Muqaddima


SUV VA ANORGANIK TUZLARNING


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

SUV VA ANORGANIK TUZLARNING 
SO‘RILISHl 
Glyukoza va aminokislotalar so`rilishining natriy ioniga bog`liqligi yuqorida aytib; 
o'tilgan edi. Suv va ba‘zi anionlarning so'rilishi ham natriyga qaram. Natriy ionlari 
ingichka ichak bo

shlig

idan qonga enterotsitlar orqali va hujayralar oralig‘idagi kanallar 
bo

ylab o'tishi mumkin. Bu kanallardan natriyning tashilishi sust konsentratsion gradient 
bo

yicha yuzaga chiqadi. 
Enterotsitlar orqali natriyning so'rilishi ancha murakkab ichak ximusidagi natriy avval 
bazal membrana orqali enterotsit ichiga o'tadi. Bu tashilish elektrokimyoviy gradient 
bo

yicha sust bo`lishi mumkin. Bundan tashqari natriyning bir qismi glyukoza va 
aminokislotalar so'rilayotganda shu moddalar bilan hujayralarga kiradi Entsrotsitlardan 
natriy: lateral va bazal membranalar orqali to

qima suyuqligiga chiqariladi. Bu jarayonni 
faol tashilish mexanizmi — kaliy-natriy nasosi bajaradi. 
Xloming so

rilishida ham faol va sust tashilish mexanizmlari ishtirok etadi.Ammo bu 
jarayon qaysi yo

sinda kechmasin, natriy tashilishiga bog‘liq bo`ladi. 
So
`
rilayotgan natriy, xlor ionlari suvni «ergashtirib» yuradi Ximusdan enterotsitga 
oigan natriy va xlor sitoplazmada osmotik bosimni oshiradi Osmotik bosimda paydo 
bo`lgan farq suvni hujayraga kiritadi, sitoplazmadan to'qima suyuqligiga o‗tgan ionlar 
ketidan suv yana osmos tufayli hujayradan tashqariga chiqadi va qon hamda limfaga 
qo'shiladi. 
Natriyning so`rilishiga nerv va endokrin tizimlar ta‘sir qiladi. Markaziy nerv tizimi 
faoliyati narkotik moddalar yordamida tormozlansa, natriy va suv so‗rilishi sekinlashadi. 
Adashgan nervlarni kesish ham shunday ta‘sir ko

rsatadi, Gipofiz va buyrak usti bezi 
gormonlarini gastrin, sekretin va xolesistokinm-pankreozimm tormozlaydi. 


203 
Ikki valentli kationlarning ko

pi o

n ikki barmoq ichakda va ingichka ichakning 
proksimal qismida so'riladi. Bu kationlar ichida kalsiy, magniy, rux, temir va mislarning 
biologik ahamiyati katta. Kalsiy enterotsitlarga diffuziya yoli bilan o

tadi. Uni bazal 
membrana orqali to

qima suyuqligiga chiqishini maxsus kalsiy nasosi ta‘minlaydi, degan 
fikr bor. Kalsiy so'rilishiga paratgormon, tireokalsitonin, buyrak usti bezi va gipofiz 
gormonlari ta‘sir qiladi. Uning so

rilishi vitamin D ga ham bog

liq. 
Magniy, rux va mis kationlari sust tashilish mexanizmlar tufayli so

riiadi. Temiming 
so

rilishida faol tashilish mexanizmlari ham ishtirok etishi mumkin. Enterotsit 
sitoplazmasida temir opoferritin oqsiliga birikib, ferritin hosil qiladi. Bu birikma 
ooganizmda temir zaxirasi vazifasini bajaradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling