Muqaddima
OG’IZ BO’SHLIG’IDA SO’RILISH
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
OG’IZ BO’SHLIG’IDA SO’RILISH
Til va og‘iz bo‘shlig‘ini qoplagan shilliq parda og‘iz bo‘shliq‘iga tushgan ba‘zi moddalarni qonga o‘tkazish (so‘rish) qobiliyatiga ega. Ammo oziq moddalar og‘iz bo‘shlig‘ida qisqa vaqt bo`lganidan bu yerda so‘rilishi amaliy ahamiyatga ega emas. Amaliyotda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining so‘rish imkoniyatidan dorilar va nikotinni organizmga kiritishda foydalaniladi. Yurak xastaligiga uchragan odamlar og‘riq turganda validolni til ostiga tashlab, yengillik sezadilar. Maxsus ishlov berilgan tamaki (nos) tarkibidagi nikotin ham til ostidan yaxshi so‘riladi. Ammo nos chekuvchilar shuni esda tutishlari kerakki, nos tarkibidagi chala o‘chirilgan ohak milklarni yallig‘lantiradi, shilliq pardani shikastlayda va rak kasalligiga olib kelishi mumkin. Demak, og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatning qayta ishlanishi xususida so‘z yuritib, hazm tizimining to‘rtta – motor, sekretor, inkretor va so‘rish faoliyatlari borligini ko‘rdik. Tizimning bu qismida ovqatning qayta ishlanishi uchun motor faoliyat katta ahamiyatga ega. U tufayli ovqat og‘iz bo‘shlig‘iga qabul qilinadi, maydalanadi, so`lak bilan aralashadi va luqma holiga keladi. Garchi oziq moddalarning og‘iz bo‘shlig‘ida kimyoviy jihatdan qayta ishlanishi endi boshlansada, so'‘ak bezlarining sekretor faoliyatini kamsitish noto'‘'‘i, chunki so'‘ak ovqatni namlab, luqma yuzasini shilliq bilan qoplab, yutish uchun tayyorlaydi. YUTISH Tuxumsimon luqmani til ustidan halqumga tushirish balan yutishning birinchi – ixtiyoriy bosqichi boshlanadi. Luqmani harakatga keltirish bir talay muskul va tuzilmalarning uyg‘unnlashishini talab qiladi. Til muskullari, til osti suyakni siljituvchi va hiqildoqni ko‘taruvchi muskullar qisqarishi, yumshoq tanglayning ko‘tarilishi, 182 hiqildoq usti tog‘ayning siljishi natijasida burun yo`llari va nafas yo`llarining og‘zi berkiladi., luqma halqumga tushadi. Luqmadan yuqoriroq bo`lgan halqa yo‘nalishdagi muskullar qisqarib, uni qizilo‘ngachga siqib chiqaradi. Shu bilan yutishning ikkinchi – tez beixtiyor (halqum) bosqichi tugab, uchinchi – sekin beixtiyor (qizilo‘ngach) bosqichi boshlanadi. Qizilo‘ngachning harakatlanishi yutish harakatlariga bog‘liq. Uni yutish reflektor yoi bilan yuzaga chiqaradi. Bu toiqinsimon harakatlar qizilo‘ngachning yuqori qismidan boshlanib, me‘da tomon tarqaladi. Yutilgan ovqatdan yuqoriroqdagi halqa muskullar qisqarganda, luqmadan pastdagilari bo‘shashadi va bu yerda qizilo‘ngach kengayadi, luqma me‘da tomon siljiydi. Keyingi lahza qizilo‘ngachning hozir kengayib turgan qismi torayib, luqmadan pastroqdagi qismi kengayadi. Shu tarzda yutilgan ovqat 8-9 sekund davomida me‘daga yetadi. Suyuqliklarning qizilo‘ngachdan o‘tish tezligi ancha yuqori. Yutish harakatlari bo`lmaganda, me‘daning qizilo‘ngachga tutashgan qismi – kardiya berk turadi. Yutilgan ovqat qizilo‘ngachdan o‘tib, bu yerga kelganda, kardiya reflektor yoi bilan ochiladi va ovqat me‘daga tushadi. Me‘da toiib ketsa, kardiya tonusi ortib, me‘dadagi ovqatni qaytib qizilo‘ngachga o‘tishiga yoi qo‘ymaydi. Adashgan nerv qizilo‘ngach harakatlarini jonlantirib, kardiyani berkitib, qizilo‘ngach harakatlarini tormozlaydi. Yutish markazi nafas va qon aylanishni boshqaruvchi markazlar bilan o‘zaro murakkab munosabatda. Ovqat zarrachalari nafas yo`llariga o‘tib ketmasligi uchun yutish vaqtida nafas olmay turish zarur. Bu munosabatlar shu shartni ta‘minlaydi. Bundan tashqari, yutish vaqtida yurakning urishi tezlashadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling