Mustaqil ishi mavzu: Suyuq yoģlar tarkibidagi yoģ kislotalarning uch qòshboģli yoģ kislotalari


Download 1.62 Mb.
Sana08.05.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1445939
Bog'liq
Gulirano


Farģona Politexnika instituti
90-20 guruh talabasi
Isaqova Gulira'noning Yòģlar va moyli homashyolar kimyosi fanidan tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Suyuq yoģlar tarkibidagi yoģ kislotalarning uch qòshboģli yoģ kislotalari
(raps makkajòxori)
Reja:
1. Suyuq yoģlar tuzilishi va kimyoviy tarkibi
2. Raps
3. Makkajòxori
Yogʻ, moy — organik moddalar; glitserin bilan bir asosli yogʻ kislotalar (triglitseridlar)ning toʻliq murakkab efirlari; lipidlar sinfiga mansub. Uglevodlar va oqsillar bilan bir qatorda Yo. — hayvon, oʻsimlik va mikroorganizmlar xujayrasining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Bular bir xil yoki turli yogʻ kislotalarning radikallari boʻlishi mumkin. Yo. molekulasida tuyingan yogʻ kislotalardan stearin va palmitin kislotalar koʻproq, toʻyinmagan yogʻ kislotalardan olein, linol va linolen kislotalar uchraydi. Yo.ning fizikkimyoviy va kimyoviy xossalari tarkibidagi toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalar nisbatiga bogʻliq. 
Suv qoʻshib qattiq chayqatilganda emulsiyalar vujudga keladi. Yo.ning barkaror emulsiyasiga sut misol boʻla oladi. Tabiiy Yog` hayvonlarning yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yog`lar (qoramol, qoʻy, sut, baliq va b. yogʻi) va oʻsimlik moylariga boʻlinadi. Uy hayvonlarining yogʻ toʻqimalaridan olinadigan Yo.larning tarkibi va xossalari jadvalda keltirilgan. Tarkibida toʻyingan yogʻ kislotalar koʻproq boʻlsa — qattiq Yog` suyuqlanish temperaturasi yuqori (mas, mol, qoʻy yogʻi), toʻyinmagan yogʻ kislotalar koʻproq boʻlsa — suyuq Yog` boʻladi (mas, dengizlarda yashaydigan sut emizuvchilar va baliqlardan olinadigan Yog` ).
Raps (Brassica napus var. napus) — karamdoshlar oilasining Brassica avlodiga mansub bir yillik moyli va yemxashak ekini. Miloddan avvalgi 4ming yillikda ham ekilgan. Yevropada 14-asrdan ekila boshlagan va hozir asosiy moyli ekin hisoblanadi. Oʻzbekistonda oraliq ekin sifatida ekiladi. Kuzgi (V. binnis) va bahorgi (V. appua) guruhi bor. Ildizi duksimon, poyasi sershoh, boʻyi 50—150 sm. Barglari gʻuj, bandli, kam tukli. Toʻpguli 25—40 ta, guli shingil. Gullari mayda, sariq, baʼzida oq tusli. Mevasi uzun (5—10 sm), kambar (3–4 mm) qoʻzoq.
Doni sharsimon, rangi och qoramtir. 1000 dona urugʻi vazni 3—7 g. R. uzun kun oʻsimligidir. Urugʻi 1—3° da unib chikadi, 15—20° da yaxshi oʻsib rivojlanadi. Kuzgi R.ning vegetatsiya davri 270— 300 sutka, bahrrgisiniki 95—PO sutka. Chetdan changlanadi. R. urugʻi tarkibida 32—50% moy, 23% oqsil mavjud. Moyi ovqatga, shuningdek, margarin, sovun ishlab chiqarishda, toʻqimachilik va sanoatning boshqa tarmoqlarida ishlatiladi. Kunjarasi chorva uchun yaxshi ozuqa. Qatorlab yoki keng qatorlab, 2—4 sm chuq.ka ekiladi. Sovuqqa chidamliligi past, qishda kuchli sovukdar boʻlmaydigan mintaqalarda ekiladi. Rivojlanishining boshida namga talabchan. Chorva mollari uchun yaxshi ozuqabop ekin hisoblanadi. 150 s/ga dan tortib 250 s/gacha koʻk massa beradi.
Makkajoʻxori (Zea mays L.) - bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, don va yem-xashak ekini. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Amerika. Dastlab Meksika hududida qad. mayya va atstek qabilalari tomonidan mil.dan 5200-yil avval dehqonchilikdaekilgan. Yevropaga 15-asr oxirida keltirilgan. M. ekiladigan xududlar shimoliy kenglikning 40° gacha boradi. Jahon dehqonchiligida M. ekilgan maydon 139,2 mln.ga, hosildorlik (don boʻyicha) 43,13 s/ga, yalpi hosil 600,4 mln. t AKD] (28,5 mln.ga, hosildorlik 84 s/ga), Braziliya (11,6 mln.ga, hosildorlik 27,6 s/ga), Meksika (7,2 mln.ga; hosildorlik 25,3 s/ga), Xitoy (25,8 mln.ga; hosildorlik 48,8 s/ga), shuningdek, Jan. va Jan.-Sharqiy Yevropa, Jan.-Sharqiy Osiyo, Jan. va Sharqiy Afrika mamlakatlarida katta maydonlarga ekiladi (1999).
Oʻzbekistonda ham bu ekin qadimdan ekiladi (42 ming ga; hosildorlk 31,6 s/ga; yalpi hosil 131,4 t; 2000). Poyasi tik, 5–6 m gacha, boʻgʻimli, ichi gʻovak. Ildizi pataksimon, yerga 1—1,5 m gacha kirib boradi. Poyaning eng ostki boʻgʻimidan yoʻgʻon tayanch ildizlar chiqaradi, ular oʻsimlikni yotib qolishidan saqdaydi va chopiq vaqtida yumshoq tuproq uyumi ularni nam hamda oziq moddalar bilan taʼminlaydi. Barglari keng nashtarsimon, ketma-ket joylashgan, usti tukli. M. bir uyli, toʻpguli ayrim jinsli oʻsimlik, chan-gchi toʻpguli poya uchida roʻvak, urugʻchi toʻpguli soʻtada popuksimon boʻladi. Mevasi don. 1000 ta doni vazni 100— 400 g . Soʻtasi donli zoʻgʻata, 500 dan 1000 gacha doni boʻladi va uni oʻrab turgan barg (gʻilof)lardan iborat, har tup oʻsimlik 1—2 — 3 ta, baʼzan undan koʻproq soʻta chiqaradi. Doni yirik, yumaloq, tuxumsimon yoki tishsimon, rangi va morfologik belgilariga koʻra, tishsimon, yarim tishsimon, mumsimon va qobiqli guruhlarga boʻlinadi. 
Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling