Muqaddima


MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MODDA VA ENERGIYA ALMASHINUVI 
Modda va energiya almashinuvi tirik organizmning asosiy funksiyasidir, Bu jarayon 
organizmda va barcha tuzilmalarida doimo beto'xtov ro

y berib turavchi kimyoviy va 
fizikaviy o'zgarishlardan hamda energiya almashhiuvidan iborat. 
Moddalar almashinuvi assimilyatsiya va dissimilyatsiya degan ikkita jarayonning 
birligidir. 
Tirik materiyaning yaratilish jarayonlari. organizmga tashqi muhitdan tushgan 
moddalarning hujayralar tomorudan o'zgartirilishi oddiyroq kimyoviy moddalardan 
murakkabroq kimyoviy birikmalar hosil bo`lishi, organizmda tirik protoplazma 
sintezining majmuasi assimilyatsiya deb ataladi (assimulo — o'xshataman). 
Dissimilyatsiya (dissimulo —- o'xshamaydigan qilaman) hujayralar tuzilmasi, 
jumladan oqsil birikmalar tarkibiga kiradigan moddalarning parchalanishi, bolinishi, tirik 
materiyaning yemirilishi demakdir. Bunda parchalanish mahsulotdari organizmdan 
chiqib ketadi. 
Assimilyatsiya va dissimilyatsiya bir-biriga qarama-qarshi va o

zaro chambarchas 
bog`langan jarayonlardir. 
Modda almashnnuvi natijasida bir xil moddalar ikkinchi xil moddalarga aylanadi. 
Bunda energiya bir holatdan ikkinchi holatga oladi, kimyoviy birikmalardagi potensial 
energiya ular parchalanganda asosan issiqlik, mexanik va qisman elektr energiyasi kabi 
kinetik energiya turlariga aylanadi. 


210 
Organizm sarfmi toldirish., tana massasini saqlash va o'sish ehtiyojlarini qondirish 
uchun unga tashqi muhitdan doimo oqsil, yog‘, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va 
suv tushib turishi kerak. Ularning miqdori va sifati or- ganizmning holatiga va uning 
yashash sharoitiga mos kelishi zarur. Bunga ovqatlanish yofli bilan erishiladi So'ngra 
organizm har xil moddalar parchalanishi natijasida hosil boluvchi qoldiq moddalardan 
tozalanishi lozim. Bunga chiqaruv a‘zolari faoliyati tufayli erishiladi 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling