Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MEMBRANA HAZM
A. M. Ugolev kashf etgan membrana hazmi ichak hujayralarining apikal uchida ? glikokaliks bilan qoplangan mikrovorsinkalar yuzasida sodir bo'ladi. Membranadagi gidrolizni bu yuzada ximusdan adsorbsiyalangan pankreatik fermentlar va enterotsitlarda sintezlanib, apikal membra- naga bnrikkan ichak fermentlari yuzaga chiqaradi Hazmning uchinchi turi bo`lgan membrana gidrolizi bo ‘ shliqdagi va hujayra hazmlari oraligldagi fazoni egallab turadi (51- rasm). Bo'shliqdagi hazm ovqat biopolimerlarining parchalanishini boshlab bersa, shilliq parda tozilmalarida (glikokaliksda) adsorbsiyalangan fermentlar. gidrolizining oraliq bosqichlarini ta‘minlaydi, membranaga birikkan ichak fermentlari esa oqsil, uglevodlar va yog‘lar parchalanishini oxiriga yetkazadi. Katta yoshli odamlarda hujayra hazmining ahamiyati arzimas, degan edik. Demak, ularda oziq moddalarning parchalanishi bo ‘ shliq va membrana hazmlariga bog`liq. Modda molekulasi qancha katta bolsa, bo'shliq hazmining uni parchalashdagi ahamiyati shuncha ortadi. Masalan, kraxmal va glikogenni membrana hazmi mexanizmlari umuman parchalay olmaydi Yirik biopolimerlar avval ichak bo ‘ shlig ‘ ida glikokaliks iplari oraligiga va mikrovorsinkalar sohasiga kirib borishi mumkin bo`lgan kichik oraliq mahsulotlariga parchalanishi kerak. Shu sababdan, ichak bo ‘ shlig‘idagi hazmning sustlashishi membrana gidrolizining sekinlashishiga va oziq moddalar o ‘ zlashtirili shining kamayishiga olib keladi. Demak, bo ‘ shliqdagi hazm membrana hazmi yordamida parchalanishi mumkin bo`lgan subsfcratlarni tayyorlab beradi. Bu substratlarning membrana yuzasida monomerlarga parchalanishi va so ‘ rilishi, o ‘ z navbatida, bo'shliq hazmini tezlashtiradi Bo ‘ sliliq va membrana hazmlari o ‘ rtasidagi munosabatlarni 52-rasmdan ko'rish mumkin. Gidrolizning dastlabki bosqichlari ingichka ichak bo ‘ shlig ‘ iga yirik polimerlar (kraxmal, 51 -раsм. Ichak bo‘shlig‘i va yuzasidagi xazm jarayonlari o‘zaro bog‘lanishlar 198 sxemasi. A—oziq moddalarning ichlk bo ‘ shligida va yuzasida parchalanish bosqichlari; В— enterotsitning apikal membranasida adsorbsiyalangan fermentlar; M—membrana; MB— mikrovorsinka; Ga—apikal glikokaliks; G1—lateral glikokaliks; Cl — C3— parchalovchi moddalar (substratlar); Fk—pankreatik fermentlar; Fm—membrana fermentlari; T— membrananing tashuvchi tizimi; K—fennentlarning katalitik markazi. oqsillar) molekulasidagi boglamlarning bir qismini uzadi. Buning natijasida hosil bo`lgan kichik bo`laklar mikrovorsinkalar sohasiga o ‘ tib, membrana yuzasida adsorbsiyalangan fermentlar tomonidan parchalanadi, hosil bo`lgan monomerlar so ‘ riladi. Hisoblar shuni ko'rsatadiki, biopolimerlar molekulasidagi kimyoviy bogianishlarning 20 % ni bo'shliqdagi gidroliz uzsa, 80% membrana gidroliziga to'g'ri keladi Membranadagi gidrolizda ichak fennentlarining deyarli hammasi ishtirok etadi. Uglevodlar parchalanishini gamma- amilaza, maltaza va izomaltaza, saxaraza, invertaza, laktaza va tregalazalar oxiriga yetkazsa, oqsillar parchalarnshini esa amino- va dipeptidazalar tugatadi. Monoglitseridlipaza va ishqoriy fosfatazalar yoglarning va fosfor kislotasi efirlarining parchalanishini yakunlaydi. 52-rasm ichak membranasiningfermentativ va tashuvchi tizimlario‘rtasidagi munosabatlar A)fermentni tashuvchining kirish qismiga tsasiri(parchalanish maxsuloti yo‘q-kanal yopiq B) tashuvchuning ferment faolligiga tasiri 1-parchalanuvch modda 2-parchalanish maxsuloti 3-ferment 4-tashuvchi membrana 5-membrana Membranadagi hazmning boshqarilishi juda murakkab. Uning tezligiga birinchi galda bo`shliqdagi hazmning jadalliga ta‘sir qiladi. Bo‗shliqdagi hazmning o ` zgarishiga olib keluvchi omillar membrana hazmini ham o'zgartiradi. Bundan tashqari, membrana gidroliziga buyrak usti bezi gormonlari. ovqatning sifati, ichak harakatlari, membrananing fermentlarni sorbsiyalash xususiyatl so‗rilish tezligi sezilarli ta‘sir ko'rsatadi. SO‗RILISH 199 Tashqi muhitdagi moddalarni shikastlanmagan teri va shilliq pardalar orqali organizmning ichki muhitga o ` tishi so ‘ rilish deyiladi Ingichka ichak shilliq pardasi so'rilish bilan bog‘liq bo`lgan katta ishni bajaradi. Bu ishning miqdori ko ‘ pligini tasawur qilish uchun quyidagilarni e‘tiborga olish kerak. Katta yoshdagi odam bir kechayu kunduzda 100 g oqsil, 100 g yog ‘ .‘00 g ga yaqin uglevodlar, 10—12 g tuzlar va 2—2,51 suv iste‘mol qiladi. Hazm tizimi shiralari tarkibida 6—71 suv, 60—70 g anorganik moddalar, 200 g ga yaqin organik birikmalar ichak bo'shlig‘iga ajraladl. Bu moddalarning deyarli hammasi asosan ingichka ichakda, qisman yo'g'on ichakda qayta so'riladi. Katta yoshli odam ingichka ichagining uzunligi 600 sm va diametri 2,5 sm chamasida. Agar shilliq pardasi tekis bo`lganda, sathi 0,33 m bolar edi. Bu yuzadan 8 1 ga yaqin suvni, 800 g organik birikmalar, 80 g chamasida anorganik moddalarning so‗rilishi gumon. Ammo ingichka ichak shilliq pardasi tekis emas. Pardaning aylanma burmalari uning sathini 1 m ga yetkazadi. Shilliq pardada barmoqsimon bo ‘ rtiqlar — vorsinkalar borligi sathining 10 m ga ko'payishiga olib keladi, Har qaysi enternotsitning apikal membranasi juda ko ‘ p mikrovorsinkalar hosil qilganidan so'rilishni taminlaydigan yuz 200 m 2 ga yetadi; Katta yuzadan tashqari, so'rilishning ingichka ichakda jadal kechishining boshqa sababi ham bor. Oligomerlarni monomerlarga parchalaydigan fermentlar enterotsitlar membranasiga birikkanini yuqorida aytgan edik. Mana shu fermentlarnmg yonginasida moddalarning faol so'rilishini ta‘minlovchi tuzilmalar joylashgan (52- rasm). Ular ham membrananing tarkibiy qismi bo`lib, unga birikib ketgan. Membrana yuzasida ferment ta‘sirida oligomerdan hosil bo`lgan monomer molekulasi ichak bo ‘ shlig‗iga qaytib ketmay. so'rilistmi ta‘minlovchi tuzilmalarga uzatiladi, Parchalanish va sovitish deyarli bir joyda va bir vaqtda sodir bolganidan moddalarning o‗zlashtirilishi juda samarali bo`ladi Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling