Muqaddima
UGLEVODLARNING SO‘RILISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
UGLEVODLARNING SO‘RILISHI
Polisaxaridlar va disaxaridlar ingichka ichakda deyarli so'rilmaydi. Ularning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan va ovqat bilan qabul qilingan monosaxaridlar faol va sust tashilish mexanizmlari asosida so'riladi. Molekulyar massasi yaqin bo`lgan geksozalar so'rilish tezligi teng emas. Molekulasi kichikroq bo`lgan pentozalar geksozalardan sekinroq so‗riladi. Bu maiumotlar ba‘zi monosaxaridlar faol tashiladi, boshqalarining so ‘ rilishi sust kechadi degan xulosaga olib keladi. Qand faol so ‘ rilishi uchun uning tuzilishi ma‘lum ‘sharoitlarga javob berishi kerak: 1) — shaklga va ikkinchi uglerod atomida gidroksil guruxga ega bo`lishi; 2)olti a‘zoli pironoz xalqaga ega bo'lishi; 3) beshinchi uglerod atomi metil yoki boshqa radikalga ega bo`lishi kerak. Bir vaqtning o‗zida so ‘ rilayotgan monosaxaridlar o'rtasida malum aloqadorlik bor. Glyukoza va galaktoza bir-birining so'rilishini toimozlaydi. Bu faol tashiladigan geksozalarning so'rilishiga sust tashiluvchi fruktoza va sorboza ta‘sir ko'rsatmaydi. Geksozalarning faol tashilishi natriyga bog'liq. Bu ishni bajaradigan tashuvchi ayni vaqtda tashqi muqitdan (ichak bo ‘ shlig‘idan) glyukoza va natriy molekulalarini o ‘ ziga biriktiradi. Tashuvchi, glyukoza va natriydan iborat bo`lgan kompleks elektrokimyoviy gradient boricha membrananing ichki yuzasi,tomon diffuziyalanadi, glyukoza va natriy enterotsit sitoplazmasiga chiqariladi, tashuvchi esa membrananin tashqi yuzasiga qavatidi. Enterotsitdan glyukoza va faol tashiluvchi boshqa geksozalar bazal va lateral membranalar orqali chiqib ketadi. Bu tashilish natriyga bog‘liq emas. Glyukoza bilan birga enterotsitga o‗tgan natriyni kaliy- natriy nasosi tashqariga chiqarib tashlaydi. Monosaxaridlarning ingichka ichakning turli qismlarida so'rilish-tezligi har xil. Masalan, glyukoza ingichka ichak nayining proksimal qismida distal qismidagidan uch marta tez so'riladi. Uglevodlarning so ‘ rilish tezligiga ovqatniiig tarkibi, organizmning umumiy holati, tashqi muhit omillari ta‘sir qiladi. Uglevodlarning ingichka ichakda so'rilishini boshqarishda ichki sekretsiya bezlarining ahamiyati katta. Gipofiz, qalqonsimon bez| me‘da osti bezi, buyrak usti bezi gormonlari glyukoza so'rilishmi tezlashtiradi. Serotonin va asetilxolin ham bu jarayonni tezlashtiradi, gistamin va somatostatin, aksincha, tormozlaydi. Ichak tomirlarida qonning harakatiga vorsinkalar va umumao ichak harakatlariga ta‘sir qiluvchi omillar glyukoza so'rilishini o'zgartiradi. MNT ning - turli qismlari so'rilish jarayoniga, jumladan uglevodlar so < rilishiga ham ta‘sir qiladi, Bu ta‘sir parasimpatik va simpatik nervlar orqali yuzaga chiqadi. Parasimpatik ta‘sirlar uglevodlar so ‘ rilishini tezlashtiradi; simpatik nervlar tormozlaydi. So‘rilgan glyukoza qopqa vena orqali jigarga keladi va bu yerda qisman glikogenga aylanadi. Umuman kerakligidan ko ‘ p ovqat iste‘mol qilinsa va ovqat uglevodlarga boy bo`Isa, so'rilgan glyukozaning ko ` p qismi yog ‘ ga aylanib, yog‘ zahiralarida to'planadi. Qonda glyukoza miqdori turg‘im bo`ladi. Qondagi glyukoza birinchi galda energiya manbai sifatida to‘planadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling