Muqaddima


OQSILLAR PARCHALANISHI MAHSULOTLARINING SO‘RILISHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

OQSILLAR PARCHALANISHI MAHSULOTLARINING SO‘RILISHI 
Chaqaloqning ichagida parchalanmagan oqsillar, jumladan globulinlar ham pinotsitoz 
yo‗li bilan qonga o‗tadi, katta yoshli odamlarda oqsil parchalanmasdan deyarli 
so‗rilmaydi.Awal ular hazm tizimi bo‗shIiqlarida peptik va triptik gidrolizga uchraydi, 
ichak membranasidagi peptidazalar, aligopeptidlarni aminokislotalarga parchalaydi. 
Aminokislotalarning so‗rilishini enterotsitlarning apikal membranasidagi to'rtta faol 
tashilish tizimlari ta‘minlaydi: 1) neytral aminokislotalarning (valin, fenilalanin, alanin) 
tashish tizimi; 2) asosli aminokislotalarning (arginin, sistein, lizin, omitin) tashish tizimi; 
3) dikarbon aminokislotalarning (glutamin va asparagin) tashish tizimi; ‗) 
aminokislotalarning (prolin va gidroksiprolin) tashish tizimi. 
Bu tashish tizimlarining faolligi natriy ionlariga qaram bo`lib, energiya manbai 
sifatida ATF talab qiladi. Ayni bir vaqtning o‗zida so

riladigan aminokislotalar o`rtasida 
murakkab munosabatlar mavjud. Ba'zi aminokislotalar bir-birining so‗rilishini 
tezlashtirsa, boshqalari tormozlaydi. 
Aminokislotalar so

rilishiga ta‘sir qilishi mumkin bo`lgan nerv va gumoral 
mexanizmlar yaxshi o'rganilmagan. 
Enterotsit sitoplazmasida aminokislotalar miqdori ortishi natijasida ular bazal 
membranadan diffuziya yo`li bilan to‗qima suyuqligiga, keyin qonga o'tadi. Aminokislo-
talarning bazal membrana orqali enterotsitdan chiqishida boshqa mexanizmlar ham 
ishtirok etadi. 
Enterotsitlar so'rilgan aminokislotalarning bir qismini oqsil sintezlashga sarflaydi. Bu 
oqsil so'rilavotgan yog‗ zarrachalarini ustidan qoplash va xilomikronlar hosil qilish 
uchun zarur. 
So‗rilgan aminokislotalar qopqa vena orqali jigarga yetkaziladi. Bu yerda ularning 
ko
`
p qismi albuminlar, globulinlar, qonning boshqa oqsillari sintezlanishi uchun 
sarflanadi. Qon bilan hamma a‘zolarga keltirilgan aminokislotalar turli to'qima oqsillari, 
fermentlar, gormonlar va boshqa oqsil tabiatli birikmalarning sintezlanishida ishlatiladi. 


201 
Aminokislotalarning bir qismi energiya manbai sifatida sarflanishi mumkin, Bu 
jarayon oqsil yetishmovchiligida tezlashadi. 
, , 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling