aralashmasida kislorodning parsial bosimini yer sathidagigacha (159 mm.s.u.) kamaytirish kerak. Shuni aytib o‘tish joizki, ba‘zi kasallarni 3-4 atmosfera bosimiga ega bo`lgan kislorod bilan nafas oldirib, davolaydilar. Bemor ma‘lum vaqt davomida kislorod bosimi yuqori bo`lgan maxsus kamerada yotadi. Bu sharoitda qon va to‘qimalarda erigan kislorod miqdori 20-25 marta ko‘payadi. Bu kislorod hujayralarga juda tez diffuziyalanib o‘tadi va gipoksiyaga bog‘liq bo`lgan patologik holatlar yengillashadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling