Muqaddima


HIMOYAVIY NAFAS REFLEKSLARI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

HIMOYAVIY NAFAS REFLEKSLARI 
Nafas yo`llariga nafasga olingan havo bilan har xil zarrachalar (chang), yot moddalar 
kirishi mumkin. Yuqori va pastki nafas yo`llarida yallig‘lanish rivojlansa, traxeya va 
bronxlarda balg‘am, burun bo‘shlig‘ida ko‘p miqdorda shilimshiq paydo bo`ladi. 
Bularning hammasi himoyaviy nafas reflekslari – yo‘tal va aksa urish tufayli tashqriga 
chiqariladi. 
Balg‘am va yot moddalar pastki nafas yo`llaridagi retseptorlarni ta‘sirlaganda, avval 
chuqur nafas olinadi keyin tovush yorig‘i berk bo`lgan holda nafas chiqarish boshlanadi. 
Bu ishqa qorin muskullari ham jalb etiladi. Kekirdak va bronxlarda havo bosimi ortadi. 
Yovush yorig‘i darxol ochilgach, havo zarb bilan og‘iz bo‘shlig‘i orqali tashqariga 
chiqadi va pastki havo yo`llari tozalanadi. Yo‘tal shu yo‘sinda paydo bo`ladi. 
Burin bo‘shlig‘i va burun yo`llaridagi retseptorlarning te‘sirlanishi aksa urishga olib 
keladi. Bu refleks boshlanishida ham chuqur nafas olinadi va tovush yoorig‘i berk 
bo`lgan holda nafas chiqarish boshlanadi. Pastki nafas yo`llaridagi havoning bosimi 
ma‘lum darajaga yetganda, tovush yorig‘i darhol ochilib, havo zarb bilan burun 
bo‘shlig‘i orqali tashqariga chiqariladi. Harakat tezligi yuqori bo`lgan havo ta‘sirlovchi 
moddalarni burun bo‘shlig‘idan chiqarib tashlaydi. 
NAFAS VA NUTQ 
 
Odamning nafas tizimi o‘zining asosiy vazifasi – gazlar almashinuvinigina ta‘minlab 
qolmay, nutq tovushlarini vujudga keltirishda ham bevosita ishtirok etadi. Ovoz 
chiqarishda hiqildoq asosiy rol o‘ynaydi. Gapirganda va kuylaganda tovush burmalari 
jipslashadi, nafasdan chiqayotgan havo ularni tebratib, chiqayotgan havo oqimi kinetik 
energiyasinin bir qizmi atrofga tarqaladigan akustik energiyaga aylanishidan iborat. 
Tovush boylamlarini jipslashtirrish va ochish yo`li bilan havo oqimini to‘xtatish va 
tiklash akustik toiqinlar hosil qilishning asosiy usulidir. Tovushning baland-pastligi yoki 
yo‘g‘on-ingichkaligi hiqildoq bo‘shlig‘ining katta-kichikligiga, tovush boylamlarining 
taranglashishiga, hiqildoq, til va halqum muskullarining qisqarishiga bog‘liq. 
Nutq vaqtida nafas olish nimani qanday gapirish kerakligiga qarab o‘zgaradi. 
Ma‘lumki, bir nechta jumlani gapirishdan oldin odam chuqur nafas oladi. Keyin havo 
asosan og‘iz bo‘shlig‘i orqali chiqarila boshlaydi. Nutq nafasining egri chizig‘o 
arrasimon shaklda bo`ladi. Havo ma‘lum vaqtgacha bir me‘yorda, bir tekis tezlikda 
chiqariladi, so‘ng tez nafas olinib, yana o‘sha tarzda havo chiqarilishi davom etadi. 
Odamning tovush burmalari bir sekundda 80 dan 10000 martagacha tebranishi 
mumkin. Nafas yo`llari rezonator vazifasini bajarib, har qaysi shaxsning o‘ziga xos 
ovozini shakllaydi. 
Nutq uchun nafasning ixtiyoriy ravishda boshqarilishi katta ahamiyatga ega. 


178 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling