Muqaddima


MARKAZIY NERV TIZIMINING NAFASNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MARKAZIY NERV TIZIMINING NAFASNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI 
Uzunchoq miyadagi nafas neyronlari nafas harakatlari yuzaga chqishi uchun 
nihoyatda zarur tuzilmalardir. Ularning yemirilishi nafasning to‘xtashiga olib keladi. 
Miyaning yuqori qismlaru shikastlansa, masalan. Miya Varoliy ko‘prigidan yuqoriroqdan 
kesilsa,nafas saqlanib qoladi. Ammo bunga asoslanib, yuqori tuzilmalar nafas jarayonini 
boshqarishda ishtirok etmaydi, deyish noto‘g‘ri bo`lar edi. 
Uzunchoq miyadagi markazlar o‘pka ventilyatsiyasini organizmni tinch holatdagi 
kislorodga bo`lgan ehtiyojini ta‘minlaydigan darajada saqlab turadi. Ammo nafas 
muskullari boshqa harakatlarni (vaziyatni saqlash, so‘zlashishda) ham ishtirok etadi. 
Nafas harakatlarining shunday harakatlar bilan uyg‘unlashishida, nafasning sharoit 
sharoit o‘zgarishlariga moslashishida miyacha, o‘rta va oraliq miya markazlari va yarim 
sharlar po‘stlog‘ining ahamiyati katta. 
Masalan, miya po‘stlog‘i olib tashlangan itning nafas tizimi tinch holatda 
organizmning kislorodga ehtiyojini toia qondiradi, nafasda sezilarli o‘zgarish ro‘y 
bermaydi. It yura boshlashi bilan nafasi buziladi, nafas tizimi kislorodga bo`lgan 
ehtiyojning o‘zgarishiga moslasha olmaydi. 
Nafasning miya po‘stlog‘i tomonidan boshqarilishining odam uchun ahamiyati juda 
katta. Odam o‘z xohishi bilan nafasni o‘zgartirishi mumkin. Nafasni to‘xtata olish, uning 
chuqurligi va tezligini o‘zgartira olish tovush chiqarish, so‘zlash va kuylash imkonini 
beradi. 
Ammo odamni o‘z ixtiyori bilan nafasini to‘xtatib turish vaqti chegaralangan. Nafas 
to‘xtatilgandan keyin qonda karbonat angidridning parsial tarangligi ortib, ma‘mum 
darajaga yetgach, xemoretseptorlarning kuchli qo‘zg‘alishi natijasida nafas ixtiyoriy 
nazoratdan cchiqadi va nafas olish tiklanadi. 
Umuman markaziy nerv tizimining faolligi nafasga ta‘sir ko‘rsatadi. Uyquda o‘pka 
ventilyatsiyasi bir muncha kamayadi, odam hayajonlanganda, iztirob chekkanida tashqi 
nafas tezlashadi. 
Nafasni 
boshqaruvchi 
markaziy 
tizimlarning 
yaxshi 
rivojlanmaganligi 
(chaqaloqlarda) yoki faolligining susayib ketishi (keksa odamlarda) tufayli, uxlab 
yotganda nafas to‘xtab qolishi mumkin. 
Yosh ulg‘ayishi bilan nafas yo`llari muskullaro tonusi pasayadi, uyquda bu tonusning 
boshqarilishi buziladi, odam xurrak otadi. 


173 
Nafas jarayonini o‘zgartiruvchi shartli reflekslar ham hosil qilish mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling