Muqaddima


YUQORI HARORATNING HAZM TIZIMI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

YUQORI HARORATNING HAZM TIZIMI 
FAOLIYATIGA TA’SIRI 
Havo harorati juda yuqori bo`llgathda ishtahaning yo`qolishi hanunaga malum. Bu 
ovqatlanish markazining tormozlanishiga ko‗p jihatdan bog‘liq. Ishtahaning pasayishi 
me‘dadan shira ajralishini kamaytiradi, shira tarkibidagi pepsinlar va xlorid kislota 
miqdori ham kamayadi. Me‘da sekretsiyasining yuqori haroratda tormozlanishi asosan 
bu jarayonni reflektor yol bilan boshqaruvchi markazlar faoliyatming sustlashishiga 
bog‘liq. 
Ovqat so`lak va me‘da shirasi bilan aralashganidan keyin hosil bo`lgan bolqani 
(ximusni) ichakka o

tishini ob- havoning ancha isib ketishi sekinlashtiradi. Bu asosan 
me‘da silliq muskullari harakatinmg kuchsizlanishi natija- sidir, 
Ayni vaqtda me‘da osti bezidan shira ajralishi ham juda kamayadi. Bming natijasida 
shira tarkibidagi proteoolitik fermentlar va lipaza miqdori kamayadi, ayni vaqtda amilaza 
ajralishi ortadi, chunki shiradagi konsentratsiyasi keskin oshadi. 


209 
Me‘da osti bezi shirasining issiq haroratda kamayishi, bir tomondan, reflektor 
mexanizmlarning kuchsizlanishiga bog‘liq bolsa, ikkinchidan, gumoral ta‘sirlar 
sustlashishi natijasidir. 
Bunday sharoitda me‘dadan o

n ikki barmoq ichakka xlorid kislota ximus tarkibida oz 
miqdorda va sekin oladi. Natijada me‘da osti bezining asosiy gumoral qo'zg'atuvchilari 
sekretin va pankreoziminlarning qonga o

tishi kamayadi va sekmlashadi, bu esa shira 
ajralishini sustlashtiradi, 
Tashqi muhit harorati yuqori bolganda, ingichka ichakda ham shira va fermentlar 
ajralishi kamayadi. 
Demak, yuqori harorat hazmni ta‘minlovchi hamma shiralar ajralishini tormozlaydi. 
Bu o

zgarishlar ovqatning asosiy tarkibiy qismlari bo`lmish oqsillar, yog

va 
uglevodlarning o

zlashtirilishiga salbiy ta‘sir qilishi kerak edi. Ammo iqlimi issiq 
hududlarda yashaydigan odamlarning saratonda ham ovqatni yetarli miqdorda 
o

zlashtirishlarini hayotni o

zi isbot etadi. Buning sababi — organizmning turli sharoitga 
moslasha olish qobiliyatidir. Agar issiq harorat ta‘siri kunma-kun muntazam 
takrorlanaversa, birinchi kunlari kuzatilgan me‘da sekretsiyasini tormozlanishi sekin-asta 
yo'qolib boradi. 
Bundan tashqari, yuqori haroratning bevosita ta‘sirida rivojlanadigan sekretsiyaning 
tormozlanishi ta‘sir tugagandan so

ng yo'qoladi va shira ajralishi oddiy haroratdagiga 
nisbatan ko'proq va davomli bo`ladi. 
Issiq sharoitda oziq moddalar о

zlashtirilishining qoniqarli bolisbmi ta‘minlovchi 
yana bir omil bor. U ham bolsa membrana hazmi. Hazm tizimi bo‗shlig‗iga yuqori 
harorat ta‘sirida shira ajralishi kamaygan va bo'shliqdagi gidroliz sustlashgan bir vaqtda, 
mikrovorsinkalar yuzasida adsorbsiyalangan fermentlar yuqori tezllikda o‘z faolligini 
davom ettiradi va moddalar o

zlashtirilishini ta‘minlaydi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling