Muqaddima
SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR
Vitamin B 1 —tiamin. Kashf etilgan vitaminlarning birinchisi. Tarkibida amin guruhi borligi va hayotiy ahamiyatga ega ekani sababli < odam kuniga 1—2 mg vitamin B 1 ga muhtoj boladi. Boshoqli va dukkakli o`simliklarda, jigar,buyrak va yurak to'qimalarida bu vitamin ko ‘ p. Vitamip B 1 uglevodlar, oqsillar va yoglar almashinuvvda ishtirok etadi. 0 ‘ sish jarayoni, me‘da tizimining motor va y sekretor faoliyati uchun muhim. Bu vitaminning yetishmovchiligi beri-beri degan kasallika olib keladi. Uning belgilari: polinevrit (periferik nervlarning yallig‘lanishi) yurak va hazm tizimi faoliyatlari buzilishi. Vitamin B 2 —riboflavinga kundalik ehtiyoj 2—3 mg. Asosiy manbai: boshoqli va dukkakli o'simliklar, jigar, buyrak, yurak, go'sht sut, tuxum. Homila va bolaning o'sib rivojlanishi uchun zarur. Vitamin B2 yetishmovchiligi ко ‘ z tuzilmalari va shilliq pardalar shikastlanishiga olib keladi. Vitamin B 3 —pantoten kislota. Bir kunlik zarur miqdor 10 mg. Bu vitamin boshoqli va dukkakli o'simliklar, kartoshka. jigar, tuxum, ba‘zi baliqlarda ko ‘ p boladi Yog s kislotalar, tireoid gormonlar, asetilxolin va boshqa muhim moddalarning sintezi uchun zarur. Yetishmovchiligi nimjonlikka, bosh aylanishiga, nevritlarga, teri va shilliq pardalar shikastlanishiga olib keladi. Vitamin B 6 — piridoksin. Kundalik ehtiyoj 1,5—3 mg. Asosiy manbalari: boshoqli va dukkakli o‘sim!iklar, go'sht, baliq, pishloq. Qon hosil bo`lishi, fermentlar sintezlanishi va umuman oqsil almashinuvi, yog‘larning jigarda to'planib qolmasligi uchun zarur. Yetishmovchiligi tutqanoq kasalligi va kamqonlikka olib keladi. 'Vitamin В 12 — siankobalarnin, Kundalik ehtiyoj bor yogi 2 mikrogramm. Manbai baliq va hayvonlar jigari. Uni vitamin B 6 bilan bir qatorda ichak mikroblari sintezlaydi. So‗rilishi meda shildiq pardasi ajraladigan mukoproteidga bog‘liq. Gemopoezga ta‘sir qiladi. Yetishmovchiligi xavfli kamqonlikka olib keladi. Folat kislota — folatsin. Kundalik ehtiyoj 0,4— 0,8 mg. Asosiy manbalari: karam, pomidor, sabzi, bug‘doy va arpa uni, go'sht, jigar, buyrak, tuxum. Nuklein kislota almashinuviga, hujayralar bo‘linishiga ta‘sir qiladi. Yetishmovchiligida chillashir (spru) va kamqonlik rivojlanadi. 218 Vitamin H — biotin. Kundalik ehtiyoj 150—200 mkg. Manbai: no‗xat, gelkaram, qo'ziqorin, bug'doy, tuxum sarig‘i, jigar, buyrak, yurak to ‘ qimalari. Yetishmovchiligi terining shikastlanishiga olib keladi. Vitamin PP—nikotin kislota. Kundalik ehtiyoj 1‘—15 mg. Manbalari: mol go‗shti, jigar, buyrak, yurak to ‘ qimalari, baliq. Hujayra nafasi va oraliq almashinuvi jarayonlari, hazm tizimi faoliyati mo ‘ tadilIigi uchun muhim. Yetishmoachiligi pellagra kasalligiga olib keladi, dermatit, diareya va demensiya yoki teri yallig‘lanishi, ichketar va ruhiyat o ‘ zgarishiga sabab bo`ladi. Vitamin С —askorbin kislota. Odam organizmi uchun eng ko ‘ p miqdorda zarur bo`lgan vitamin. Kundalik ehtiyoj -50—100 mg. Manbalari: garmdori, ukrop, ko'k piyoz, pomidor, karam, limon, na‘matak va boshqa o ‘ simliklar, jigar. Vitamin С ning ahamiyati oksidlanish-tiklanish jarayonlaridagi ishtirokiga bog ‘ liq. Ichki muhitning mo ‘ tadilligi va organizmning zaharlanishlar hamda yuqumli kasalliklarga chidamliligi ham ko‗p jihatdan shu vitaminga bog‘liq. Yetishmovchiligida zangila (singa) kasalligi rivojlanadi, qon tomirlar devori shikastlanib, mayda qon tomirlardan (masalan, milk tomirlaridan) qon oqadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling