Muqaddima
ME’DA OSTI BEZIMNG SEKRETOR FAOLIYATI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
ME’DA OSTI BEZIMNG SEKRETOR FAOLIYATI
188 Me‘da osti bezining atsinar qismi bir kechayu kunduzda 1,5—2,0 1 shira ishlab chiqaradi. Bu shira tiniq, rangsiz suyuqlik. Bikarbonatlar ko ‘ p bolganidan muhiti ishqoriy, pH 7,8—8,‘, Me‘da osti bezi shirasidagi bikarbonatlar me‘dadan o ‘ n ikki barmoq ichakka himus tarkibida o ‘ tgan xlorid kislotani neyfallab, bu yerda gidroliz jarayonlari ro ‘ yobga chiqishi uchun zarur bo`lgan ishqoriy muhitni ta‘minlashda asosiy rol o ‘ ynaydi. Pankreatik shirada asosiy oziq moddalarning hammasiga ta‘sir qiladigan fermentlar bar. Bu fermentlarning ko'p qismi noaktiv proferment shaklida sintezianib, shira tarkibida ajraladi va o ‘ n ikki barmoq ichakda faol shakiga o'tadi. Tripsinogen va ximotripsinogen oqsillarni parchalaydigan asosiy profermentlardir. 0 ‘ n ikki barmoq ichakning shilliq pardasi tripsinogemii faolla$'digan maxsus ferment enterokinaza ishlab chiqaradi. Enterokinaza tripsinogenga ta‘sir qilib, uni faol ferment — tripsinga aylantiradi. Ximotrmsinogenning faoilanishi tripsinga bog'liq. Tripsin va ximotripsm oqsillarni va pepsinlar ta‘sirida oqsiilardan hosil bo'lgan yirik peptidlarni aminokislotalarga va mayda peptidlarga (oligopeptidlarga) parchalaydi. Bu fermentlarning oqsil molekulasidagi bog'lanishlarni parchalashida farq bor: tripsin oqsil molekulasida arginin va lizinlarning karboksil guruhlari hosil qilgan peptid, amid va efir bogianishlarni yaxshi parchalasa, ximotripsin aromatik ammokislotalar tirozin, triptpfm va fenila- laninlarning karboksil guruhlari hosil qilgan bog ‘ lamlarni yaxshi uzadi. Hazm jarayonida tripsin va ximotripsinni oqsillar molekulasiga ayni vaqtda ta‘sir etishi bu moddalarai, chuqur gidrolizga uchrashini ta‘minlaydi. Tripsin ximotripsinogen bilan bir qatorda noaktiv shaklda ajraladigan prokarboksipeptidaza A va В ni proelastaza va profosfolipazani faollay di. Karb oksipeptidazalar peptidlarni, elastaza oqsillarni parchalashda ishtirok etadi. Faol shaklda ajraladigan pankreatik lipaza asosan yogiaming parchalanishini ta‘minlaydi. Fosfolipaza va esterazalar ham yog ‘ va yog‘simon moddalarni gidrolizlashda qatnashadi. Pankreatik lipaza ta'sirida neytral yogiaming (uch glitseridlarning) parchalanishi tugamaydi. Ulardan ikki molekula yog‘ kislota va bir molekula monoglitserid hosil bo`ladi. Ichak hpazasi monoglitseridlarni parchalab, yog ‘ gidrolizini oxiriga yetkazadi. Me‘da osti bezi shirasida ko ‘ p miqdorda uchraydigan amilaza ham faol ajraladi. Bu ferment ta‘sirida ovqatdagi polisaxaridlar (kraxmal va glikogen) asosan oligo va disaxaridlarga parchalanadi. Hosil bo`ladigan monosaxaridlar- ning miqdori oz. Ovqat sifatida iste‘mol qilingan o ‘ simlik va hayvon hujayralari vadrosidagi nuklein kislotalarni nukleazalar parchalaydi. Demak. ingichka ichakaing yuqori qismida pankreatik fermentlar ta‘sirida asosiy oziq moddalar — oqsillar, yoglar va polisaxaridlar chuqur gidrolizga uchrab, so ‘ rilishi mumkin bo`lgan mahsulotlar paydo bo`ladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling