1. Nasos deb nimaga aytiladi?


Download 208.28 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi208.28 Kb.
#1492648
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SAVOLLAR JAVOBLARI BILAN @nqgit uz


1.Nasos deb nimaga aytiladi?

Qurilmalarda va quvur ichida suyuqlik uning boshi va oxiridagi bosimlar farqi tufayli harakat qiladi. Suyuqlikning quyi sathdan yuqori sathga uzatish uchun esa, nasoslardan foydalaniladi. Bunda suyuqlikga bosimning potenstial energiyasi ta’sir ettiriladi.


Nasos - shunday gidravlik mashinaki, unda elektr yuritkichning mexanik energiyasi suyuqlikning harakatlanish (uzatish) energiyasiga aylantirib beriladi.


2.Nasoslarning ishlash prinsipi va turlari?

Harakatlanish turiga qarab hajmiy, kurakli (markazdan qochma), uyurmaviy va o‘qli nasoslarga bo‘linadi.


Hajmiy nasoslarning ishlash prinstipi yopiq hajm ichida siqib chiqarish usuliga asoslangan bo‘lib, ilgarilama-qaytma va aylanma harakatlar tufayli suyuqlik siqib chiqariladi. Hajmiy nasoslarga porshenli, rotastion, vintli, shesternyali va plastinali gidravlik mashinalar kiradi. Markazdan qochma nasoslarda bosim markazdan qochma kuch ta’sirida, ya’ni nasos qobig‘i (asosi)ga joylashgan kurakli g‘ildirakning aylanish tufayli sodir bo‘ladi.
Uyurmaviy nasoslarda uyurma energiyasi hisobiga uzatiladi. Bu ishchi g‘ildirakning aylanishida uyurmaning tezda hosil bo‘lishi va sunishi bilan amalga oshadi.

Aytib o‘tilgan nasoslardan tashqari, yana oqimchali nasoslar, hamda gazliftlar va montejyu deb nomlanadigan mashinalardan ham foydalaniladi. Bu nasoslarda gaz, suv va bug‘larning bosimlaridan foydalaniladi. Markazdan qochma nasoslar



Ishlash prinstipi. Markazdan qochma nasoslar oqim kinetik energiyasini bosimning potenstial energiyaga aylantirib berishiga asoslanib ishlaydi (2.26- rasm). Bu turdagi nasoslarda suyuqlikni so‘rish va uzatish markazdan qochma kuch ta’sirida bo‘lib, bu kuch nasos ishchi g‘ildiragiga joylashgan spiralsimon kurakchalarni aylanishidan hosil bo‘ladi. Kurakchalar suyuqlik oqib o‘tadigan kanalni hosil qiladi.
Suyuqlik, so‘rish trubasi orqali, ishchi g‘ildirak o‘qi bo‘ylab, nasosga kiradi.
Ishchi g‘ildirak suyuqlikka aylanma harakat beradi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlik nasos qobig‘i bilan ish g‘ildiragi orasidagi o‘zgaruvchan ko‘ndalang kesimli kanalga kirib boradi. Kanalda suyuqlik tezligi uzatish quvuridagi tezlik qiymatigacha kamayadi.







Download 208.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling