Ma`ruza №6 Ma`ruza mavzusi: Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichlari Qon bosimi. Yurak va tomirlarning nerv va gumoral boshqarilishi. Ma`ruza mashg’ulotining o`qitish texnologiyasi


Download 1.18 Mb.
bet1/2
Sana21.05.2020
Hajmi1.18 Mb.
#108568
  1   2
Bog'liq
11122 гемодинамика № 6


Ma`ruza №6
Ma`ruza mavzusi: Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichlari Qon bosimi. Yurak va tomirlarning nerv va gumoral boshqarilishi.

Ma`ruza mashg’ulotining o`qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 36 - 70 nafar

O`quv mashg’ulotining shakli

Kirish, vizual ma`ruza

Ma`ruza mashg’ulotining rejasi

1.Qon tomirlarining funktsional xarakteristikasi

2.Gemodinamikaning asosiy ko`rsatkichlari,

qon oqimining tezligi, qon aylanish vaqti.

3.Arterial va vena pul’si.

4.Arterial bosim.


O`quv mashg’ulotining maqsadi:Talabalarga Qon tomirlarda Qon okish Qonuniyatlarini, Qon tomirlarni funktsional klassi fikatsiyasini, arterial pul’s xossalarini, unikayd qilish usuli, axamiyati, arterial bosim uning turlari, miqdori, ta`sir qiladigan faktorlar, ulchash usullari, mikrotsirkulyatsiyaningfunktsiyasi, venalarda Qon xarakati, vena pul’si, uning axamiyatini urganish.

Pedagogik vazifalar.: Talaba ma`ruzani eshitganidan keyin bilishi kerak:

Qon tomirlarning funktsional klassifikatsiyasini

Qon tomirlarda qon harakatini ta`minlovchi faktorlarni.

Qon aylanish vaqtini

Qon bosimi miqdorini va uning turlarini


qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma`ruza, bayon qilish, kurgazmali.

O`qitish vositalari

Ma`ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.Rasm va Plakatlar.

O`qitish shakli

Jamoa, Ommaviy.

O`qitish shart-sharoiti

Proektor, (yoki komp’yuter) bilan jixozlangan auditoriya,Rasm va plakatlar.

Monitoring va baholash

Saol-javob, nazorat.

Ma’ruza materiallarining texnologik xaritasi

Ish soati va bosqichi

O’qituvchi

Talabalar

Tayyorlash bosqichlari(5min)

1. Ma’ruzaga tayyorlanish

2.Ma’ruzaning kirish qismiga slayd tayyorlash

3.Foydalanilgan adabiyotlar


Talabalarning davomati

1.Ma’ruza kirish (10min)

Ma’ruzaning maqsad va vazifalari bilan tanishish

Tinglaydilar va yozadilar

2.Asosiy bosqich (50min)

1.Mavzuni tushuntirish, slaydlar taqdimoti

2.Tarqatma materiallarni ishlatish


Tinglaydilar va yozadilar



3.Xulosa.(10min)

Xulosa

Tinglaydilar

4. Mustaqil ta`lim uchun topshiriq ( 5min)

Mustaqil ta`lim uchun topshiriq beradi

Topshiriqni yozadilar







80 min


Tayanch so’zlar

Gemodinamika, qon okimi, chizikli tezlik, xajm tezligi, qon bosimi, sistolik bosim, diastolik bosim, puls bosimi, arterial puls, sfigmo-gramma, vena pulsi, flebogramma, vazokontriktorlar, vazodilyatatorlar, pressor reflekslar, depressor reflekslar.



MARUZA MATNI:
Gemodinamika, ya`ni tomirlar sistemasida Qon xarakati haqidagi ta`limotning muxim Qonunlari gidrodinamika, ya`ni suyukliklar xarakati haqidagi ta`limot Qonunlari bilan bir xil.Gidrodinamika Qonunlariga kura, naylarda suyuklikning okishi ikki kuchga: suyuklikning xarakatini yuzaga keltiruvchi bosim, ya`ni nayning boshi va oxiridagi bosimlar farki va okayotgan suyuklikning yopishkokligi, nay devorlariga ishkalanishi xamda uyurma xarakatlari tufayli xosil bulgan qarshilikka bog’liq. Bu kuchlarning birinchisi – bosimlar farki – suyuklikning xarakatiga yordam beradi, ikkinchisi – gidravlik qarshilik – suyuklik xarakatiga tuskinlik qiladi. Bosimlar farkining qarshilikka nisbati vaqt birligida naylardan okayotgan suyuklik xajmini, ya`ni suyuklik okimining xajm tezligini belgilab beradi. Bu bog’liqlik kuyidagi oddiy tenglama bilan ifodalanadi:

Q = P1 – P2 / R bu erda Q – suyuklik xajmi; R1-R2 – suyuklik okayotgan nayning boshi va oxiridagi bosimlar farki; R- okimga qarshilik.

Keltirilgan tenglama gemodinamikani tushunish uchun bir kancha muxim xisoblar qilishga imqon beradi. Masalan, Qon aylanishining katta yoki kichik doirasidagi tomirlarda Qon okishiga umumiy periferik qarshilikni xisoblab chikarish mumkin R = P1 – P2 / Q tenglamasiga asoslanib, periferik qarshilikni xisoblab chikarish uchun Qon aylanish doiralaridan xar birining boshi va oxiridagi bosim miqdorini va yurak qorinchalaridan tomirlar sistemasiga chikib, bo’lmalarga kaytib kelgan Qon xajmini bilish lozim. Qonning bu miqdori minutlik xajmiga teng, chunki normal fiziologik sharoitda yurakka kancha Qon kelsa, undan ushancha Qon otilib chiqadi. Aorta bilan kavak venadagi yoki o’pka arteriyasi bilan o’pka venasidagi bosimlar miqdorini bevosita simob ustunining millimetrlari bilan ulchash mumkin. Yurak arterial sistemaga Qonni uzluksiz ravishda emas, balki ritmik ravishda chikarishini va arteriyalardagi bosim miqdori sistola chukkisida va diastola oxirida turlicha bo’lishini bu xisoblarda e`tiborga olish lozim. SHuning uchun xisoblashda o’rtacha bosim miqdorlaridan foydalaniladi. Qon yurakdan uzluksiz okib chikkan takdirda Qonning xarakat energiyasini shu bosim ifodalaydi. Xisoblarda periferik qarshilik absolyut fizik miqdor – dina.sek/sm5 bilan ifodalanadi. Simob ustunining millimetrlari bilan ulchangan bosim miqdorini dinalarga aylantirish uchun bosim kursatkichi simobning solishtirma ogirligi – 13,6 ga va ogirlik kuchining tezlanishi – 980 ga kupaytiriladi. Tomirlardan okib utayotgan Qon xajmi ml/sek bilan ifodalanadi.

N.N.Savitskiy ma`lumotlariga kura, normal odamda Qon aylanish katta doirasidagi tomirlarning umumiy periferik karshiligi 2500-1400 dina sek/sm5 ni tashqil qiladi. Qon aylanish kichik doirasidagi tomirlarning periferik karshiligi taxminan 10 baravar kam. Suvning yopishkokligi 1 deb kabul kilingan, Qonning yopishkokligi suvnikiga karaganda 5 baravar ortik. Suyuklik yopishkokligi kancha ortik, shu suyuklik okayotgan nay kancha uzun va radiusi kancha kichik bo’lsa, u suyuklikning okishiga ushancha kup qarshilik ko’rsatadi. Bu miqdorlar orasidagi boglanish Puazeyl’ tenglamasi bilan ifodalanadi:

R = 8l / r bu erda:  - suyuklik yopishkokligi, l – nay uzunligi, r – nay radiusi.

Puazeyl’ tenglamasi kattik naylardagi suyuklik xarakatini urganish asosida chikarilgan, shuning uchun uni tomirlardagi Qon xarakatiga qarshilikni anik xisoblashga tadbik etib bo’lmaydi. Puazeyl’ tenglamasi gemodinamikaning xamma real sharoitlarini, jumladan tomirlar devorining elastik xossalarini, Qon bosimining miqdoriga karab tomirlar diametri uzgarishini, uyurma xarakatlarini va boshqa shartlarni xisobga olmaydi. SHu bilan birga bu tenglama qarshilik Qon tomirlar kengligi va uzunligiga, Qonning yopishkokligiga bog’liq ekanligini ko’rsatadi. Tenglamaga muvofik, ingichka tomirlarda – arteriolalar va kapillyarlarda Qon xarakatiga maksimal darajada katta qarshilik bor (kapillyarlar juda kalta bulganidan, ulardagi qarshilik uzunrok arteriolalardagiga karaganda kam).

Turli tomirlardagi qarshilikni ularning boshi va oxiridagi Qon bosimi farkidan bilish mumkin: Qon okimiga qarshilik kancha katta bo’lsa, tomirda Qonning xarakatiga ushancha kup kuch sarflanadi, binobarin, bu tomirdagi bosim ushancha kup pasayadi. Tomirlardagi Qon bosimini bevosita ulchash yirik va o’rta arteriyalarda u atigi 10%, arteriolalar va kapillyarlarda 85% pasayishini kursatdi. Buning ma`nosi shuki, Qonni xaydash uchun qorinchalar foydalanadigan energiyaning 10 protsenti yirik va o’rta arteriyalardagi Qon xarakatiga, 85 protsenti esa arteriolalar va kapillyarlardagi Qon xarakatiga sarf bo’ladi.

Qon okimining ml/sek lar bilan ulchanuvi xajm tezligini bilib olib mm/sek lar bilan ulchanadigan chizikli tezligini xisoblab chikarish mumkin. CHizikli tezlik Qon zarralarining tomirda siljish tezligini ifodalaydi. CHizikli tezlik (V) xajm tezligining (Q) Qon tomir ko’ndalang kesimining umumiy yuzasiga bulinganiga teng: V = Q / r2. Bu tenglama bilan xisoblab chikarilgan chizikli tezlik – o’rtacha tezlikdir. Xakikatda esa okim markazida (tomirning uki buylab) va tomir devorining yonida xarakatlanuvchi Qon zarralarining chizikli tezligi xar xil. Okimning markazida chizikli tezlik maksimal, tomir devori yonida esa, Qon zarrachalarining tomir devoriga ishkalanishi ayniksa katta bulgani uchun, minimaldir.

YUkorida kursatib utilganidek, 1 minutda aorta yoki kavak venalar orqali va o’pka arteriyasi yoki o’pka venalari orqali utadigan Qon xajmi bir xil. Yurakdan ketayotgan Qonning miqdori unga kelayotgan Qon miqdoriga baravar. Bundan anglashiladiki, Qon aylanish katta va kichik doirasining butun arterial sistemasi yoki barcha arteriolalari orqali yoxud barcha kapillyarlari yoki butun venoz sistemasi orqali 1 minutda utgan Qon xajmi bir xil. Tomirlar sistemasining xar kanday umumiy ko’ndalang kesimidan utgan Qonning xajmi doimiy bulgani xolda Qon okimining chizikli tezligi bir xil bo’lmasligi kerak. CHizikli tezlik tomirlarning umumiy kengligiga (eniga) bog’liqdir. Bu, chizikli tezlik bilan xajm tezligining munosabatini ifodalovchi tenglamadan kelib chiqadi; tomirlar ko’ndalang kesimining umumiy yuzasi kancha katta bo’lsa, Qon okimining chizikli tezligi ushancha kam bo’ladi. Qon tomirlar sistemasining eng tor joyi aortadir. Arteriyalar shoxlaganda, xar bir tarmok uzini ajratgan arteriyaga nisbatan tarkok bo’lishiga karamay, tarmoklar yigindisining kengayganligi kuzatiladi, chunki arterial tarmoklar yigindisining enidan kattadir. Kapillyarlar turi eng keng, chunki barcha kapillyarlar diametrining yigindisi aorta diametridan taxminan 600-800 baravar katta. SHunga kura aortada Qon kapillyarlardagiga nisbatan tezrok xarakatlanadi.

Venalarda Qon okimining chizikli tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yanada ortadi, chunki venalar bir-biriga kushilganda Qon yuli torayib koladi. Kavak venalarda Qon okimining chizikli tezligi aortadagi chizikli tezlikning yarmiga teng keladi. Qon yurakdan uzluksiz ravishda chikmay, balki ayrim portsiyalar shaklida otilib chikkani uchun arteriyalardagi Qon okimi uzlukli xarakterda bo’ladi. Modomiki shunday ekan, chizikli tezlik bilan xajm tezligining uzluksiz uzgarib turishi: aorta va o’pka arteriyalarida qorinchalar sistolasi vaqtida maksimal, diastola vaqtida esa kam bo’lishi tushunarli. Vaqt birligida kapillyarlar bilan venalardagi Qon okimi doimiy va, demak uning chizikli tezligi xam doimiy. Pul’slanuvchi (uzlukli) Qon okimining doimiy (uzluksiz) Qon okimiga aylanishida arterial devor xossalarining axamiyati bor.Arteriyalar devorining tuzilishiga karab ikki guruxga bulinadi. Yirik arteriyalar elastik tipdagi tomirlarga, o’rtacha va kichik kalibrli arteriyalar muskul tipidagi tomirlarga kiradi. Qonning butun tomirlar sistemasida uzluksiz okishiga sabab shuki, aorta va yirik arteriyalarning elastik xossalari juda rivojlangan.

Suyuklik xarakatining baravarlanishida tomirlar devori elastikligining axamiyati borligi kuyidagi tajriba bilan tushuntiriladi: bakdagi suv ingichka kapillyarlar bilan tugaydigan ikkita nay (biri shisha nay, ikkinchisi rezina nay) orqali bo’iib-bo’iib tushiriladi. Suv shisha naydan bulinib-bulinib tushadi, rezina naydan esa suv bir tekisda va shisha nayga karaganda ko’proq chiqadi. elastik nayning suyuklik okimini baravarlay olishi va kupaytira olishi shunga bog’liqki, suyuklik portsiyasi elastik nay devorlarni chuzgan paytda nayning elastik taranglanish energiyasi xosil bo’ladi, ya`ni suyuklik okimining kinetik energiyasiga aylanadi. Yurak-tomirlar sistemasida yurak sistolasi vaqtida paydo buluvchi kinetik energiyaning bir qismi aorta va undan boshlanuvi yirik arteriyalarning kengayishiga sarf bo’ladi. Bu tomirlarga anchagina Qon kirib, ularni kengaytiradigan elastik (yoki kompression) kamerani xosil qiladi. Bu kameraga anchagina Qon kirib, uni chuzadi, ayni vaqtda yurak yuzaga chikargan kinetik energiya arterial devorlarning elastik taranglanish energiyasiga aylanadi. Sistola tugagach tomirlar devorining yurak tomonidan yaratilgan elastik tarangligi diastola vaqtida Qon okishini saklab turadi.

Qonning yopishkokligini Qon xarakatiga, Qon bosimiga ta`siri katta axamiyatga ega. Qon tomirlarda sekin xarakat kilsa – yopishkokligi oshadi (10 martagacha oshishi mumkin). Organizmda shunday mexanizm borki diametri 1 mm dan kam bulgan Qon tomirlarda yopishkoklik kamayadi. Bu xodisani Fenomen sigma yoki effekt Fareusa – Lindkvista deb atashadi. Kapillyarlarda yopishkoklik 2 marta pasayadi – plazma yopishkokligiga teng bo’ladi. eritrotsitlar bir katorga tizilib ilon xarakatiga uxshab kapillyarlarda xarakat qiladi. eritrotsitlar plazma kobigi bilan uralib okadi, shuning natijasida Qon okishi yaxshilanib, bosim uzgarishlari kamayadi. Aorta, katta arteriyalarda Qon okishiga tomirlardagi qarshilik umumiydan 19% tashqil qiladi, kichkina arteriyalar va arteriolalarda 50%, kapilyarlarda 25%, kichik venalarda, venulalarda 4%.

Qon tomirlar

Yurak-Qon tomirlar sistemasini asosiy vazifalaridan biri – Qon aylanishini, tsirkulyatsiyasini ta`minlaydi. Qon okimini xarakatlantiruvchi kuchi – yurak yordamida xosil bo’ladigan energiya va bosimlar gradienti – Qon tomirlarning xar kaysi qismlaridagi bosimlar farki. Qon yukori bosimdan past bosim tomoniga okadi. Aortada o’rtacha bosim – 100 mm.sim.ust., magistral arteriyalarda 80 mm.sim.ust., arteriolalarda 40-60 mm.sim.ust., kapillyarlarda 15-25 mm.sim.ust., venulalarda 12-15 mm.sim.ust., venoz kollektorlarda 3-5 mm.sim.ust., kavak venalarda 1-3 mm.sim.ust.Markaziy venoz bosim – ung bo’lmachalarda – 0, o’pka arteriyasida o’rtacha 15-25 mm.sim.ust., o’pka venasida 3-4 mm.sim.ust, chap bo’lmachada 2-3 mm.sim.ust.



Qon tomirlarni B.I.Tkachenko buyicha klassifikatsiyasi:

  1. Bosim generatori va Qon chikimi (rasxoda) –yurak sistola vaqtida Qonni aorta va o’pka arteriyasiga chikaradi.

  2. YUkori bosim tomirlari – aorta va katta arteriyalar – bularda Qon bosimini yukori darajasi saklanadi.

  3. Bosim stabilizatori tomirlar – kichkina arteriyalar va arteriolalar – optimal bosimni saklab turishadi.

  4. Kapillyar okimini taksimlovchilari – terminal, silliq mushakli tuzilmalar. Bular kapiyallarda Qon okimini tuxtatishi va kayta tiklashi mumkin.

  5. Almashinuv tomirlari – kapillyarlar va qisman venulalarni postkapillyar qismlari

  6. Akkumulyatsiyalovchi tomirlar – venulalar va kichkina venalar. Bu tomirlarni asosiy vazifasi – sigim, Qonni tuplashlari va kerak bulganda tsirkulyatsiyaga chikarishlari mumkin.

  7. Qonni kaytaruvchi tomirlar. Katta venoz kollektorlar va kavak venalar

  8. SHuntlovchi tomirlar - xar xil tipdagi anastomozlar, arteriolalar bilan venulalarni biriktiruvchi. Bular nutritiv (oziklantirish) emas okimni ta`minlaydilar.

  9. Rezorbtiv tomirlar - Qon aylanishining limfatik sistemasi, limfatika kapilyarlarni asosiy vazifalari – tukimalardan oqsil va suyuklikni rezorbtsiya qilish, limfatik tomirlarni funktsiyalari – rezorbtiv maxsulotni kayta Qonga transportirovka qilish.


Arterial pul’s

Ateriyalardagi bosimning sistolada kutarilishi sababli arteriya devorining ritmik tebranishi arterial pul’s deb ataladi. Yuzada yotgan xar kanday arteriya: a.radialis, a.temporalis, a.dorsalis pedis va shu kabilarni ushlab kurib, arteriya pul’satsiyasini bemalol sezish mumkin.Pul’s tulkini (boshqacha aytganda, bosimning kutarilish tulkini) qorinchadan Qon otilib chikib aortadagi bosim keskin kutarilganda va shu sababli aorta devori chuzilganda vujudga keladi. Pul’s tulkini va arteriya devorining shunga alokador tebranishi aortadan arteriolalar va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarkaladi va kapillyarlarda sunadi.Pul’s tulkinining tarkalish tezligi Qonning okish tezligiga bog’liq emas. Arteriyalarda Qon okishining chizikli tezligi 0,3-0,5 m/sek dan ortmaydi, yosh-yalanglarda va o’rta yashar odamlarda Qon bosimi va tomirlar elastikligi normal bulganda pul’s tulkinining tarkalish tezligi aortada 5,5-8 m/sek, periferik arteriyalarda esa 6-9,5 m/sek. YOsh ortishi bilan tomirlar elastikligi kamaygan sayin pul’s tulkinining tarkalish tezligi (ayniksa aortada) ortadi.

Ayrim pul’s tebranishini sinchiklab analiz qilish uchun u xarakatlanayotgan kogoz yoki fotoplyonkaga maxsus asboblar – sfigmograflar yordamida kayd kilinadi. Sfigmograflarning turli modellari mavjud. Ularning bir xillari pul’s tebranishlarini engil richaglar yordamida, boshqalari kul yoki oyokka boglanadigan manjeta yordami bilan pnevmatik usulda, uchinchilari – optik usulda kayd qiladi. Xozirgi vaqtda pul’sni tekshirish uchun datchiklardan foydalanishadi, ular arteriya devorining mexanik tebranishlarini elektr uzgarishlariga aylantirib, kayd qiladi.Aorta bilan yirik arteriyalarning pul’s egri chigida (sfigmogrammada) ikki asosiy qism: anakrota (egri chizikning kutarilishi) va katakrota (egri chizikning tushishi) ajratiladi.

Anakrotik kutarilish Qon xaydalish fazasining boshlarida yurakdan otilib chikkan Qon ta`sirida arterial bosimning kutarilishi va shu sababli arteriyalar devorining chuzilish okibatidir. Qorincha sistolasining oxirida undagi bosim pasaya boshlashi bilan egri chizikning katakrotik tushishi boshlanadi. Qorincha bushasha boshlab undagi bosim aortadagi bosimga nisbatan pasayganda arterial sistemaga otilib chikkan Qon orqasiga - qorincha tomonga xarakatlanadi; arteriyalardagi bosim pasayadi va yirik arteriyalarning pul’s egri chizigida chukur uyma – intsizura paydo bo’ladi. Birok Qon yuraka kaytib kelayotganda tusikka duch keladi, chunki yarimoy klapanlar Qonning teskari tulkini ta`sirida yopilib, Qonning yurakka kaytib kirishiga tuskinlik qiladi. Qon tulkini yarimoy klapanlariga urilib kaytadi va bosim kutarilishining ikkilamchi tulkinini xosil qiladi, bu tulkin ta`sirida arteriyalar devori yana chuziladi. Natijada sfigmogrammada dikrotik (ikkilamchi) kutarilish paydo bo’ladi.

Aorta va undan bevosita boshlanadigan yirik tomirlarning markaziy pul’s deb ataluvchi pul’s egri chizigi va periferik arteriyalarning pul’s egri chizigi shaklan bir-biridan picha fark qiladi.

Sfigmogrammaning:

Anakrotasi – yurak tsiklining va Qonni tez xaydash fazasiga mos keladi

Katakrotasi – Qonni sekin xaydash fazasiga

Intsizurasi – protodiastolik fazasiga

Dikrotik kutarilishi – izometrik bushashish fazasiga

Pul’s tekshirilib, uning bir kancha xususiyatlari: chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmini aniklash mumkin. 1 minutdagi pul’s chastotasi yurakning qisqarishlar chastotasini xarakterlaydi. Pul’s ildamligi – arteriyada bosimning anakrota paytida kutarilib katakrota paytida pasayish tezligidir. Pul’sning bu belgisiga karab pulsus celer (ildam yoki tez pul’s) va pulsus tardus (sekin pul’s)ni ajratishadi. Pulsus celer aortal klapanlar kamchiligida kuzatiladi, bu porokda qorinchalardan kup Qon otilib chikib, bir qismi klapandagi nukson orqali qorinchaga tez kaytib tushadi. Pulsus tardus aortal teshik torayganda uchraydi, bu porokda Qon aortaga normadagiga nisbatan sekinrok otilib chiqadi.

Pul’s To`rtkichi vaqtida arteriya devorining tebranish miqdori pul’s amplitudasi deb ataladi. Pul’s tarangligi yoki kattikligi arteriyani pul’s yukolguncha bosish (kisish) uchun zarur kuch bilan aniklanadi. elektrokardiogramma va sfigrogrammani bir fotoplenkada kayd qilib, yurak faoliyatining ba`zi buzilishlari haqida fikr yuritish uchun amaliy jixatdan muxim ma`lumotlar olish mumkin. Ba`zan pul’s defitsiti deb ataluvchi xodisa kuzatiladi, bunda qorinchalarning xar bir ko`zg’alish tulkini tomirlar sistemasiga Qon otilib chiqishiga va pul’s To`rtkisi xosil bo’lishiga olib kelavermaydi. Sistolada Qon juda sust xaydalgani uchun qorinchalarning ba`zi sistolalari periferik arteriyalarga etib boruvchi pul’s tulkinini xosil kila olmaydi, bunda pul’s aritmik bo’ladi (pul’s aritmiyasi).

Qonning arterial bosimi.

Birinchi marta Qon bosimini 1733 yilda Stefan Xels ulchagan. Otni Qon tomiriga – uyku arteriyasiga nina kiritib uni uzun nay bilan ulab bosimni ulchagan.Hayvon, ba`zan esa odam arteriyalaridagi Qon bosimini ulchash uchun manometrga kattik devorli nay bilan ulab kuyilgan shisha kanyula yoki igna arteriyaga kiritiladi. Kanyulyada yoki ulaydigan nayda Qon ivib kolmasligi uchun ularga Qonni ivishdan saklaydigan modda tuldiriladi.

Qon bosimini kayd qilish uchun ilgarilari kalkovuchli simob manometridan foydalanishar, bosim uzgarishlarining egri chizig’ini kimograf barabanlariga kalkovuch yozib turar edi. Ammo simob manometrlari inertsiyasi katta bulgani uchun yanglish ma`lumot beradi. SHuning uchun xozir elektr manometrlardan foydalanishadi, Qon bosimining uzgarishi bu asboblarda induktivlik yoki aktiv qarshilikning uzgarishiga sabab bo’ladi. elektr manometrlar goyat sezgirligi va inertsiyasizligi bilan fark qiladi.

Qon bosimini aniklashning yukorida tasvir etilgan bevosita yoki Qonli usulida arteriyaga igna yoki kanyulya kiritiladi. Odamning Qon bosimini ulchash uchun odatda boshqa – vositali, yoki Qonsiz usullar ko’proq kullaniladi. Ular tomir ichidan Qon utishini tuxtatish uchun zarur bulgan bosimni ulchashga asoslangan. Tekshirilayotgan kishining elkasiga kavak rezina manjeta uraladi. Manjeta unga havo yuboruvchi rezina ballonga va simob manometriga ulangan. Manjeta shishirilganda elkani xalka singari kisadi, manometr esa manjetada xosil bulgan bosimni ulchaydi. Bunday tekshirish uchun Riva-Rochchi sfigmomanomeri ishlatiladi. Qon bosimini shu asbobda ulchash uchun, N.S.Korotkov taklifiga kura, elkaga uralgan manjetadan periferiyadagi arteriyada paydo buluvchi tomir tonlari eshitiladi (auskul’tatsiya).

Kisilmagan arteriya ichidan Qon utayotganda odatda tovush eshitilmaydi. Manjetadagi bosim sistolik arterial bosimdan ortik bo’lsa, arteriyani butunlay kisib kuyadi va undan Qon utishi tuxtaydi. Ayni vaqtda tovush eshitilmaydi. Manjetadagi havo asta-sekin chikarib yuborilsa (ya`ni dekompressiya kilinsa), undagi bosim sistolik arterial bosimdan salgina kamayishi bilan, sistola vaqtida Qon okimi arteriyaning kisilgan joyini engib utadi-da, manjetaning pastiga yul oladi. Arteriyaning kisilgan joyidagi katta tezlik va kinetik energiya bilan kelaetgan Qon portsiyasining arteriya devoriga urilishidan tovush chiqadi, bu tovush manjeta pastidan eshitiladi. Manjetadagi bosimning kaysi miqdorida arteriyada dastlabki tovushlar paydo bo’lsa, usha bosim maksimal, ya`ni sistolik bosimga mos keladi. Manjetadagi bosim yanada pasayib, diastolik bosimdan kamayganda arteriyadan sistola vaqtida xam, diastola vaqtida xam Qon uta boshlaydi. Bu paytda arteriyaning manjetadan pastdagi qismida tovush yukoladi. Arteriada tovushlar yukolgan paytda manjetadagi bosim miqdoriga karab, minimal, ya`ni diastolik bosim aniklanadi.

N.S.Korotkov usuli bilan arteriyada ulchangan bosim miqdorini elektrmanometrga ulab kuyilgan ignani shu odamning tomiriga kiritib kayd kilingan bosim miqdoriga solishtirilsa, bir-biriga yakin natijalar olinadi, lekin natijalar xamisha tulik mos chikavermaydi.

Arteriyalardagi bosim (P): 1) yurak ishlashi natijasida arteriyalarga kiradigan Qon xajmi (Q); 2) mayda arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarda Qon okimi uchratadigan qarshilik (R) ga bog’liq. Bu bog’liqlik oddiy tenglama: P=Q.R bilan ifodalanadi. Bu tenglamaga muvofik, minutlik xajmning ortishi natijasida (masalan, organizmga kup Qon kuyilganda) Qon bosimi ko’tariladi. Minutlik xajm kamayganda (masalan, organizm Qon yukotganda) esa, aksincha, arterial bosim pasayadi.Kapillyarlar va venalyar kengayganda xam yurakka venoz Qon kamrok kaytib keladi, shu sababli Qon bosimi pasayadi, binobarin yurakdan otilib chiqadigan Qonning minutlik xajmi kamayadi. Bu xolda Qon kapillyarlar va venalarda tuplanadi. Qon ketgandan keyin tsirkulyatsiya kiluvchi Qon massasi kamaygandagi kabi, bu xolda xam minutlik xajm kamayadi, binobarin, arterial bosim xam pasayadi.

Qon bosimi yurakdan otilib chiqadigan Qon miqdoriga bog’liq ekanligini adashgan nervga ta`sir etish misolida kursatish mumkin. Adashgan nerv kuchsiz ta`sirlanganda yurak ishining sekinlanishi va susayishi arteriyalarga Qon kelishini kamaytiradi, okibatda Qon bosimi pasayadi. Adashgan nerv kuchli ta`sirlanganda yurak tuxtab koladi va arteriyalarga Qon kirmay kuyadi, Qon bosimi deyarlik nolchaga pasayadi.YUkorida keltirilgan tenglamadan kurinib turibdiki, Qon utishiga periferik qarshilik xam arterial bosim miqdorini belgilab beruvchi faktor xisoblanadi. Arteriolalarda bu qarshilik maksimal darajada yukori. Ular toraygan va Qon okishiga qarshilik katta bo’lsa, arterial Qon bosimi oshib ketadi. Arteriolalar kengayganda esa, aksincha arteriyalardagi bosim pasayadi.Periferik qarshilik miqdoriga, demak, arterial bosim darajasiga Qonning yopishkokligi xam ta`sir etadi: Qon kancha yopishkok bo’lsa, arteriolalardagi qarshilik va arteriyalardagi bosim ushancha kup ko’tariladi.Arteriyalardagi Qon bosimi doim bir xilda turmay, bir kadar o’rtacha miqdordan yukoriga kutarilib va pastga tushib turadi. Qon bosimining egri chizigida bu uzgarishlar uch xil tulkin shaklida bo’ladi.



Birinchi tartibdagi tulkinlar eng kup bo’iib, yurak qisqarishlariga bog’liq. Xar bir sistola vaqtida bir kadar Qon arteriyalarga chikib, ularning elastik chuzilishini oshiradi. Qorinchalar sistolasi vaqtida aorta va o’pka arteriyasiga keladigan Qon miqdori ketadigan miqdoridan ortik bo’ladi, shuning uchun ulardagi bosim ko’tariladi. Diastola vaqtida qorinchalardan arterial sistemaga Qon chiqishi tuxtaydi va fakat yirik arteriyalardan Qon okib ketaboshlaydi; devorlarining chuzilishi kamayadi va Qon bosimi pasayadi. Bosim uzgarishlari aorta va o’pka arteriyasidan ularning barcha tarmoklariga tarkalib, asta-sekin sunadi. Sistola natijasida arteriyalardagi bosimning kutarilishi maksimal, yoki sistolik bosimni xarakterlaydi. Diastola vaqtida bosimning pasayishi esa minimal, yoki diastolik bosimni xarakterlaydi. Sistolik bosim bilan diastolik bosim orasidagi fark, ya`ni bosimning uzgarishlar amplitudasi pul’s bosimi yoki pul’s ayirmasi deb ataladi. Bir xil sharoitda pul’s bosimi xar bir sistolada yurakdan otilib chiqadigan Qon miqdoriga proportsional bo’iib, sistolik xajm miqdorini bir kadar ta`riflab beradi.

Pul’s bosimi yurakka yakin arteriyalarda eng yukori. Yurakdan uzoklashgan sayin pul’s bosimi pasayib boradi, ya`ni sistolik va diastolik bosimlar orasidagi fark sekin-asta kamayadi. Arteriola va kapillyarlarda Qon bosimining pul’s tulkinlari yuk: ularda bosim doimiy bo’iib, sistola va diastola vaqtida uzgarmaydi.Maksimal (sistolik), minimal (diastolik) bosim va pul’s bosimidan tashkari, o’rtacha bosim deb ataluvchi bosimni xam aniklashadi. O’rtacha bosim maksimal bosim bilan minimal bosim orasidagi miqdor bo’iib, Qon bosimining pul’s tulkinlari bo’lmaganda tabiiy sharoitda uzgaruvchi Qon bosimi beradigan gemodinamik effektni bera oladi. Buning ma`nosi shuki, o’rtacha bosim Qonning uzluksiz xarakat energiyasini ifodalaydi.

O’rtacha bosimni kuyidagi formula orqali ulchash mumkin.

Purt = Pd + (Purt – Rd)/2 – markaziy arteriyalar uchun.

Purt = Pd + (Purt – Rd)/3 – periferik tomirlar uchun.

Bosimning diastolada pasayish vaqti sistolada kutarilish vaqtiga karaganda ortikrok bulgani uchun o’rtacha bosim miqdori maksimal (sistolik) bosimga karaganda minimal (diastolik) bosimga yakinrok.Bir arteriyada o’rtacha bosim xamma vaqt uzgarib turadigan sistolik va diastolik bosimdan kura doimiy miqdordir.

Qon bosimining egri chizigida pul’s tulkinlaridan tashkari nafas xarakatlariga mos keluvchi ikkinchi tartibdagi tulkinlar xam kuzatiladi; shuning uchun ularni nafas tulkinlari deyishadi: nafas olinganda Qon bosimi pasayadi, nafas chikarilganda esa Qon bosimi ko’tariladi.Qon bosimining egri chizigida ba`zan uchinchi tartibdagi tulkinlar kuzatiladi. Ular Qon bosimining yanada sekin kutarilishi va pasayishidan iborat bo’iib, xar biri bir nechta nafas tulkinini uz ichiga oladi. Uchinchi tartibdagi tulkinlar tomirlarni xarakatga keltiruvchi markaz tonusining vaqti-vaqti bilan ortishi va kamayishidan kelib chiqadi. Miya kislorod bilan etarli ta`minlanmaganda, masalan, atmosfera bosimi pasayganda, Qon yukotilganda va ba`zi zaxarlardan zaxarlanishda uchinchi tartibdagi tulkinlar ko’proq kuzatiladi.O`rta yoshli kishida maksimal (sistolik) bosim bevosita ulchanganda: aortada 110-125 mm sim.ust., oyok-kulning yirik arteriyalarida 105-120 mm. Yirik arteriyalarda Qon bosimi aytarlik pasaymasligi yukoridagi rakamlardan kurinib turipti. Mayda arteriyalarda, ayniksa arteriolalarda Qon bosimi ayniksa keskin darajada pasayadi. Ulardagi bosim juda pasayib, arteriolalarning kapillyarlarga utadigan joyida 25-30 mm ga teng keladi.

Klinik praktikada Qonning arterial bosimi odatda elka arteriyasida ulchanadi. 15 yoshgacha kishilarning maksimal Qon bosimi elka arteriyasida Korotkov usuli bilan ulchanganda 105-120 mm ni tashqil etadi. 50 yoshdan keyin aksari ko’tariladi. 60 yoshda maksimal bosim o’rta xisob bilan 135-140 mm ni tashqil etadi. YAngi tugilgan bolalarda maksimal Qon bosimi 40 mm, lekin bir necha kundan sung u 70 mm ga, bir oylik bulganda 80 mm ga etadi.Qonning minimal bosimi o’rta yoshdagi soglom odamning elka arteriyasida o’rta xisob bilan 60-80 mm. Pul’s bosimi yoki pul’s farki 35-50 mm ni tashqil etadi.Qon bosimi miqdoriga bir kancha faktorlar ta`sir etadi. Masalan, emotsional ko`zg’alish, gazablanish, kurkish Qon bosimini (ayniksa sistolik bosimni) ancha oshirib yuboradi. Yurakning zur berib ishlashi, shuningdek tomirlarning torayishi Qon bosimining kutarilishiga sabab bo’ladi. Bu uzgarishlar refleks yuli bilan va qisman Qonga utayotgan adrenalin ta`sirida ruy beradi.

Jismoniy ish vaqtida asosan yurak faoliyatining kuchayishi xisobiga Qon bosimi keskin darajada ko’tariladi. Sistolik bosim 180-200 mm ga etishi mumkin. Bunda ko’pincha diastolik bosim xam ko’tariladi (100-110 mm gacha); pul’s bosimi ortadi, bu esa sistola xajmining ko’payganligini ko’rsatadi.Odamning yurak-tomir sistemasida funktsional kamchilik bo’lsa, jadal jismoniy ish vaqtida sistolik bosim ozgina ko’tariladi, diastolik bosim esa ko’proq ko’tariladi; bunda pul’s bosimi kamayadi. Arterial bosimga ta`sir qiladigan omillar odamning jinsi, yoshi, Qon tomir uzunligi, tsirkulyatsiyalanadigan Qon miqdori, yurakning qisqarish kuchi, Qon tomirlardagi qarshilik, qon tomirlar tonusi, elastikligi, Qonning yopishkokligi, emotsional va jismoniy xolat, muxit xarorati, iklimga, meteofaktorlarga, undan tashkari mavsumiy va sutkalik uzgarishlari mumkin.

Mikrotsirkulyatsiya. Kapillyarlarning xayotiy jarayonlardagi axamiyati shuki, Qon va tukimalar orasida modda almashinuvi kapillyarlar devori orqali sodir bo’ladi. Kapillyarlar devori fakat bir kavat endoteliy xujayralaridan iborat, Qondagi erigan moddalar shu xujayralar orqali diffuziyalanadi. Qon aylanish katta doirasidagi jami kapillyarlar bir necha milliarddan oshadi, shuning uchun kapillyarlar soxasida Qon yuli ancha kengaygandir. Ishlab turgan barcha kapillyarlar ko’ndalang kesimining yigindisi aorta ko’ndalang kesimidan 600-800 baravar ortik. Kapillyarlarda Qon okish tezligi aortada Qon okish tezligidan 600-800 baravar kam bo’iib, 0,3-0,5 mm/sek ni tashqil qilishi xam shuni ko’rsatadi. eritrotsitlarning kapillyarlarda siljishini bevosita mikroskopda kuzatib, bu tezlikni ulchash mumkin.Xar bir ayrim kapillyarning buyi 0,3-0,7 mm, diametri taxminan 8 mk.Xisoblarga kura, muskul kapillyarlaridagi 1 ml Qon kapillyar endoteliy-sining 0,5 m2 yuzasiga tegib utadi. Qon kapillyarning yo’pka devoriga tegib turadigan yuza shunday katta bulganidan bu erda sodir buluvchi modda almashinuviga, jumladan Qon bilan tukima orasidagi gaz almashinuviga yordam beradi.

Turli organlardagi kapillyarlarning shakli va kattaligi xar xil. Ulardagi kapillyarlarning umumiy soni xam turlicha. Modda tez almashinadigan tukimalarning 1 mm2 ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni modda almashinuvi sust bulgan tukimalardagiga nisbatan bir necha baravar kup. Masalan, yurakning 1 mm2 kesimidagi kapillyarlar soni skelet muskulidagiga karaganda 2 baravar kup.Kapillyarlarning ikki xilini ajratishadi. Bir xili arteriolalar bilan venulalar orasida eng katta yulni xosil qiladi (ularni magistral kapillyarlar deb atashadi). Boshqalari magistral kapillyarlarning yon shoxlaridir; bular bir kapillyarlarning arterial oxiridan boshlanib, ikkinchi kapillyarning venoz oxiriga kuyiladi. Ana shu yon shoxchalar kapillyar turini xosil qiladi. G.I.Mchedlishvili ma`lumotlariga karaganda, magistral kapillyarlarda Qon okish tezligi uning yon shoxchalaridagi Qon okish tezligidan katta.Kapillyarlardagi Qon bosimi bevosita ulchangan: binokulyar lupa bilan kuzatib turib, kapillyardagi Qon okimiga teskari yunalishda ingichka kanyulya kiritib, uni fiziologik eritma tuldirilgan byuretkaga ulashgan. Byuretkadagi bosimni istagancha uzgartirish va ulchash mumkin. Kanyulyaga kirgan eritrotsit kapillyar tomonga kanyulya tomonga xam siljimay, bir joyda turgan takdirda byuretkadagi bosim kapillyardagi bosimga teng bo’ladi.

Yurak bilan bir xil balandlikda turgan kapillyardagi bosim uning arterial oxirida taxminan 25-30 mm, venoz oxirida esa 8-12 mm.Skelet muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimiga tugri keladigan kapillyarlarning umumiy sonini. A.Krog va shogirdlari aniklashgan. Organizmning xayot davrida tush’ bilan buyalgan tukimalardagi kapillyarlarni sanashgan. It muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimidagi kapillyarlar soni taxminan 2500 ekanligi ma`lum. Maxsus tajribalarda Krog tukimalarda kislorodning diffuziyalanish tezligini anikladi va shu ma`lumotlarga asoslanib, muskulda Qon xamma vaqt uning barcha kapillyarlaridan utgan takdirda muskul tukimasidagi kislorod tarangligi kapillyar Qondagi kislorod tarangligiga teng kelishi kerak edi, degan xulosaga keldi. Lekin tinch xolatdagi muskulda kislorod tarangligi juda kam (nolga yakin) ekan. Bundan anglashiladiki, muskul tinch turganda qon uning ozgina kapillyarlari, ya`ni “navbatchi” kapillyarlar orqali okadi, kolgan kapillyarlar esa berk bo’iib, qon o’tkazmaydi. Krog bir hayvonning ishlayotgan va ishlamayotgan oyogidagi kapillyarlarni sanab, xakikatda xam shunday ekanligi kursatib berdi. Dengiz chuchkasi muskulining 1 mm2 ko’ndalang kesimiga jami 3000 kapillyar tugri kelishi, bu miqdor ish vaqtida 2500, tinch turganda esa 31-270 bo’lishi aniklangan.

Muskul tinch turganda bir gurux “navbatchi” kapillyarlar ikkinchi guruxi bilan almashinib turadi. Bir gurux kapillyarlarning berqilish, ikkinchi guruxning esa ochilish sababi xozircha noma`lum. Aftidan, maxsus zapas kapillyarlar yuk, barcha kapillyarlar muayyan paytda “navbatchi” bula oladi.Berk kapillyarlar keskin tonus xolatida bo’lishini Krog anikladi. Organizmning xayot vaqtida ularni xatto yukori arterial bosim bilan xam Qonga tuldirib bo’lmaydi, xolbuki atonik kapillyarlarni ozgina bosim bilan xam Qonga tuldirish mumkin.

Kapillyarlar devori fakat endoteliydan iborat bo’iib, muskul elementlari yuk, shuning uchun kapillyarlar kanday qilib berqiladi, degan savol tugildi. Kapillyar devorini xar joy-xar joydan utib turuvchi maxsus panjasimon xujayralar (Ruje xujayralari)ning qisqarishi tufayli kaspillyar berqiladi, deb faraz kilindi. Xozir bu fikr rad etildi. Arteriolalardagi bosim miqdori kapillyarlar diametrining uzgarishida katta rol’ uynaydi. Arteriolalardagi bosim kutarilganda ishlayotgan kapillyarlar kupayadi. Arteriolalar kapillyarlarning Qonga tulishini boshqaruvchi “jumraklar” vazifasini utaydi.

Arterio-venoz anastomozlar. Gavdaning ba`zi qismlarida, masalan, teri, o’pka va buyraklarda arteriolalar bilan venalarning bevosita kushilib ketgan joylari bor. Bu kushilmalar – arterio-venoz anastomozlar – arteriola va venalar orasidagi eng kalta yuldan iborat. Odatdagi sharoitda bu anastomozlar berk bo’iib, Qon kapillyarlar turidan okadi. Anastomozlar ochik bo’lsa Qonning bir qismi kapillyarlarga kirmay, venalarga utishi mumkin.SHunday qilib, arterio-venoz anastomozlar kapillyar Qon aylanishini boshqarib turuvchi shuntlar rolini uynaydi. Atrofdagi muxit temperaturasi kutarilganda yoki pasayganda teri kapillyarlarida Qon aylanishining uzgarishi anastomozlarning shunday rol’ uynashini kursatib bera oladi. Atrofdagi temperatura kutarilganda (350 dan oshganda) yoki pasayganda (150 dan pastga tushganda) teridagi anastomozlar ochiladi va Qon arteriolalardan bevosita venalarga uta boshlaydi. Bu, Qonni isib ketish yoki sovib ketishdan saklaydi, chunki bu sharoitda Qonning xammasi issiqni yutadigan yoki tashkariga chikaradigan terining kapillyar turidan utavermaydi.

Ul’trastrukturasiga karab kapillyarlarni 3 tipga bo’lish mumkin:



  1. Devori uzluksiz kapillyarlar (somatik)

  2. Devori oynalik kapillyarlar – fenesterlik (vistseral)

  3. Devori uzlukli bulgan kapillyarlar (sinusoid)

I tipdagi kapillyarlar devori endotelial xujayralardan tuzilgan, bu xujayralar membranasida juda kup mayda teshiklar bor (4-5 nm). Bunday tipdagi kapillyarlar organizmda juda kup uchraydi (ko’ndalang targ’il, silliq muskullarda, yog va biriktiruvchi tukimalarda, o’pka tukimalarida.II tipdagi kapillyarlar devorida oynalar bo’iib yo’pka membrana bilan koplangan (buyrakda, ichakning silliq kavatida uchraydi).III tipdagi kapillyarlar devorlari orasida oraliklar bo’ladi (suyak kumigi, jigar va talok sinuslarida uchraydi). Bu oraliklardan suv va Qon xujayralari utadi.

Kapillyarlar bilan to`qimaaro suyukliklar orasidagi eritmalar

almashinuvining mexanizmlari

Almashinuv mexanizmlarida ikki tomonlama diffuziya mexanizmi juda muxim rolni bajaradi. Kapillyarlardan va kapillyarlarga kiradigan molekulalar soni taxminan deyarli bir xil. Diffuziya tezligi organizmning umumiy almashinuv yuzasidan 60 l/minutiga yakin, yoki 85.000 l. 1 sutkada.Kapillyarlar devoridan mayda molekulalar, O2 va SO2 erkin utadilar. Katta molekulalar penatsitoz orqali utadilar. Almashinuvni ta`minlaydigan II mexanizm nazariyasiga binoan kapillyar arterial tomonidan fil’trlangan reabsorbtsiyalangan suyukliklar xajmi orasida dinamik muvozanat saklanadi. Bu muvozanat buzilganda tomirlar ichidagi suyuklik xajmi bilan xujayralararo suyukliklar xajmi kaytadan taksimlanadi. Bu xolat yurak va Qon tomirlar sistemasi funktsiyalariga ta`sir etishi mumkin.

Kapillyarlarda fil’tratsiya va reabsorbtsiya tezligini intensivligi kuyidagi parametrlarga bog’liq.


  1. Kapillyarlardagi gidrostatik bosimga Rgk

  2. Tukimalarni gidrostatik bosimiga Rgt

  3. Kapillyarlarda plazmaning onkotik bosimiga Rok

  4. Tukima suyukligini onkotik bosimiga Rot

Bujarayonlarniuzaromunosabatinibilishfil’tratsiyavareabsorbtsiyanikapillyarlardaoshishvakamayishmexanizmlarinitushunishgayordamberadi. Buorganizmnixarxilxolatlarigabog’liq.Masalanfil’tratsiyanioshishi.A/Boshganda, muskullarishlaganda, rezistivtomirlarlarkengaygan, Qonxajmiko’payganda, venozbosimoshganda, ROKpasayganda, kapillyarlarnio’tkazuvchanligioshganda.Reabsorbtsiyaoshishi.A/Bpasayganda, Qonyukotganda, ROPoshganda, rezistivtomirlartorayganda.

Interstitsialbushlikkamchuzilganlikgaegabulganiuchunsuyukliktukimadakupyigilmaydi, yigilgandaxamlimfatiktomirorqalitezchikariladi. SHupaytdabushlikdanoqsilxamchikariladi, buningnatijasiROTkamayadivafil’tratsiyakamayadi. Tomirlarichidagisuyuklikxajmibilantukimaarosuyuklikmuvozanatisaklanadi.


Filtratsiya Reabsorbtsiya

RGK = 32,5 mm.sim.ust. ROK = 25

ROT = 4,5 mm RGT = 3

37 mm 28 mm



Karshi Karshi

ROK = 25 RGK = 17,5 mm

RGT = 3_ ROT = 4,5 mm


  1. 22

37 - 28 = 9 mm 28 – 22 = 6 mm

Ef.fil’t.bosim Ef.reabsorbts.bosim
Venalarda Qon yurishi.

Venalarda Qon yurishi umuman Qon aylanishining muxim faktoridir, chunki diastola vaqtida yurakning Qonga tulishi shu faktor bilan belgilanadi. VenalardagiQonyurishiningbirkanchaxususiyatlaribor.Venalarmuskulkavatiunchakalinbo’lmaganiuchundevoriarteriyadevorigakaragandako’proqchuziluvchan. SHuninguchunvenalardagibosimxattoozbulgandaxamularningdevorianchaginachuziladivaulardaanchaQontuplanibkolishimumkin.

Kukrak bushligiga yakin venalardagi Qon bosimi atmosfera bosimiga yakin bo’iib, nafas

fazalariga karab uzgaradi. Nafas olingan paytda kukrak kafasi kengayib, venalardagi bosim pasayib, manfiy (ya`ni atmosfera bosimidan past) bo’iib koladi; nafas chikarilgan paytda esa ko’tariladi (oddiy nafas chikarish paytida 2-5 mm simob ust. dan yukoriga kutarilmaydi). Jadal nafas chikarilganda yoki kuchanilganda kukrak kafasi kisilib, ichidagi bosim ortib ketadi va shunga kura kavak venalardagi bosim xam ko’tariladi, bu esa korin bushligi va oyok-kul venalaridan Qonning kaytib ketishiga tuskinlik qiladi; yurakka venoz qon kelishi kamayadi, natijada arterial bosim pasayadi. Odam kuchanganida ba`zan xushidan ketib kolishiga sabab shu.

Kukrak bushligiga yakin venalardagi (masalan, buyintirok venalaridagi) bosim nafas olish paytida manfiy bulgani uchun ularning jaroxatlanishi xayot uchun xavfli: atmosfera havosi venalar ichiga kirib, havo emboliyasiga sabab bula oladi, ya`ni arteriolalar va kapillyarlar havo pufagi bilan berqilib kolishi mumkin.

Venalarda Qon okish tezligi. Venalarda Qon okishining chizikli tezligi arteriyalardagiga

karaganda kamrok. Buning boisi shuki, venalar arteriyalarga karaganda 2-3 baravar kengrok, bu esa, gemodinamika Qonunlariga kura, Qonning sekinrok okishiga sabab bo’ladi. O’rtacha kalibrli periferik venalarda Qon okish tezligi 6 dan 14 sm/sek gacha; kavak venalarda 20 sm/sek ga etadi.

Qon aylanish katta doirasining venalarda Qon yurish sababi chap qorinchaning qisqarish

kuchigaginaemas (QonokishigaqarshilikjudakattabulganarteriolalarvakapillyarlardanQonutgandachapqorinchaningqisqarishkuchitalayginasarfbo’ladi); bundantashkari, kushimchafaktorlarningxamaxamiyatibor. Bu faktorlardan biri shuki, venalar endoteliysida (kavak venalar, kopka vena sistemasi va venulalardan tashkari) burmalar xosil bo’ladi, bular Qonni fakat yurak tomonga o’tkazuvchi xakikiy klapanlardir. Modomiki shunday ekan, venalarni kisib Qonni yurgiza oladigan xar kanday kuch venalarda Qon yurishiga yordam bera oladi; venalarda klapanlar borligidan Qon teskari okaolmaydi.Venalarda Qon yurishiga yordam beradigan kushimcha kuchlar asosan ikkita: 1) kukrak kafasining suruvchi ta`siri; 2) skelet muskullarining qisqarishi. Kukrak kafasining suruvchi ta`siri yukorida kurib utilgan edi; u venalarda qon okishiga (ayniksa nafas olish paytida) yordam beradi. Skelet muskullari venalarda qon aylanishiga shu bilan yordam beradiki, ular qisqarganda ichidagi va yonidagi venalarni kisadi. Venalarda qon bosimi past bulgani uchun ularni muskullar kisganda ichidagi qon yurak tomonga siqilib chiqadi (qonning teskari okishiga klapanlar xalakit beradi). SHuning uchun ritmik xarakatlar (masalan, odam utin arralaganda, yurganda) nasos singari ta`sir etib, venalarda qon yurishini tezlatadi. Statik ish (ya`ni venalarning uzok qisqarib turishiga sabab bo’ladigan ish – muskullarning uzok qisqarishi) venoz Qon aylanishiga tuskinlik qiladi.



Vena pul’si. Mayda va o’rtacha venalarda qon bosimining pul’s tebranishi yuk. Yurak Yaki

nidagiyirikvenalardaesaarterialpul’sgakaragandaboshqasababbilankelibchikuvchipul’stebranishlari – venapul’sikaydkilinadi. Bo’lmalar bilan qorinchalar sistolasi vaqtida yurakka Qon kelishining kiyinlashuvi vena pul’siga sabab bo’ladi. Yurakning shu bulimlari qisqarganda venalardagi bosim ko’tariladi va devorlari tebranadi. Buyintirok venasi (v. jugularis) pul’sini yozib olish xammadan kulay.Vena pul’sining egri chizigi – flebogrammada – uchta tish fark kilinadi; a, s va v. a tishi ung bo’lma sistolasiga tugri keladi. Uning kelib chikish sababi shuki, bo’lma sistolasi vaqtida kavak venalarning bo’lmaga kuyiladigan joyidagi teshik muskul tolalari xalkasi bilan kisiladi, shu tufayli venalardan bo’lmaga qon utishi vaqtincha tuxtaydi. SHu sababli bo’lmalarning xar bir sistolasida yirik venalarda qon picha yurishmay turadi, shuning orqasida devorlari chuziladi. Bo’lmalar diastolasi vaqtida ularga Qon bemalol utadi va shu payt vena pul’sining egri chizigi birdaniga pasayadi. Xa demay, vena pul’sining egri chizigida kichkina s tishi paydo bo’ladi. U buyintiruk venasining yonida urib turgan uyku arteriyasining To`rtkisidan kelib chiqadi. s tishidan sung egri chizik pasayaboshlaydi va u yangidan ko’tariladi – v tishi paydo bo’ladi. v tishining kelib chiqishiga sabab shuki, qorinchalar sistolasining oxirida bo’lmalar Qonga tulganligi va ularga yana Qon kira olmagani uchun venalarda Qon damlanib kolib, ularning devorini chuzadi.



Ma`ruzani ta`minlanishi

Ko`rgazmali materiallarni ta`minlash uchun mul’timedia texnikasi.



Mustakil tayyorlanish uchun savollar.

  1. Gemodinamika Qonuniyatlari.

  2. Qon tomirlarni funktsional xarakteristikasi.

  3. Qon okishining tezligi (chizikli va xajm).

  4. Arterial pul’s uning xarakteristikasi.

  5. Sfigmografiya.

  6. Arterial bosim, turlari, ta`sir qiladigan faktorlar.

  7. Arterial bosimni ulchash usullari.

  8. Kapilyarlarda Qon xarakati.

  9. Kapilyarlarda modda almashinuv jaraeni.

  10. Venalarda Qon xarakati.

  11. Vena pul’si. Venalarda Qon bosimi.






Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling