Muqaddima


NEFRON—BUYRAKLARNING FUNKSIONAL BIRLIGI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NEFRON—BUYRAKLARNING FUNKSIONAL BIRLIGI 
Buyraklar parenximasi tashqi (po

stloq) va ichki (mag‗iz) qismlarga bolinadi. 
Odamning vazni 150 g bo`lgan buyragida 1—1,2 mln funksional birlik—nefron bor. 
Nefron devori ikki qavat Shumlyanskiy-Boumen kapsulasidan boshlanadi (58-rasm). 
Kapsula ichida kapillyarlar koptokchasi joylashgan. Kapsulaning tashqi qavati 
burama, to

gri qismlardan iborat nefronning proksimal segmmtiga o‘tadi. Nefronning bu 
segmentini ichidan qoplagan hujayralar yuzasida behisob mikrovorsinkalar bor. 
Proksimal segmentning davomi — Genie qovuzlog‘i ingichka pastga tushuvchi, yo

g‘on 
ko‗tariluvchi bolimlardan iborat. Genie qovuzlog‘inmg davomi distal burama kanalcha 
boglovchi kanalchaga o

tib, yig‘uvchi naychalarga itlanadi. Nefron qismlarming har bin 
o

ziga xos ishni bajaradi 
Odam buyragida bir nechta xil nefronlar ajratiladi. Ularning ba‘zilari buyrakning 
po'stloq qismida joylashganidan intrakortikal nefronlar, boshqalarining koptokchalari 
po'stloq va maglz moddalarning chegarasida bolganidan yukstamedullyar nefronlar 
deyiladi. Nefronlar Genie qovuzloglniitg uzunligi va tuzilishi hamda siydikni quyultirish 
imkoniyatiga ko

ra farqlanadi
SIYDIK HOSIL BO`LISHI 
Siydik hosil bo`lishida buvraklarning qon bilan ta‘minlanishi katta ahamiyatga ega. 
Buyrak arteriyalari aortaning qorin qismidan chiqib, u yerda qon bosimi yuqori bolishini 
ta‘minlaydi. Kalta buyrak arteriyalari bir necha marta bolinib, koptokclialarga qon olib 
keluvchi tomir (vas afferens) shaklida Idrib boradi Bu tomir 20—‘0 dona kapillyarga 
bolinib., Malpigi koptokchasini hosil qiladi. Kapillyarlar yig'indisi — vas efferens qonni 
koptokchadan olib ketadi. 


232 
Odamning ikkala buyragi arteriyasidan 1 daqiqada 1200 ml qon yoki organizmdagi 
hamma qonning 20—25% oqib o

tadi. Buyraklar massasi tana massasining faqat 0,‘3% 
tashkil qilishini eslasak, qon bilan ta‘minlaraishnmg naqadar katta ekani yaqqol bilinadi. 
Buyraklarning qon bilan ta‘mmlanishidagi yana bir muhim xususiyati shundaki, a‘zo 
tomirlarining o‗z-o

zini boshqarish qobiliyati juda mukammal: umumiy arterial qon 
bosimi 90—190 mm s. a da o'zgarishda ham buyrak arteriya laridan oqib o'tuvchi qon 
miqdori o

zgarmaydi. 
Koptokchadan sal uzoqlashib, qonni olib ketuvchi tomir yana kapilyarlarga bo`linadi 
va proksimal hamda distal burama kanalchalar atrofida qalin kapillyarlar to

rini hosil 
qiladi. Demak, buyraklarda qonning ko

p qismi kapillyarlardan ikki marta, awal 
koptokchalarda, keyin kanalchalar atrofida o

tadi 
Yukstamedullyar nefronlarning qonni olib ketuvchi tomiri kapillyarlarga bolinmaydi. 
bu tomir bevosita maglz moddaga o

tadi 
Siydik hosil bolishida nefronning hamma qismi ishtirok etadi. Bu jarayon 
koptokchalarda filtrlanish yo`li bilan birlamchi siydikni hosil bolishidan boshlanadi. 
Buyrak kanalchalari va yig

uvchi naylardan olayotganida siydik tarkibi o'zgaradi: suv va 
ba‘zi moddalar naylar devori orqali qonga qayta so'riladi, ba‘zi moddalar esa bu 
suyuqlikka ajratiladi. Bu jarayon kanalchalardagi reabsorbsiya va sekretsiva deb ataladi. 
Shunday qilib, tashqariga chiqariladigan oxirgi siydik tarkibini uch jarayon belgilaydi 
— koptokchalardagi filtrlanish, kanalchalardagi reabsorbsiya va kanalchalardagi 
sekretsiya. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling