Muqaddima


NAFASGA ISSIQ VA SOVUQ HARORATNING TA’SIRI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NAFASGA ISSIQ VA SOVUQ HARORATNING TA’SIRI 
Nafasning boshqarilishiga bevosita dahlsiz, lekin o‘pka ventilyatsiyasiga ta‘sir 
qiladigan bir qator omillar bor. Eng avvalo bu issiq va sovuq haroratdir. Teriga issiq va 
sovuq kuchli ta‘sir qilsa, nafas markazi qo‘zg‘alib, o‘pka ventilyatsiyasi ortadi. Markaziy 
Osiyo hududida yozda havoning juda isib ketishi giperventilyatsiya paydo qiladi. Bu 
giperventilyatsiya tana harorati barqarorligini saqlashga qaratilgan reaksiyaning bir 
qismidir. Issiq haroratda hansirash ter bezlari bo`lmagan hayvonlarda (masalan, itda) 
yaqqol namoyon bo`ladi. U tez-tez yuza nafas olib, tilidan va og‘iz bo‘shlig‘idan 
so`lakdagi suvni ko‘plab bug‘lanishiga va shu yoi bilan issiqlik yo‘qotilishiga erishadi. 
Sovqotish natijasida tana haroratining biroz pasayishi ham o‘pka ventilyatsiyasini 
ko‘paytiradi. Bu ko‘payish, bir tomondan, teri retseptorlaridan refleks yo`li bilan yuzaga 
chiqsa, ikkinchi tomondan, modda almashinuvining jadallashishiga bog‘liq. Ammo tana 
harorati sezilarli pasaysa va gipotermiya holati rivojlansa, nafas markazi tormozlanib, 
nafas sustlashib ketadi. 
PASAYGAN ATMOSFERA BOSIMIDA NAFAS OLISH 
 
Aholining ma‘lum qismi (baland tog‘larda yashaydiganlar, alpinistlar, parashyutchilar 
va h.k.) bosim past bo`lgan havoda nafas oladi. Sog‘ odamlarning ko‘pchiligi 2-2,5 km 
balandlikka bemalol ko‘tarila oladi va nafas olishga qiynalmaydi. 3-3,5 km balandlikda 
tashqi nafas kuchayadi va tog‘ kasalligi alomatlari namoyon bo`la boshlaydi. Balandlik 
4-5 km ga yetganda ko‘pchilik odamlarda tog‘ kasalligi rivojlanadi: odam bo‘shashadi, 
rangi oqarib, nafasi sustlashadi, arterial qon bosimi pasayib ketadi, boshi aylanib, ko‘ngli 
ayniydi, qusadi. 7 km balandlikda odam hushini yo‘qotadi, nafas va qon aylanishida 
hayot uchun havfli o‘zgarishlar sodir bo`ladi. 


176 
Bu o‘zgarishlarning barchasi balandlikka ko‘tarilish jarayonida nafasga olinadigan 
havoda va alveolyar havoda kislorodning parsial bosimi borgan sari pasayib ketishiga 
bog‘liq. Masalan, 4 km balandlikda kislorodning parsial bosimi atmosfera havosida 98 
mm.s.u. ni, alveolyar havoda 60 mm.s.u. ni tashkil qiladi. Dengiz sathida bu 
ko‘rsatkichlar 159 va 100 mm.s.u. ga teng. Alveolyar havoda kislorodning parsial 
bosimini pasayishi qonni kislorod bbilan to‘yinishini qiyinlashtiradi, qonda 
oksigemoglobin miqdori kamayib, to‘qimalar kislorod yetishmovchiligi – gipoksiyaga 
uchraydi. 
Uzoq vaqt baland tog‘ sharoitida bo`lish kislorod yetishmovchiligiga moslashish 
mexanizmlarini ishga soladi. Eritropoez tezlashib, qonda eritrotsitlar soni ko‘payadi va 
qonning kislorod sig‘imi ortadi, o‘pka ventilyatsiyasi oshadi, to‘qimalarda 
oksigemoglobinning parchalanishi teazlashadi, to‘qimalarning massa bbirligiga to‘g‘ri 
kelgan kapillyarlar soni ko‘payadi, to‘qimalarning ggipoksiyaga chidamliligi ortadi. 
Turg‘un akklimatizatsiyaning rivojlanishi atmosfera bosimi past bo`lgan sharoitda ham 
yashash va faol ish bajarish imkonini beradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling