Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
NAFASNING BOSHQARILISHI 
 
Nafasni boshqaruvchi murakkab mexanizmlar organizmning kislorodga nisbatan 
o‘zgaruvchan ehtiyojini toia qondirishi kerak. Bundan tashqari, arterial qonda karbonat 
angidridning doimiuy tarangligini saqlash (bu vazifani ham asosan nafas tizimi bajaradi) 
kislotali-ishqoriy muvozanat uchun muhim. 


170 
Nafas minutlk ventilyatsiyani o‘zgartirish yo`li bilan o‘zgaruvchan sharoitga 
moslashadi. Bunga nafas chuqurligini yoki tezligini, yohud har ikkala ko‘rsatkichni ayni 
bir vaqtda o‘zgartirish bilan erishish mumkin. Nafasni boshqaruvchi mexanizmlar 
moslashishni energiya sarfi nuqtai nazaridan tejamli bo`lishini ta‘minlashi zarur. Buning 
uchun nafas chuqurligi va tezligi o‘rtasida yaxshi nisbat saqlanishi kerak. Nafasning turli 
sharoitga moslashishi nafas markazining faoliyati o‘zgarishi natijasida yuzaga chiqadi. 
NAFAS MARKAZI 
Uzunchoq miyaning kichik bir sohasi shikastlanganda ham hayvonning nafasi 
to‘xtashi XVIII arsda ma‘lum bo`lgan edi. XIX asr oxirlarida N.A.Mislavskiy uzunchoq 
miyaning ayrim nuqtalarini shikastlash va ta‘sirlash usullarini qo`llab, nafas markazining 
IV qorincha tubida joylashganini aniqladi. Olim tajribalari natijasida bu markazning 
juftligi, har yarmi tananing o‘z yarmidagi nafas muskullarini boshqarishi, har qaysi nafas 
markazi nafas olish va nafas chiqarishni boshqaruvchi qismlardan iborat ekanligi 
aniqlandi. Keyingi vaqtlarda zamonaviy elektrofiziologik usullar yordamida o‘tkazilgan 
tadqiqotlar N.A.Mislavskiyning bu fikrini isbotladai. 
Hozir uzunchoq miyada bir necha guruh nafas neyronlari borligi aniqlangan. Ularning 
impuls yuzaga chiqarish faolligi nafas bosqichlariga bog‘liq holda o‘zgaradi. Nafas 
olinganda impuls yuzaga chiqarish faolligi ortadigan inpirator neyronlar va bu faollik 
nafas chiqarilganda oshadigan ekspirator neyronlar tafovut qilinadi. Bundan tashqari
nafas bosqichlari almashganda (nafas olish to‘xtab, nafas chiqarish boshlanganda yoki 
nafas chiqarish to‘xtab, nafas olish boshlanganda) qo‘zg‘aladigan neyronlar ham bor. 
Nafas neyronlarining deyarli hammasi ikkita yadrolar guruhida joylashgan. Bu 
uzunchoq miyaning dorsal va ventral yadrolaridir. Yadrolarning dorsal guruhini tashkil 
qiluvchi neyronlarning ko‘p qismi inspirator neyronlar. Ularning aksonlari diafragma 
nervini hosil qiluvchi motoneyronlarda (orqa miyaning bo‘yin segmentlarida) tugaydi. 
Yadrolarning ventral guruhidagi nafas neyronlari inspirator va ekspirator 
neyronlardan iborat. Ekspirator neyronlar asosan orqa miyaning ko‘krak va bel 
segmentlaridagi qovurg‘alararo va qorin muskullari faoliyatini boshqaruvchi 
motoneyronlarga bog‘liq. 
Nafasni boshqarishda ishtirok etadigan neyronlar Varoliy ko‘prigida ham bor. Bu 
neyronlar yig‘indisi pnevmotaksis markaz, deb ataladi. Uning vazifasi nafas bosqichlari 
almashinishini ta‘minlashdan iborat. Pnevmotaksis markazning shikastlanishi nafas olish 
bosqichini juda cho‘zib yuboradi, nafas nihoyatda chuqurlashadi. 
Nafas 
markazining 
faolligiga 
xemoretseptorlardan 
va 
nafas 
tizimining 
mexanoretseptorlaridan keladigan afferent impulslar kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. 
Bu impulslar nafas olish davomida inspirator neyronlar faolligining bir me‘yorda 
ortishini va nafas olish oxirida bu faollikning to‘satdan tugashini ta‘minlaydi. 
Xemoretseptorlardan keladigan impulslar qanchalik kuchli bo`lsa, inspirator 
neyronlar qo‘zg‘alishi va nafas olish shunchalik tez rivojlanadi, Nafas olish bosqichi 
nafas chiqarish bosqichiga shunchalik tez o‘tadi. Natijada nafas olish chuqurlashib, 
tezligi ortadi. 
Nafas markazi neyronlariga avtomatiya, ya‘ni o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alish xos. Ammo 
nafas markazining avtomatiyasi yurak avtomatiyasidan farq qiladi. Nafas markazi 
neyronlari o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alib turishi uchun, birinchidan, ular o‘rtasidagi aloqadorlik 


171 
saqlangan bo`lishi lozim. Ikkinchidan, nafas neyronlarining retseptorlarga aloqadorligi 
saqlangan holda, ularga afferent impulslar kelib turishi kerak. 
Demak, nafas markazi asosan uzunchoq miyada joylashgan va bir me‘yorda nafas 
olishni, shuningdek bu jarayonni o‘zgaruvchan sharoitga moslashishini ta‘minlovchi 
neyronlar yig‘indisidir. Nafas markazi o‘z vazifasini orqa miyadagi nafas muskullari 
faoliyatini boshqaruvchi motoneyronlar orqali yuzaga chiqaradi. Markaz faoliyati uchun 
periferik retseptorlardan kelib turadigan afferent impulslarning ahamiyati katta. 
Markaziy nerv tizimining yuqori qismlari nafas markazi faoliyatiga uzluksiz ta‘sir 
ko‘rsatib turadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling