Muqaddima
OVQATNING OG’IZ BO’SHLIG’IDA QAYTA ISHLANISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO`LAK AJRALISHI
OVQATNING OG’IZ BO’SHLIG’IDA QAYTA ISHLANISHI
Iste‘mol qilingan ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida qayta ishlana boshlaydi va ovqatni maydalash, so`lak bilan namlash, luqma shakllashdan iborat bo`ladi. Faqat ba‘zi moddalar (uglevodlar) kimyoviy jihatdan qayta ishlana boshlaydi xolos, chunki so`lakda fermentlar faolligi sust, ovqatning og‘iz bo‘shlig‘ida bo`lish vaqti 15-18 sekund bilan cheklangan. CHAYNASH Og‘izga tushgan ovqat qattiq bo`lsa, chaynaladi. Ovqatni chaynashda yuqori va pastki tishlar, chaynash muskullari, til, tanglay, lunj va og‘iz bo‘shlig‘i tubi ishtirok etadi. Chaynash reflektor akt. Og‘izga tushgan ovqat u yerdagi turli retseptorlarni qo‘zg‘atadi. Afferent impulslar uchlik nervi orqali uzunchoq miyadagi chaynash markaziga yetib boradi. Markazda shakllangan efferent impulslar uchlik nervining efferent tolalari bo‘ylab chaynash muskullariga yetadi. Chaynashni boshqarishda chaynash muskullarining proprioretseptorlaridan markazga intiluvchi impulslar katta ahamiyatga ega. Chaynash muskullari juda baquvvat. Ular qisqarganda yuqori va pastki orasida hosil bo`ladigan bosim o‘simlik va hayvon to‘qimalaridagi pardalarni yemirish uchun yetarli bo`ladi. Chaynalganda ovqat tishlar o‘rtasidagi oraliqda bir necha marda ag‘dariladi, maydalanadi, so`lak bilan aralashib, yumshaydi. Ovqat chaynab bo`lingandan keyin til ustiga yig‘iladi, luqma holiga keltiriladi va yutiladi. SO`LAK AJRALISHI Chaynash hazm tizimining barcha qismlariga xos harakat faoliyatining misoli. Bu tizimning asosiy faoliyatlaridan yana biri sekretor faoliyat. Og‘iz bo‘shlig‘ida bu faoliyat so`lak ajralishi bilan ifodalanadi. So;lak uch juft yirik va juda ko‘p mayda so`lak bezlari mahsulotidir. Yiriklari quloq oldi, jag‘ osti va til osti bezlari. Mayda bezlar esa til, jag‘ va tanglayni qoplagan shilliq pardada joylashgan. Bu bezlar ishlab chiqaradigan so`lak tarkibidagi shilimshiq modda (mutsin) va oqsillar (seroza) nisbati bilan farq qiladi. 180 Shilimshiq bezlar til ildizida va tanglayda joylashgan. Ular ishlab chiqargan so`lak quyuq, chunki unda mutsin miqdori ko‘p. Quloq oldi va tilning yon yuzasida joylashgan mayda bezlar soiagida oqsil ko‘proq, mutsin deyarli yo‘q. Bu seroz bezlarning soiagi suyuq. Jag‘ osti va til bezlari ham seroz, ham shilimshiq hujayralarga ega. Ular va tilning uchi, lunj va lablardagi mayda bezlar aralash bezlardir. Aralash bezlar aralash (ham shilimshiq, ham oqsilli) so`lak ajratadi. Yirik bezlarda hosil bo`lgan so`lak so`lak yo`llariga yig‘ilib, og‘iz bo‘shlig‘iga chiqadi. Odamning so`lak bezlari doim so`lak ajratib turadi. Ovqat yeyilmaganda ajraladigan so`lak miqdori 0,3-0,24 ml/min. Bu so`lak og‘iz bo‘shlig‘ini namlab turish uchun kerak. Vqat chaynnaganda so`lak ajralishi juda ko‘payib, bir daqiqada 3-3,5 ml ga yetadi. Bir kecha-kunduzda 0,5-2,0 litr so`lak ajraladi. So`lakning ovqatni namlab, ovqatni yumshatishini aytib o‘tgan edik. Bundan tashqari, so`lak tarkibidagi suv ovqatdagi ba‘zi moddalarni eritib, ovqatning ta‘mini sezish imkonini beradi. Moddalar erimasa, ta‘m sezuvchi retseptorlarni qo‘zg‘ata olmaydi. So`lakdagi shilimshiq ovqatdagi zarrachalarni bir-biriga yopishishini va tayyor luqmani qoplab, yutishni yengillashtiradi. So`lak bilan ajraladigan lizotsim fermenti va rodon tuzlari bakteritsid va bakteriostatik ta‘sirga ega. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling