Muqaddima


NAFASNING GUMORAL BOSHQARILISHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NAFASNING GUMORAL BOSHQARILISHI 
Nafas tizimining asosiy vazifasi arterial qonda CO
2
va O
2
parsial tarangligi 
doimiyligini ta‘minlashdan iborat. O‘z navbatida qonda gazlar miqdorining o‘zgarishi 
nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qilib, tashqi nafasni o‘zgartiradi. Demak, 
boshqariluvchi jarayon bilan boshqaruvchi markaz o‘rtasida qayta bog‘lanish mavjud. 
Bunday bog‘lanish chetdagi va markazdaagi xemoretseptorlar orqali o‘rnatiladi. 
CHETDAGI (ARTERIAL) XEMORETSEPTORLAR 
 
Umumiy uyqu arteruyasining ikkiga bo`linishidan hosil bo`lgan ayrida karotid 
koptokcha joylashgan. Bu tuzilma arterial qon bilan juda yaxshi ta‘minlanadi va qonda 
kislorodning parsial tarangligi pasayishiga hamda CO
2
tarangligi ortishiga javoban 
qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgaradigan retseptorlarga ega. Bu retseptorlarni til-xalqum 
nervining bir qismi bo`lmish afferent tolalar (Gering nervi) bulbar nafas markazi bilan 
bog‘laydi. Shunga o‘xshash retseptorlar aorta ravog‘ida ham uchraydi. Aorta ravog‘idagi 
retseptrolarning nafasni boshqarishdagi ishtiroki katta emas, ular qon aylanishini 
boshqarishda faol qatnashadi. 
Karotid koptokchalaridagi retseptorlar kislorodning qondagi tarangligi mo‘tadil 
bo`lganda ham (100 mm.s.u.), markazga afferent impulslar yuborib turadi. Qondagi 
kislorod tarangligi 80 mm.s.u. dan pasaysa, bu impulslar soni keskin ortadi. Natijada 
nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, o‘pka ventilyatsiyasi ko‘payadi, qonning 
oksigenatsiyasi tezlashib, unda O
2
tarangligi ko‘tariladi. 
Karotid xemoretseptorlarga kislorodning tarangligi pasayishi (gipoksemiya) bilan bir 
qatorda, CO
2
tarangligining ortishi (giperkapniya) va atsidoz rag‘batlantiruvchi ta‘sir 
ko‘rsatadi va o‘pka ventilyatsiyasini ko‘paytiradi. Gipoksemiya, giperkapniya va atsidoz 
ayni bir vaqtda rivojlansa,nafas markazining qo‘zg‘alishi hammadan kuchli bo`ladi. 
Tabiiy sharoitda oksidlanish jarayonlarining jadallashishi natijasida to‘qimalar qondan 
ko‘proq kislorod o‘zlashtiradi. Shunga yarasha qonga ko‘proq CO
2
va kislota tabiatli 
moddalar ajraladi. 
Karotid xemoratseptorlarning uyqu arteriyasida joylashgani bejiz emas, ular miyaga 
oqadigan qonda O
2
va CO
2
miqdorini nazorat qilib turadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling