Muqaddima
TO’G’RI OVQATLANISH ASOSLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
TO’G’RI OVQATLANISH ASOSLARI
Hakimlar qadim zamonlardayoq ovqatlanish masalalariga katta ahmiyat berishgan. Chunki odamning sogligl, ish qobiliyati, kasalliklardan tuzalishi ko'p jihatdan iste‘mol qiladigan ovqatning tarkibi, sifati, miqdoriga bog‘liq. 223 Bir qaraganda, to'gri ovqatlanish nima, degan savolga javob osondek tuyuladi. To`g ‘ ri ovqatlanishni tashkil qilish uchun nimani istemol qilish zarur va qachon ovqatlanish kerakligmi bilish lozim. Ovqatlanish eng avvalo organizmning molekular turg‘unligini saqlashga qaratilgan. Odam orgmizmming molekulyar tarkibi juda murakkab, shuning uchun ham ovqat bilan xilma-xil moddalarni istemol qilish kerak bo`ladi. Ovqatdagi moddalar bir nechta komponentlardan iborat: birinchidan, bu tabiiy oziq moddalar ~ oqsil, yog ‘ , uglevodlar, ikkinchidaii anorganik moddalar, uchmchidan — ovqatlanishning almashtirib bo'lmaydigan qo'shimcha omillari (vitaminlar va mikroelementlar). to ‘ rtinchidan — osma (o ‘ zSashtmlmaydigan) moddalar, beshinchidan — zararli moddalar. Iste‘mol qilynadigan kundalik ovqat zarur moddalarning hammasiga ega bo`lishi va unda zararli moddalar iloji boricha kam bo`lishi kerak. Bunga iete‘mol qilinadigan ovqat turini ko ‘ payfciris$i yfcli bilan erishish mumkin. Katta yoshli odamning oqsil, yog`, uglevodlar va boshqa moddalarga bo`lgan kundalik ehtiyoji haqida yuqorida aytib olilgan edi. Shu moddalarning ovqatdagi miqdori ularga bo`lgan ehtiyojm qoplashi shart. Bundan tashqari, ovqatning kalorik sig‘imi organizmning boshqarilmaydigan va boshqarib sarflaydigan energiya miqdoriga teng bo`lishi kerak. Aytilgan gaplar hozirgi zamon balanslangan (kirim, chiqim tengligi) ovqatlanish nazariyasinmg asoslaridir. Bu izchil nazariya ko‗p samarali ham boldi. Unga asoslanib, odam organizmining energiya va plastik materiallarga, ovqatlanishning qo'sMmcha omillmga bo`lgan ehtiyojlari ilmiy ravishda aniqlandi, Bu mumtoz bo lib holgan nazariya ovqadanishdagi nuqsonlar yuzaga keltiradigan xastaliklarni davolash imkonini tug‘dirdi. Ammo, bu nazariyada rioya qilish amaliy ovqatlanmda bir qator noto ‘ g ‘ ri yo ‘ nalishlar paydo bo`lishiga olib keldi. Element ovqatlanish masalan, bu yo ‘ nalishlardan biridir. Bu yo ‘ nalish tarafdorlari odam iste‘mol qiladigan tabiiy ovqat o'miga uning parchalanishi natijasida hosil bo`ladigan oxirgi elementlari — aminokislotalar aralashmasi, yog ‘ kislotalari, monosaxaridlar va h. k. bilan ovqatlanishni tavsiya qildilar. Bu yo'nalishga asoslanadigan bo`lsak s ovqat ballast moddalardan juda ham tozalangan bo`lishi kerak. Osmasiz, tozalangan oziq moddadarni is‘temol qilish meva-sabzavotlarni kam iste‘mol qilishga olib keldi. Natijada ba‘zi kasalliklar, xususan hazm tizimi a‘zolari kasalliklari ko ‘ paydi. Balanslangan ovqatlanish nazarayasiga asoslangaa holda, boshqa noto ‘ g ‘ ri xulosalar ham qilindi. Bularga yana bir misol qilib I I. Mechnikov oldinga surgan bir fikrni keltirish mumkin, Olim fikricha yo`gon ichakdagi mikroorganizmlar ballast moddalardan va boshqa o ‘ zlashtirilmagan birikmalardan foydalanib, sezilarli miqdorda zaharlovchi moddalarni sintezlaydi. Natijada makroorganizm zaharlanib, tez qariydi va oiadi. Demak, tez qarishning oldini olish uchun mikroblardan qutilish yoki ularning turlari o ‘ rtasidagi miqdoriy nisbatni sut achituvchi mikroblar kiritib (qatiq ichib),o ‘ zgartirish kerak, degan fikrlar tug'ildi. Hazm jarayonlarining yangi mexanizmlar ini (masalan, membrana hazmini) kashf etilishi, mikrobsizlikning hayvonlar organizmiga ta'sirini o ‘ rganilishi, monomerlardan tuzilgan ovqatning organizm faoliyatlariga bevosita ta‘siri aniqlanishi balanslangan ovqatlanish nazariyasiga yangiliklar kiritilishini talab qildi. Yangilangan nazariya bo ‘ yicha organizmning faoliy holatini ta‘minlash uchun ovqat tarkibidagi oziq moddalar bilan bir qatorda undagi ballast moddalar ham muhim. Undan tashqari, bu nazariya ma'lum ma‘noda tashqi muhit hisoblangan ichakdan organizmning 224 ichki muhitiga yana bir necha kirim (moddalar oqimi) borligini e‘tiborga olishni talab qiladi. Bu ichak gormonlari va boshqa fiziologik faol moddalarning oqimi, ichak bo ‘ shlig ‘ iga shiralar tarkibida ajralgan moddalarning katta oqimi, mikroblar faoliyati natijasida hosil bo`lgan moddalarning oqimi, ovqat bilan qabul qilingan zararli moddalarning oqimi. Ma‘lumki, hazm tizimida moddalar foydali nutrientlarga va o`zlashtirilmaydigan ballastga bo`linadi. Ammo evolyutsiya davomida ovqatlanish jarayoni uchun faqat o ‘ zlashtiriladigan nutrientlar emas, balki ballastlar ham muhim bo`lib qolgan. Bu ballastlardan, birinehi galda, ovqat tolalarini ko ‘ rsatish kerak. Bu tolalar (sellyuloza, pektin, lignin va boshqalar) hazm tizimidan ximusning o ‘ tish tezligiga, suv va elektrolitlar, organik moddalarning so ‘ rilishiga ta‘sir qiladi, o ‘ z yuzasiga ba‘zi moddalarni biriktirib, ularni organizmdan chiqarilishini ko ‘ paytiradi. Shuning uchun bo`lsa kerak, ballasti kam, tozalangan ovqat iste‘mol qilish keng tarqalgan mamlakatlarda bir qator kasalliklar (gipertoniya, ateroskleroz, miokard infarkti, o`t pufagi va qovuqda tosh hosil bo`lishi) ko ‘ payib ketdi. Ovqatda tolalar miqdorini ko ‘ paytirish qonda xolesterin, steroid gormonlar miqdoriga ta‘sir qiladi. Buning sababi, tolalar bilan birlashgan holda organizmdan ko ‘ p miqdorda o ‘ t kislotalar ajraladi. Yo ‘ qotilgan o ‘ t kislotalar o ‘ mini to `ldirish uchun jigar xolesterindan o ‘ t kislotalar sintezini jadallashtiradi. Xolesterinning qondagi miqdori kamayadi. Demak, kundalik ovqatda faqat oqsil, yog ‘ , uglevodlar, vitaminlar, mikroelementlar emas, balki meva va sabzavotlarning qimmatli qismi bo`lgan ovqat tolalari ham yetarli miqdorda bo`lishi kerak Y eyilgan ovqatni yetarli darajada o ‘ zlashtirish uchirn endogen va ekzogen fiziologik faol moddalarning ichakdan ichki muhitga oqimi muhim ahamiyatga ega. Birinehi galda, bu intestinal gormonlar oqimidir. Turli usullar yordamida o'tkazilgmi tadqiqotlar hazm tizimidagi endokrin hujayralarning massasi organizmdagi boshqa ichki sekretsiya bezlarining umumiy massasidan ko'pligini ko'rsatdi. Enterin gormonal tizimi sintezlaydigan gormonlar hazm a‘zolari faoliyatini boshqarishda ishtirok etishdan tashqari, umumiy metabolik samaraga ham ega Ular ta‘sirini yo'qotish (ma- salan, o ‘ n ikki barmoq ichakni olib tashlash) organizmda oglr patologik holat rivojlanishiga, xatto olimga olib keladi. Ichak gormonlari ishtahani boshqarishda ishtirok etib, ovqat iste‘mol qilinishi va uning o'zlashtmlishmi ta‘minlaydigan jarayonlarni bog‘laydi. So ‘ nggi vaqtlarda sut va bug‘doy oqsillarmi pepsin parchalagan vaqtda morfmsimon moddalar hosil bolishi aniqlandi. Bu moddalar tabiiv sharoitda tabiiy oziq moddalardan hosil bolganidan ekzorfinlar deb atalgan. Balki bu moddalar ma‘lum miqdorda qonga o‘ib, endorfmiar kabi hissiyotlarga ta‘sir qilar va ta‘mli ovqat iste‘mol qilingandan keyin kayfiyatning yaxshilanishiga sabab bolar. To'g'ri ovqatlanishni tashkil qilishda hazm tizmmdagi bakteriyalarning nutrient va ballast moddalarga tasir qilish! tufayli hosil bo`ladigan va so ‘ riladigan moddalarni ham hisobga olish kerak. Mikroorganizmlar faoliyati natijasida aminokislotalardan faol aminlar, seliyuloza va boshqa ballastlardan monosaxaridlar, uchuvchan yog ‘ kislotalar va boshqa moddalar paydo boladi. Mikroflora ishtirokida foydali, befarq va zaharli moddalar hosil bolishi mumkin. Makroorganmiining vitaminlar va almashtirib bo`lmaydigan aminokislotalarga ehtiyojining bir qismi mikroflora hosil qilgan moddalar hisobiga toldiriladi. 225 So ‘ rilish jarayonlariga baglshlangan bobda shiralar tarkibida hazm tizimi bo ‘ shlig‘iga 100 g ga yaqin oqsil ajraligshi aytib o ‘ tilgaii edi. Oqsillardan tashqari, ichak bo'shliglga asosan ichak shirasi va o ‘ t tarkibidagi talay fosfolipidlar (letsitin, kefalin, inozit), xolesterin va boshqa yog ‘ simon moddalar ajratadi Shiralar tarkibidagi yuqori molekular birikmalar ovqat polimerlari bilan bir qatorda gidrolizga uchraydi va ulardan kelib chiqqan mahsulotlar qayta so'riladi. Me‘da va ichak bo ‘ shlig ‘ iga shira bilan ajraladigan oqsil va yog ‘ simon moddalar miqdorining kundalik ovqat tarkibidagi miqdoriga tengligini e‘tiborga olsak, endogen moddalarni oqsil yog‘lar muvozanatiga sezilarli ta‘siri yaqqol ko ‘ rinadi. Bular ovqatlanish muammosining faqat fiziologik masalalaridir. Bu muammoning ancha murakkab ijlimoiy va urf-odatlarga bog‘liq masalalari ham bor. Organizmning oziq moddalarga va energiyaga ehtiyojini aniqlash masalaning muhim bir tomoni Jamiyat va shu jamiyatning har qaysi namoyondasi o ‘ z ehtiyojlarini ijtimoiy jihatdan qondirish imkoniyatiga ega bolishi masalaning ikkinchi tomoni. Turli iqlim va mamlakatlarda yashaydigan xalqlarda asrlar davomida shakllangan ovqatlanish tartibi odat tariqasida kirib qolgan. Iqlimi mo ‘ tadil Ovrnpa mamlakatlarida kundalik ovqatni ‗—5 ga bolib iste‘mol qilinadi. Bu xilda ovqatlanganda, kundalik energiyaning 30—35% nonushta bilan, ‗5—50% tushlik ovqat bilan, 10% tushdan keyingi va 10% kechki ovqat bilan qabul qilinishi maqsadga muvofiq bo`ladi. O zbek xalqi kundalik ovqatni 3 bolib iste‘mol qiladi va asosiy qismi kechqurunga to ‘ g ‘ ri keladi. Ovqatlanishning bunday tartibi maqsadga muvofiq emas. «Nonushtani o'zing ye, tushlikni do ‘ sting bilan baham ko ‘ r ; kechki ovqatni dushmaningga ber», degan xalq maqoli bor. Oxirgi ‗0—50 yil davomida Markaziy Osiyo xalqlarining hayoti, jumladan ovqatlanishi ovrupoliklarnikiga o ‘ xshab qoldi. Ko'rinib turibdiki, to‘g'ri ovqatlanishni tashkil qilish muammolari ancha murakkab va ko ‘ p jihatdan ochilmagan, Hozirgi amaliyotda kundalik ovqat miqdorini aniqlashda kamida quyidagi to ‘ rtta fiziologik tamoyilga rioya qilish zarur. l.Har bir odam ovqatidagi energiya miqdori sarflangan energiya miqdoriga teng bo`lishi kerak. 2.0vqatdagi oqsil, yog‘ va uglevodlar miqdori organizmning shu oziq moddalarga bo`lgan eng kam ehtiyojidan oz bo`lmasligi kerak. 3.Ovqatdagi vitaminlar, tuzlar va mikroelementlar miqdori ham ularga bo`lgan minimal ehtiyoj dan kam bo‗lmasligi kerak. ‗.Ovqatdagi vitaminlar, tuzlar va mikroelementlar miqdori zaharlovchi miqdordan kam bo ‘ hshi kerak. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling