Muqaddima


ME’DA SEKRETSIYASINING ICHAK BOSQICHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
ME’DA SEKRETSIYASINING ICHAK BOSQICHI 
Me‘dada qayta ishlanib bo`lmagan ovqat oz-ozdan pilorusdan o‘n ikki barmoq 
ichakka o‘tib, bu yerdagi mexanik xemoretseptorlarni qo

zg

atish yo`li bilan medada 
shira ajralishiga ta‘sir qiladi. Bu reflekslardan tashqari, ichakdan oziq moddalarning 
parchalanish mahsulotlari qonga so'rilib, me‘dada shira ajralishini kuchaytiradi. Bu 
moddalar me‘da bezlariga bevosita yoki gastrin va gistamining qondagi miqdorini 
ko'paytirish yoli bilan ta‘sir qiladi. 
Me‘da sekretsiyasining uchinchi bosqichida bu jarayonni tormozlovchi omillar ta‘siri 
kuchliroq. Bular ta‘sirida shira ajralishi asta-sekin kamayib, oxirida batamom to'xtaydi 
Yog'lar parchalanishida hosil bo'lgan yog

kislotalar. kraxmal parchalari dekstrinlar va 
vodorod ionlari ichakdan meda sekretsiyasini tormozlaydi. Bu tormozlanishning 
mexanizmi ancha murakkab. Masalan, yog

larning parchalanish mahsulotlari me‘da 
sekresiyasini ichak gormonlari xoletsis- tokinin va gastroingibitor peptid yordamida, 
xemoretseptorlar orqali reflektor yoi bilan va gipofizdan antidiuretik gormonning qonga 
o'tishini tezlashtirib, neyrogumoral yoi bilan tormozlashi mumkin. 
Tashqi muhit o'zgarishlari, xususan havo haroratinmg juda yuqori bo`lishi, me‘da 
bezlari faoliyatini tormozlaydi. Markaziy Osiyo hududida bu hoi yoz oylarida 
ovhatlanishda e‘tiborga olinishi zarur. Saraton kunlari iste‘m‘ol qilinadigan ovqat yog‘li 
bo'lmagani, shira ajralishini kuchaytiradigan masalliqlarga boy bo`lgani (ziravorlar, 
achchiq-chuchuk) maqsadga muvofiq. 
Ko

rinib turibdiki, me‘da sekretsiyasini murakkab nerv va gumoral mexanizmlar 
boshqarib turadi. Sekretsiyaning turli bosqichlarida bu mexanizmlar o

rtasidagi nisbat 
o'zgaradi: shira ajralishi boshlanishida reflektor ta‘sirlar kuchli bo'lsa, ikkinchi va 
uchinchi bosqichlarda gumoral mexanizmlarning ahamiyati ortadi. 


186 
Ammo, bu mexanizmlar o

rtasida qat‘iy chegara yo‘q. To‘g‘rirog‘i, ular o

zaro 
bog‘langan. Me‘da bezlarining asosiy sekretor nervi —adashgan nervning qo

zg

alishi bir 
tomondan, bevosita sekretor hujayralarga ta‘sir etib, shira ajralishini tezlashtiradi. 
Ikkinchidan, bu nervlar qo

zg

alganida hujayralardan gastrinning qonga o

tishi teziashadi 
va shira ajralishi ko'payadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling