Muqaddima


TANA HARORATINIBOSHQARISH (TERMOREGULYATSIYA)


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

TANA HARORATINIBOSHQARISH (TERMOREGULYATSIYA) 
Sut emizuvchi hayvonlar va odam organizmida uzluksiz ravishda issiqlik ishiab 
chiqariladi va bu issiqlik to'qimalarga malum harorat baxsh etadi. Ammo, tananing turli 
qismlarida hosil boladigan issiqlikning miqdori teng emas. Odamning ko

krak va qorin 
bo'shligldagi a‘zolari tana massasining 6% ini tashkil qiisada, ishiab chiqariladigan 
issiqlikning 56% ni beradi. Uncha katta bo`lmagan bosh miyada umumiy issiqlikning 
16% hosil bo`ladi. Demak, tanani issihlikning asosiy miqdorini ishiab chiqaravchi ichki 
qismga va o‗z ichiga muskullar va terini qamrab olgan va ancha katta bola turib oz 
miqdorda issiqlik ajratadigan tashqi qismga ajratish mumkin. 


226 
Ichki a‘zolar harorati devarli o

zgarmaydi. Ammo turli a'zolar harorati 0
?
5°C 
chamasida farqlanishi mumkin. Ko'proq issiqlik hosil qiladigan a‘zolar boshqalarga 
nisbatan sal iliqroq bo`ladi, Tananing ichki qismida (magizida) issiqlik uzluksiz ishiab 
chiqarilishiga qaramas- dan. uning harorati kolarilib ketmaydi. Chunki bu issiqlikm 
periferiyadan ancha sovib kelgan qon ichki a‘zolardan olish vaqtida ilib, o

zi bilan olib 
ketadi va tana yuzasiga yetkazadi 
Odam tanasi mag‘izining harorati 37°S, kun va tun davomida 0,5-~~l°S chegarasida 
o

zgarib turadi Running ikkinchi yarmida, soat 16—18 da harorat eng yuqori, tong 
otishidan oldin, soat ‗ da eng past nuqtalarda bo`ladi. 
Qoltiq tagida olchangan harorat ichki haroratdan 0,5°S chamasida past. Tananing chet 
qismlarida harorat ancha past, o

zgaruvchan va tashqi haroratga ko

p jihatdan bog‘liq. 
Odam harorati 35°S bo`lgan xonada turganida tanasining ichki haroratga ega qismi- 
mag‘izi-miya, qorin va ko'krak bo‘shligldan tashqari, qol oyoqlariga ham qisman 
tarqaladi. Agar u harorati 20°S ga teng bo`lgan xonaga o
?
tsa
?
tanasining chet qismi 
kengayadi, ichki haroratli qism esa ko

krak 
va qorin bo

shligl bilan chegaralanib qoladi (57-rasm). Chet qismga kirgan qol- 
oyoqlarning harorati esa kaft, barmoqlar tomon pasaya boradi Demak, tana harorati 
doimiy saqlanuvchi (gomoyoterm) magiz va harorati o

zgaruvchan poykiloterm) qobiq 
tafovut qilinadi Bu qismlarning nisbati tashqi haroratga bog‘liq holda o‗zgarib turadi. 
Tana mag

izi harorati doimiyligini (izotermiyani) saqlash anchagina murakkab 
mexanizmlarning vazifasi. Bu mexaniztnlarning izotermiya ta‘minotiga jaSb efflishi 
tashqi muhit haroratiga bog‘liq. Harorat termoneytral sohada bolganda (juda 
soddalashtirib aytganda odam haroratning issiq-sovuqligini his qilmaganda), 
termoregulyatsiya mexamzmlariga, eng oz yuk tushadi. Yengil kiyim kiygan odam 
uchun havo namligi 50% bolganda, termoneytral (komfort) harorat 25-—26°C bo`ladi 
Bu sharoitda organizm yo

qotadigan issiqlik miqdori ishiab chiqarilgan issiqlik 
miqdoriga teng. 
Muhit harorati termoneytral sohadan past bolsa, izotermiyani saqlash uchun qo‘shim» 


227 
57-rasm. Sovuq (A) va issiq (B) sharoitda tana turli qismlarinmg harorati. 
cha issiqlik hosil qilish kerak. Bunga quyidagi yoi bilan erishish mumkin. 
LHarakatlarni ixtiyoriy ravishda jadallashtirish. Buning natijasida issiqlik hosil bo`lish 
60—80% ortadi. 
2.Beixtiyor tonik yoki ritmik muskul faolligmi oshirish (titrash, qaltirash). Qaltirash 
issiqlik hosil bo`lishini 200% ko‗paytira oladi. 
3.Almashinuv jarayonlarini 
jadallashtirish 
(betitrov 
termogenez). 
Betitrov 
termogenezni yangi tug‘ilgan bolalarda va sovuqqa moslashgan mayda hayvonlarda 
kuzatish mumkin. Bu qo‗shimcha issiqlik qoramtir yog

da ko'proq hosil boladi. Qoramtir 
yog

to

qimasida mitoxondriyalar ko

p. U kuraklar oralig

ida, qoitiqning tagida. bo'yinda 
ko

proq joylashgan. Rangining qoramtir bo‗lishi yog

hujayrasida temirga ega bo`lgan 
pigment — sitoxromlarga bog

liq 
Tana harorati doimiyligini saqlash uchun issiqlik muvozanatiga erishish zarur: 
organizmda hosil bo`ladigan issiqlik miqdori yo

qotiladigan issiqlikning miqdoriga teng 
bolishi kerak. Bunga issiqlikning idora etilishining fiziologik mexanizmlari yordam 
beradi. Ular fizikaviy va kimyoviy boshqarish mexanizmlariga ajratiladi. 
Kimyoviy termoregulyatsiya sovuq harorat ta‘siriga javoban organizmda issiqlik hosil 
qilishini kuchaytirishdir. Bunga erishish yo'llari yuqorida bayon etildi. 
Fizikaviy termoregulyatsiya tanadan issiqlik ajralishi jadalligini o'zgartirish yo`li 
bilan amalga oshadi. 


228 
Tashqi muhit harorati yuqori bo`lganda fizikaviy termoregulyatsiyaning ahamiyati 
oshadi. Fizikaviy termoregulyatsiya asosan issiqlikni yo

qotishdan iborat. Tana issiqlikni: 
1) o‗tkazish; 2) konveksiya; 3) nurlanish va ‗) buglanish yo`li bilan yo'qotishi mumkin. 
O'tkazish tana biror narsaga tegib turganda (odam o

tirganda, yotganda) ro

y beradi. 
Bu yo‘l bilan tanaga tegib turgan jismning harorati teri haroratidan past bolgandagina 
issiqlik yo

qotish mumkin. Tananing havo tegib turgan sohalaridan issiqlik nurlanish, 
konveksiya va buglannsh yo`li bilan yo'qotiladi. 
Konveksiya. Agar teri harorati atrofidagi havo haroratidan yuqori bolsa. havoning 
teriga yaqin qavati isiydi, tana yuzasidan ko'tarilib, issiqlikni o

zi bilan olib ketadi. 
0‗miga sovuqroq havo keladi. jarayon yana boshidan boshlanadi. Bu jarayon konveksiya 
deyiladi. Konveksiyani shakllovchi, imga asosan ta‘sir qiluvchi omil — terming o

rtacha 
harorati va atrofdagi havo harorati o

rtasidagi farq va havoning harakati. Teriga tegib 
turgan havo qavati qancha tez vangilansa, issiqlik yo

qotish shuncha samarali bo‗ladi. 
Nurlanish ham atrofdagi havo harorati tana haroratidan past bo`lganda kuzatiiadi. 
Tana boshqa issiq jismlar kabi uzxm to`lqinli infraqizil nurlar tarqatadi va shu yoi bilan 
energiya yo`qotadi. 
Buglanish. Suvning bug

ga aylanishi ko‘p miqdorda issiqlik energiyasini talab qiladi. 
Bir gramm suvni bug'latish uchun 58‘ kal (2‘‘30 j) kerak. Agar 1 g suvni 0°C dan 
qaynash nuqtasigacha (100°S) isitish uchun hammasi bo

Iib 100 kal (‗187 j) zarur 
bo'hshini hisobga olinsa, suvni bug

latish uchun sarflanadigan energiya miqdorining 
qanchalik ko

p bo`lishi yaqqol ko'rinadi qo

yadi Issiq sharoitda odam organizmi teri 
yuzasidan suvni buglatish yo`li bilan issiqlik yo'qotadi. Komfort sharoitda odam 
terisining o

rtacha harorati 33—3‘°S atrofida boladi. Havo harorati bundan yuqori bolsa, 
o'tkazish, konveksiya va nurlanish yo

U bilan issiqlik yo

qotilmaydi. Aksincha. atrof-
muhit harorati teri haroratidan yuqori bo`lganda tashqi muhit or- ganizmni o'tkazish, 
konveksiya va nurlanish tufayli isitadi Bunday sharoitda organizm o

zi hosil qilgan 
issiqlik bilan bir qatorda tashqaridan qabul qilingan issiqlikni ham yo

qotishi kerak. 
Bunga faqat terlash, terdagi suvni buglatish yo`li bilan erishish mumkin. Bunda teri qon 
tomirlarining kengayishi terlashni jadallashishi uchun muhim. Havo juda issiq bo`lganda 
bir kunda 10 1 dan ko`p ter ajralishi mumkin. Haroratni boshqarish uchun zarur bo`lgan 
ter bilan organizm ko

p miqdorda tuzlar, vitaminlar va boshqa moddalarni yo

qotadi. 
Shuning uchun issiq sharoitda sho

rtang suv va meva sharbatlari ichib turish maqsadga 
muvofiqdir. 
Kun sovuq bo`lganda issiqlik yo'qotilishini kamaytiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. 
Teri qon tomirlari, asosan arteriolalar torayadi. Terming tashqi qatlamlaridan oqib 
o

tadigan on miqdori kamayadi, teri sovib, o'tkazish, konveksiya, nurlanish, buglanish 
natijasida vo'qotiladigan is- siqlik miqdori kamayadi. 
Ichki a'zolar va teri tomirlari o'rtasida qonning qayta taqsimlanishi so\oiq sharoitda 
tana mag‘zi harorati doimiyligini saqlashda muhim rol o'ynaydi. Kiyim ham issiqlik 
yo

qolishim kamaytiradi. Ichki a‘zolar va teri tomirlari o

rtasida qonning qayta 
taqsimlanishi sovuq sharoitda tana mag‘zi harorati doimiyligini saqlashda muhim rol 
o`ynaydi. Kiyim ham issiqlik yo'qolishini kamaytiradi. 
Tana harorati doimiyligini saqlashda markaziy nerv tizimi yetakchi rol o

ynaydi Bn 
vazitani bajarish uchun MNT tashqi va ichki harorat to

g
c
risida doimo ma‘lumot olib 
turishi zarur. Ibrida, teri va teri ostidagi tomirlarda va MNT ning o'zida joylashgan issiq 
va sovuqni sezuvchi ter- moretseptorlar harorat o'zgarishlarining darakchisi sifatida 
xizmat qiladi. Havo harorati barqaror bolganida impulslar teri retseptorlaridan bir 


229 
me‘yorda MNT ga yetib turadi. Sovuqni sezuvchi retseptorlarda vujudga keiadigan 
impulslar soni 20—30°S haroratda maksimal chastotag ega, is- siqni sezuvchi 
retseptorlar esa harorat 38—‘3 darajada bolganida maksimal miqdorda impulslar hosil 
qiladi. Teri tez sovusa, sovuqni sezuvchi retseptorlarda vujudga keiadigan impulslar soni 
keskin ortadi, tez isisa impulslar siyraklashadi, umuman yo'qolishi ham mumkin. Is siqni 
sezuvchi retseptorlarning haroratning shu tarzda o

zgarishiga javobi teskari bo‗ladi: teri 
sovuganda, ulardan markazga mtiluvchi impulslar soni kamayadi, isiganda juda 
ko

payadi. 
Markaziy termoretseptorlar gipotalamusning preoptik sohasida oraliq miyaning 
to'rsimon formatsiyasida va orqa miyada joylashgan. Gipotalarnik neyronlarning harorat 
o‗zgarishlariga sezgirligi ularni bevosita ta‘sirlash yo‘li bilan isbotlangan, 
Maxsus asboblar yordamida preoptik soha harorati 0,‘1°C oshirilsa, organizmda 
harorat doimiyligini saqlashga qaratilgan o

zgarishlar ro

y beradi — periferik tomirlar, 
masalan, quloq suprasi tomirlari kengayadi. 
Gipotalamus jarohatlansa, organizm o

z haroratining doimiyligini saqlash qobiliyatini 
yo

qotadi. Bosh miya po'stlogi, ko

ruv do'mboqlari, targ‘il tana va boshqa tuzilmalar 
shikastlanishi bunga olib kelmaydi Bu malumotlar gipotalamusni izotermiya 
boshhaiilishining markazi, deb hisoblashga asos boldi. Mazkur markaz neyrmlarmmg bir 
qismi issiqlik hosil bolishiga ta‘sir qilsa, boshqa guruhi issiqlik yo

qotishni o'zgartiradi. 
Gipotalamusning dim qismi issiqlik hosil bo`lishini kuchaytiradi. Bu markaz 
shikastlanganda hayvon sovuqqa moslasha olmaydi. Gipotalamusning olding qismi 
fizikaviy termoregulyasiyani nazorat qiladi. Tajribada miyaning bu qismini olib tashlash 
issiqlik yo'qotish mexanizmlarini shikastlaydi issiq sharoitda bunday operatsiyani 
kechirgan hayvonning tana harorati ko'tarilib ketadi. 
Issiqlik hosil bo`lishi va issiqlik yo

qotilishini na- zorat qiluvchi markazlarning 
uyg

un faoliyat ko'rsatishni tana harorati doimiyligini ta‘minlaydi. Komfort sharoitda 
issiqlik mexanizmmi ta‘minlash uchun issiqlikni idora etadigan mexanizmlar ishga 
tushmaydi. Harorat termoneytral sohadan past bo`lsa periferik termoretseptorlarning 
qo

zg‘alishi kuchayadi. Ulardan gipotalamusga yetib kelgan yuqori chastotali afferent 
impulslar issiqlik hosil bo`lishini kuchaytiruvehi mexanizmlarni ishga soladi. Bundan 
tashqari, bu sharoitda gipotalamus simpatik nerv tizimi tonusini oshirib, teri va teri osti 
qon tomirlarini toraytiradi. Natijada issiqlik yo

qotish kamayadi. 
Gipotalamus izotermiyani boshqarar ekan, ichki sekretsiya bezlari ham bu ishga jalb 
etiladi. Birinchi galda, bu qalqonsimon bez va buyrak usti bezlaridir. Sovuq sharoitda 
tireoid gormonlarnmg qondagi miqdori ortadi. Bu gormonlarning asosiy fiziologik 
xossasi 
— moddalar almashinuvini jadallash- tirishdan iborat Buyrak usti bezlarining sovuq 
havoda tana haroratini boshqarishdagi ishtiroki muskul va ba‘zi bir boshqa to'qimalarda 
issiqlik ajralishini ko

paytimvchi va teri tomirlarini toraytirib, issiqlik yo'qotishni 
kamaytiruvchi adrenaliiming qonga olishini tezlashtirishdan iborat. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling