Muqaddima
INGICHKA ICHAKNING OVQATNI XAZM QILISHDA VA
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ICHAK SEKRETSIYASI VA UNING TARKIBI
INGICHKA ICHAKNING OVQATNI XAZM QILISHDA VA
O’ZLASHTIRISHDAGI ISHTIROKI Hazm tizimi bo ‘ shlig‘ini tashqi muhit, deb hisoblash mumkin. Undagi oziq moddalar va xazm maqsulotlari qonga so‘rilmaguncha o'zlashtirilgan hisoblanmaydi, ba‘zi sharoitda (qayt qilinganda) tashqariga chiqarib tashlanishi ham mumkin. Oqsillar, yoglar va uglevodlarning oxiragacha parchalanishini va hosil bo`lgan maxsulotlarning so'rilishini asosan ingichka ichak shilliq pardasi ta‘minlaydi. Bu o ‘ zaro bog ‘ liq bo`lgan jarayonlarga ichak harakatlari ko'maklashadi. ICHAK SEKRETSIYASI VA UNING TARKIBI Ingichka ichak shirasining ajralishi boshqa shiralar ajalishidan farq qiladi. Solak, me‘da, me‘da osti va boshqa bezlarning sekretor hujayralari shira ajratganida umuman yemirilmaydi yoki faqat apikal qismi oldindan bu yerga yigilgan sekretor granulalar bilan birga shiraga uzilib o ‘ tadi. Shikastlanmagan yoki massasining oz miqdorini yo'qotgan hujayralar tiklanib, sekretor jarayonda ko ‘ p martalab ishtirok etadi. Sunday sekretor jarayonlar morfostatik va morfokinetik deyiladi. Ingichka ichakda morfonekrotik sekretor jarayon kechadi. Ichak vorsinkalarini qoplagan epitelial hujayralar juda tez almashinadi. Bu hujayralar vorsinkalarning asosi— kripta sohasida bolinish yoli bilan hosil bo`ladi va vor- sinkaning uchi tomon siljib, sidirilib ichak bo ` shlig‘iga tushadi. Shu tarzda ichak bo'shlig‘iga bir kechayu kunduzda 250 g epitelial hujayralar ajraladi. Filtrlanish yoli bilan ajralgan suyuqlikka qo'shilib, bu enterotsitlar ichak shirasini hosil qiladi. Ichak shirasi ajralishi mexanizmidagi farq uning tarkibiy xususiyatlarini belgilaydi. Bu shira suyuq va quyuq qismlardan iborat. Uning quyuq qismini butun va yemirilgan enterotsitlar va qadahsimon hujayralar ajratgan shilimshiq hosil qiladi. Ichak fermentlarining asosiy qismi shiraning quyuq qismida bo ` ladi. Unda oqsil, fosfolipidlar vanuklein kislotalar ko ‘ p. Anorganik moddalardan natriy, kaliy, kalsiyning bikarbonat, fosfat, xloridlari uchraydi. Shira ishqoriy muhitga ega, uning pH 7,2—3,6 chamasida. Ichak sekretsiyasi ovqat iste‘mol qilgandan keyin, ba‘zi bir gormonlar ta‘sirida kuchayadi. Ichak shilliq pardasini mexanik ta‘sirlash suyuqlik ajralishini tezlashtiradi. Oqsil va yog ‘ larning parchalanish mahsulotlari, me‘da osti bezi shirasi, xlorid va boshqa kislotalar ichak sekretsiyasining kimyoviy qo ‘ zgatuvchilari hisoblanadi. Markaziy nerv tizimining ichak shirasi ajralishiga ta‘siri uncha sezilarli emas; , ICHAK FERMENTLARI 195 Ichak shilliq pardasida va shirasida 20 ga yaqin gidrolitik fermentlar bor. Ular oqsillar va polisaxaridlarning parchalanishi natijasida hosil bo`lgan oligomerlarini, yoglar parchalanishi mahsuloti monoglitseridlarni va ovqat tarkibidagi disaxaridlar va ba‘zi boshqa moddalarning parchalanishini oxiriga yetkazadi. Ichakning proteolitik fermentlari orasida enterokinaza alohida ajralib turadi. Bu ferment tripsinogen molekulasida lizin va izoleysin aminokislotalari o'rtasidagi aloqadorlikni uzib, undan geksapeptid ajratadi. Natijada fermentning faol markazi ochilib, tripsinga aylanadi. Enterokinaza o‗n ikki barmoq ichak va ingichka ichakning yuqori qismida sintezlanadi. Ingichka ichakning hamma qismida bir guruh peptidazalar aniqlangan. Ular di- tri- va oligopeptidlarning aminokisotalarga parchalanishini ta‘minlaydi. Ovqat tarkibidagi polisaxaridlarni parchalashda ingichka ichakning gamma-amilazasi ma‘lum ahamiyatga ega. Bu fermentning pankreatik alfa-amilazadan farqi shuki, uning ta‘sirida polisaxarid molekulasining uchidagi glyukoza yaxshi ajraladi. Shuning uchun gamma-amilaza ta‘sirida polisaxaridlardan oligo-disaxaridlar bilan bir qatorda, sezilarli miqdorda glyukoza ham hosil bo`ladi. Disaxaridlarni parchalovchi fermentlar ham bir nechta. Maltaza va izomaltaza kraxmaldan amilazalar ta‘sirida hosil bo`lgan dekstrinlar va oligosaxaiidlarning a -1,6— glyukozid,a —1,‘— glyukozid bog‘lamlarim uzadi, maltozani ikki glyukoza molekulasiga parchalaydi. Saxaroza iste‘mol qilinadigan lavlagi yoki shakarqamish qandini —- saxarozani glyukoza va fruktozaga parchalaydi. Bu ferment maltozani ham parchalash qobilivatiga ega. Sut tarkibidagi laktozani laktaza fermenti glyukoza va galaktozaga ajratadi, iaktoza boshqa disaxaridazalar tomonidan parchalarnnasligini etiborga olsak, laktazani sut bilan ovqatlanish davridagi ahamiyati tushunarli bo‗ladi, Ingichka ichakning yarn bir disaxaridazasi — tregalaza — qo‗ziqorin va suv o‗simljklarida uchraydigan tregalozani parchalaydi Yuqori faollikka ega bo`lgan ichak fermentlariga ishqoriy fosfataza ham kiradi. Bu ferment ishqoriy muhitda (Ph-optimumi 9—10 atrofida) fosfor kislotasi efirlarirti parchalaydi. ishqoriy fosfataza tabiiy sharoitda parchalaydigan moddalari fosfoserin, xolinfcefat va etanolarninfosfatlardir. Bu moddalar fosfoproteinlar va fosfolipidlarning parchalanish jarayonida oraliq mahsulotlar sifatida paydo bo'ladi. Ingichka ichak lipaza ham sintezlaydi. Bu lipaza monoglitseridlarga nisbatan juda faol va uchglitseridlardan pankreatik lipaza ta‘sirida kelib chiqqan monoglitseridlarni erkin glitserin va yog‗ kislotaga parchalaydi. Demak, ingichka ichak fermentiari asosiy oziq moddalari oqsil, yog‗ va uglevodlar parchalanishinmg oxirgi bosqichini bajaradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling