Muqaddima
UGLEVODLAR ALMASfflNUVINING BOSHQARILISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- SUV VA MINERAL TUZLAR ALMASHINUVI
UGLEVODLAR ALMASfflNUVINING BOSHQARILISHI
Uglevodlar almashinuvi to ‘ gri boshqarilishi uchun qonda glyukoza miqdori doimo bir xilda saqlanib turishi juda muhim. Qonda glyukoza miqdorining mo'tadil bo`lishi bir qator gormonlarga bog ‘ liq. Langergans orolchalarming beta hujayralari qonga ajratadigan insulin glyukoza miqdorini kamaytiradi. Bu gormon hujayra membranasiga ta‘sir qilib, glyukoza va ba‘zi ionlar uchun o ‘ tkazuvchanligini oshiradi. Anabolik jarayonlarni ta‘minlaydigan fermentlar tizimi faolligini oshirib, glikogenez (glikogen hosil bo`lishini), lipogenez (yog‘ sintezlanishini) va oqsillar sintezini tezlashtiradi. Natijada qonda glyukoza miqdori kamayadi, Insulinga zid ravishda glyukoza miqdorini oshiradigan (kontrinsulyar) gormonlar qonda bir nechta. bular: glyukagon, glyukokortikoid gormonlar, adrenalin, somatotrop gormon. Katta yoshli odam kuniga ‗00—500 g uglevod olishi kerak. Shu miqdoming 350-‘00 g kraxmal. 50—100 g mono-va disaxaridlar, 2 g organik kislotalar (Limon, sut kislotasi), 25g ovqat tolalari (kletchatka va pektin) dan iborat bo`lsa, maqsadga muvofiq hisoblanadi. Uglevodlaraing kundalik eng каш miqdori 110—150 g. Shunday qilib. katta yoshli odamga bir kecha-kunduzda taxminan 100 g oqsil, 100 g yog‘ va ‗00 g uglevod iste‘mol qilish tavsiya qilinadi. Demak, bu asosiy oziq moddalarning nisbati 1:1:‘ bolishi kerak. Energiya ajralishi ko'zda tutiladigan bo`lsa, bu nisbat 15: 30: 55% boladi. 215 SUV VA MINERAL TUZLAR ALMASHINUVI Odam ovqatsiz ‗5—60 kun yashashi mumkin, lekin suv ichmasa, bir necha kunda halok bo`ladi. Suv organizmda erituvchi vazifasini bajaradi. Hayotning asosini tashkil qiladigan biokimyoviy reaksiyalyar faqat suvda erigan moddalar o ‘ rtasida sodir bo`lishi mumkin. Suv organizm suyuq muhitlarining izoosmotikligini saqlash va qoldiq moddalarni chiqarib tashlash uchun zarur. Tanadagi suvning miqdori odamning yoshiga, jinsiga, organizmning holatiga bog`liq. Go ‘ daklar tana massasining 75%ini suv tashkil qiladi. Yosh yigitlarda bu miqdor 63%, qizlarda 52% bo`ladi. Yetuk yoshli erkak va ayollarda bu raqam 52% va 56% ni tashkil qiladi. Ayollar tanasida suv miqdorining nisbatan kam bolishi yog‘ to'qimasi ko'proq bolishiga bog'liq. Boshqa to'qimalarga nisbatan yog‘ to'qimasida suv juda kam. Agar tanadagi suv miqdori yog'siz massaga hisoblansa erkaklarda ham, ayollarda ham 73,2% boladi. Sog‘lom odam qancha suv ichsa, shuncha suv ajratadi. Havo harorati me‘yorida bo‗Isa, kuniga 2,5 1 ga yaqin suyuqlik ichadi. Bu miqdoming yarmi ichimliklardagi suvga to ‘ g ‘ ri kelsa, ikkinchi yarmini taomlardagi suyuqlik va modda almashinuvi natijasida hosil bo`lgan metabolik suv tashkil qiladi. Organizmdan suv buyraklar, ten. o'pka va ichak orqali chiqariladi Siydik tarkibidagi suvning o'rtacha miqdori 1,‘ 1, najasdagi miqdori 100 ml, ter va nafasdan chiqqan havodagi miqdori 900-ml. Katta yoshli odamning bir kechayu» kunduzgi suv muvozanati 9- jadvalda keltirilgan. - жадш Tashqi harorat issiq bo`lganda (yozda, issiq ishxonalarda), sarflanadigan suv miqdori asosan ter ajralishi ortishi hisobiga keskin oshadi Bunday sharoitda ajraladigan terning miqdori 10—12 1 ga yetishi mumkin. Ko ‘ p miqdorda ajralgan terdagi suv buglanib, teri yuzasidan issiqlik yo ‘ nalishini ta‘minlaydi. Tabiiyki, yo‗qotilgan suv o`rnini doimo toldirib turish kerak. Ko ‘ p ter ajralganda suv bilan birga talay mineral tuzlar va vitaminlar ham chiqib ketadi. Shuning uchun toza suv o'rniga osh tuzi qo ‘ shilgan suv, yaxshisi meva sharbatlari yoki kompot ichgan ma‘qul. Organizimning har qanday holda ham suvsizlanishi ko'ngilsiz oqibatlarga dib keladi. Organizmdaga sunning mihdori 5% ga kamaysa, odamning ish qobiliyati pasayadi, holi quriydi. Suv miqdorining 10% dan ko‗p kamayishi og‗ir suvsizlanishi hisoblanadi. Bunda tana vazni kamayadi, qon quyilib, qon bosimi tushib ketadi, yurak faoliyati sustlashadi, siydik ajralishi keskin kamayadi, odamning tinka-madori qurib, boshi 216 og‘riydi. Odam alahlaydi, isitmasi chiqishi mumkin. Suvsizlanish 15—20% ga yetganda, odam halok bo`ladi. Suvni juda ko‗p ichilsa, suvdan zaharlanish hodisasi rivojlanadi, miya shishib, bosh og'riydi, ko'ngil ayniydi, qol- ovoqlar akashak bo`ladi. Suvga bo'lgan talab ehtiyojga bog‘liq. Ammo, ba‘zi odamlar me‘yoridan ko ‘ p suyuqlik ichishga odatianadi. Tashnalik gipotalamusdagi suv ichishni boshqaruvchi markazning qo'zgalishiga bog‘liq. Suv ajralishi buyraklar, teri, ichak va o ‘ pka faoliyati natijasidir. Suv ajralishining boshqarilishida gipofiz va buyrak usti bezlari gormonlari muhim rol o'ynaydi Mendeleyev jadvalidagi unsurlarning to ‘ rttasi — kislorod, uglerod, vodorod va azot tana massasining 96% ini tashkil qiladi. Qolgan ‗% i kalsiy, fosfor, natriy, oltingugurt, kaliy, xlor va magniyga to‗gri keladi. Bu 7 unsurni makroelemeyatlar deyiladi. Ular skeletning shakllanishi va biologik suyuqliklarning osmotik bosimini hosil qilish uchun zarur. Bundan tashqari, kaliy, natriy, kalsiy, fosfor qo ‘ zg‗aluvchan to'qimalarda potensiallarning yuzaga chiqishida, muskul qisqarishini taminlashda va energiyaga boy makrmolekular moddalarning sintezlanishida ishtirok etadi. Katta yoshli odam kuniga ‗—5 g natriy (10—12,5 osh tuzi) istemol qiladi. Bu miqdor organizm ehtiyojidan 2 marta ko ‘ p, 2 g Na yetarli bo`ladi. Kerakligadan ko ‘ p miqdorda is‘temol qilingan tuz salomatlik uchun zarur. Ammo keragidan ko‗p osh tuzi iste‘mol qilish odat bo lib qolgan. Kaliyga bo`lgan ehtiyoj 2—3 g. Aralash ovqat qabul qiladigan odamning bu elementga bo`lgan ehtiyoji tola qondiriladi. Kalsivga bo`lgan ehtiyoj boryo ‘ gi 0,6—0,8 g. Kalsiy tuzlari ichakda yomon so ‘ riladi. Shuning uchun ovqat tarkibidagi kaliyning miqdori 3—‘ g ko ‘ p bo`lishi kerak. Fosfor ham suyaklarning mustahkamligini ta‘minlaydi. Unga bo`lgan eqtiyoj 1—2 g. Bu ikkala unsurga bo`lgan ehtiyojni qoplash uchun sut va sut maqsulotlarini yeb-ichib turish kerak. Tuzlar ahnashinuvini boshqarish bir guruh gormonlarga bog‘liq. Bu masala ichki sekresiya bezlari bobida batafsil bayon etiladi. Yuqorida aytilgan makroelementlardan tashqari, organizmnnng mo ‘ tadil faoliyati uchun yana 15 ga yaqin unsurlar zarur. Ularning jami miqdori tana massasining 0,01 % idan ham oz. Organizmning ularga ehtiyoji juda kam bolganidan mikroelementlar, deb ataladi. Mikroelementlardan gemoglobin va sitoxromlaraing tarkibiy qismi bolmish temir, sitoxromoksidaza tarkibiga kiradigan mis, vitamin B12 ning tarkibiy qismi bo`lgan kobalt, ba‘zi fermentlarning aktivatori marganes, qalqonsimon bez garmonlarning tarkibiy qismi yodni ko'rsatish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling