Muqaddima


ORGANIZMNING ENERGIYA SARFINITEKSHIRISH


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ORGANIZMNING ENERGIYA SARFINITEKSHIRISH 
(KALORIMETRIYA) 
Organizmda ajralgan energiya qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibat и issiqlik 
energiyasiga aylanadi. Bu issiqlikni bevosita vi bilvosita kalorimetriya usullarida aaiqlab 
organizmning energiya almashinuvi to‗grisida tasavvur olish mumkin. 
BEVOSITA KALORIMETRIYA Bevosita kalorimetriyada organizmda ajraladigan 
issiqlik miqdorini aniqlash imkoniyatini beradigan maxsus murakkab apparatlar, ya‘ni 
kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Bu kamera jips yopiq, issiqliq o

tkazmaydigan 
devorlardan iborat xona. Kameraning shipiga o'rnatilgan naylardan suv oqib turadi. 
Kameradagi odam yoki hayvon organizm! ajratgan issiqlik naylardagi suvni ilitadi. 
Naydan oqib o`tgan suv miqdori va ilish darajasiga qarab, ajralgan issiqlik miqdori 
hisoblanadi. Tabiiyki, kamerada moladil muhit (havo tarkibi, harorati, bosimi) bo`lishi 
kerak Bevosita kalorimetriya juda aniq usul. Ammo, kalorimetrik kamera ancha 
murakkab va beso‗naqay qurilma. Undan turli sharoitlarda, masalan, ish faoliyati 
jarayonida foydalanish qiyin. Shuning uchun energiyani aniqlashning boshqa usulidan — 
bilvosita kalorimetriyadan keng foydalaniladi. 
GAZLAR ALMASHINUVI — ORGANIZM ENERGETIKASINING 
KO'RSATKIGHI (BILVOSITA KALORIMETRIYA)
Organizmda energiya oksidlanish jarayonlari natijasida ajraladi. Bu jarayonlarda kislorod 
sarflanadi va karbonat aigidrid hosil boladi. Shuning uchun sarflangan 02 va ajralgan 
C02 miqdoriga qarab, organizmning qancha energiya sarflaganini aniqlash mumkin. Bu 
usul bevosita kalorimetriya deb ataladi. 


220 
Bilvosita usul bilan energiya almashinuvining qaysi darajada kechayotganini bilish 
uchun vaqt birligida yutilgan 02 miqdorini aniqlash bilan kifoyalanish ham mumkin. Shu 
maqsadda ochiq va yopiq respirator tizimlardan foydalaniladi. 
Yopiq respirator tizim ma‘lum - hajmdagi sof kislorod toidirilgan spirograf bo`lib, 
tekshiriluvchi kishi unday nafas oladi, nafasdan chiqqan havo G02 ni yutuvchi ishqor 
eritmasi solingan idishdan o

tib, qaytib yana spirometrga tushadi Yozib olingan 
spirogramma kislorod sarfming tezligini ko'rsatadi (56- rasm). 
56-rasm. Kislorod o

zlashtirish jarayoni jadalligini yopiq tizim yordamida o

rganish 
sxemasi. 
Yopiq respirator tizimlardan ham ko

chma sharoitlarda, turli mehnat paytida 
foydalanib bolmaydi. 
Ochiq respirator tizimlar bunday imkoniyat tug‘diradi. Ularda nafas olish va nafas 
chiqarish yo`llari boshqa-boshqa. Ochiq respirator tizimlardan foydalanib, energiya 
sarfini aniqlash usullaridan keng tarqalgani — Duglas-Xolden usuli. Bu usul 
qo`llanganda quyidagi ishlar bajariladi: 
1.Ma‘liim 
vaqtda nafasdan chiqqan havoni yig‘ish. 
2. Yutilgan 02 va ajralgan C02 miqdorini aniqlash. 
3Nafas koeffitsientini hisoblash. 
‗.Kislorodning kalorik ekvivaleitini topish, 
5. Sarflangan energiya miqdorini hisoblash. 
Yutilgan kislorod oqsil, yog

va uglevodlarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. Shu 
moddalardan 1 g oksidlanib, parchalanganda turli miqdorda kislorod sarflanadi va turli 
miqdorda issiqlik ajralali. 1 g uglevod oksidlanganda ‗,0 kkalga yaqin issiqlik ajraladi, 
buning uchun 0,83 1 kislorod ketadi. 1 g oqsil oksidlanganda ‗,0 kkalga yaqin issiqlik 
ajraladi, ammo sarflangan kislorodning miqdori 0,97 i ni tashkil qiladi. 1 g yog` 
oksidlanganda 9,0 kkal issiqlik ajraladi va 2,03 I kislorod sarflanadi. 
Bir gramm uglevod, oqsil va yog'ning organizmda oksidlanishi natijasida ajralgan 
energiya miqdori shu moddalar kalorimetrik bombada yoqilganda ajraladigan energiya 
miqdoridan biroz kam: yoqilganda 1 g oqsil ‗,35 kkal, 1 g uglevod ‗Д kkal va 1 g yog‘ 
9,3 kkal ajratadi. Organizmda oqsil, masalan, oxirigacha oksidlanmaydi. Oqsil 
almashinuvming qoldiq mahsuloti bolmish siydikchil yoqilganda issiqlik ajratishi 
mumkin Demak, almashinuv natijasida oqsillardagi potsnsial energiya tola ajralmaydi, 


221 
Bundan tashqari, iste‘mol qilingan oqsilning 92%, yog‘ning 95% va uglevodlarning 98 
%i o

zlashtiriladi. Shularni e‘tiborga olib, fiziologik tadqiqotlarda 1 g uglevod va oqsil 
‗,0 kilokaloriyadan, 1 g yog` esa 9,0 kilokaloriya ajratadi,. deb hisoblaydilar. 
Uglevodlar, yoglar va oqsillarni oksidlash uchun 1 1 kislorod sarflansa, o‗z navbatida 
5,05,‘,7‘ va ‗,‘6 kkal ajraladi. 
Organizmda 1 1 02 sarflanganda hosil bo`lgan issiqlik miqdori kislorodning kalorik 
ekvrvalenti, deb ataladi. Kislorodning qaysi moddalarni oksidlashiga qarab, bu 
ekvivalentning miqdori turlicha bo`lishi keltirilgan raqamlardan ko'ritiib turibdi. 
Demak, qancha energiya sarflanganini hisoblab chiqish uchun organizmda qaysi 
modda oksidlanganini bilish kerak. Buni nafas koeffitsienti ko'rsatadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling