Topshiriq : 2 Kelib chqishi bo’yicha xavflarning qanday turlarini bilasiz? Javob


Download 17.89 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi17.89 Kb.
#159400
Bog'liq
2-topshiriq javobi


Topshiriq : 2

1.Kelib chqishi bo’yicha xavflarning qanday turlarini bilasiz?



Javob: Tabiiy, texnogen,antropogenik va ekologik. Xavflarning kelib chiqishi tabiiy,texnikaviy (texnogen) va odamzodga oid (antropogen) bo’ladi. Tabiiy xavflarga tabiiy hodisalar, iqlim sharoitlari, joy relьefi va boshqalar kiradi. Bunday xavflar har yili 25 mln.dan ortiq odamning hayotiga xavf soladi. Masalan, 1990 yilda dunyo bo’ylab, zilzilalar natijasida 52 mingdan ortiq odam hayotdan ko’z yumdi. Odamning yashash muhitiga salbiy ta’siri, afsuski, tabiiy xavflar bilan cheklanmaydi. Odamzod o’zining moddiy ta’minlanganligi va qulayliklari sababli, o’zining yashash muhitiga o’z faoliyati va faoliyati maxsulotlari (texnika vositalari, turli chiqindilar va h.k.) bilan uzluksiz ta’sir etib turadi va muhitda texnikaviy va odamzodga oid xavflarni hosil qiladi. Texnikaviy xavflar-mashinalar, inshootlar, moddalar va boshqa narsalardan, odamzodga oidlari esa odam yoki odamlar guruhining xato yoki ruxsat etilmagan xatti-harakatlaridan odamning o’zgartiruvchilik faoliyati qancha yuqori bo’lsa, antropogen xavflarning darajasi va soni, odam va atrof muhitga salbiy ta’siri shuncha katta bo’ladi.
2.Xavflar keltiradigan zarari bo’yicha turlarini aytib bering.

Javob: Keltiruvchi zarariga ko’ra: ijtimoiy,iqtisodiy,texnik,siyosiy.
3.Xavfni namoyon bo’ladigan muhiti bo’yicha qanaqa turlari bor?

Javob: Inson hayoti jarayonida uni o’rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada bo’ladi va shu bilan birga har doim uni o’rab turgan muhitga bog’liq bo’lib kelgan va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o’zini o’rab turgan atrof-muhit hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va boshqalarga bo’lgan ehtiyojini qanoatlantiradi.

Xavfsizlik - ayrim ehtimollarga asoslanib, paydo bo’ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik - bu maqsad. HFX-shu maqsadga erishish uchun qo’llanadigan vosita, yo’l-yo’riq, qo’llanma va usullardir. Yuqorida ta’kidlanganidek, inson va yashash muhiti uzluksiz o’zaro ta’sirda bo’lib, doimiy harakatdagi «Inson–muhit» sistemasini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o’zgarib bordi. Xavfsizlik holatini amalga oshirish haqida gapirganda himoya ob’ektini va unga ta’sir etayotgan xavflar majmuasini yaxlit qarab chiqish kerak.
4.Xavfni tarkibi bo’yicha turlarini aytib bering.

Javob: Xavf-jonli va jonsiz materiyaning salbiy xususiyati bo’lib, materiyaning o’ziga, odamlarga, tabiiy muhitga, moddiy boyliklarga zarar yetkazish qobiliyatiga ega. Xavflar kimga va nimaga ta’sir etishni tanlab o’tirmaydi. Xavf (manbaasi) jarayonlar, hodisalar, texnogen muhit va odamlarning faoliyati bo’lishi mumkin.
5.”Ergonomika” terminining mazmunini tushintiring?

Javob: HFX fani ko’pgina fanlar bilan bog’langan. Shulardan biri ergonomika fanidir. ―Ergonomika‖ atamasi Polsha olimi Yastigenbovskiy tomonidan kiritilgan. 1875 yilda u ―Ergonomika belgilari yoki mehnat haqidagi fan‖ degan kitobida shu xaqda yozadi. Ergonomika kishining faoliyat jarayonidagi funktsional imkoniyatlarini o’rganadi. Bunda faoliyat samarali va kishiga eng qulay /komfort/ sharoit yaratib berishi hisobga olinadi. Boshqacha qilib aytganda gap odamning harakteristikasi ma’lum mikdorda muhit harakteristikasiga mos kelishligi ustida borayapti.
6. ―Inson-mashina‖ sistemasining samarali ishlashi uchun qanday moslashuvlar ta’minlanishi kerak ?

Javob: Ergonomikaning mutaxassislari “inson-mashina” sistemasining samarali ishlashini besh turli moslashuvini ta’kidlaydilar: axborot, biofizik, quvvat, fazoviy antropometrik va texnik-estetik.
7.Paroktsizmal holat deganda nimani tushunasiz ?

Javob: Paroksizmal holat - bu qisqa muddatli (sekunddan bir necha minutgacha) hushdan ketishdir. U kelib chiqishi turlicha bo’lgan (bosh miyaning kasallanishi, epilepsiya), miya faoliyatining buzilishidir. Ayrim hollarda insonning yerga kulashi, tananing qattiq qaltirashi, qo’l va oyoqlarning akashak bo’lib qolishi kuzatiladi.

Paroksizmal holati operator faoliyatida yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa avtotransport haydovchilari, montajchilar, yuqorida ishlovchi quruvchilar uchun juda xavfli holatdir. Bunday ishlarga paroksizmal holatga moyil kishilar qo’yilmaydi


8. Ishlab chiqarish korxoinalarida mo’tadil zo’riqish va ortiqcha zo’riqish holatlari haqida nimalarni bilasiz ?

Javob: Mo’tadil zo’riqish- mehnat faoliyatiga undovchi me’yoriy ish xolati. Bu holat eng makbul xolat bo’lib komfort ish sharoitida, uskunalarning me’yoriy ish rejimida ishlash paytidagi holatdir. Bunday holatda ishlash qobiliyati uzok vaqt saqlanib turadi, qo’pol xatolar, noto’g’ri harakatlar va boshqa nohushliklar kuzatilmaydi.

Ortiqcha zo’riqish- ekstremal sharoitlardagi faoliyat bilan bog’liq. Ekstremal sharoitlar kishining fiziologik imkoniyatlari chegarasidan chetga chiqqan fiziologik va ruhiy funktsiyalarning maksimal zo’riqishini talab qiladi. Zo’riqishni kuchaytiradigan nohush omillar quyidagilardir: 1) fiziologik diskomfort -mehnat sharoitlarini me’yoriy talablarga mos emasligi; 2) biologik qo’rquv; 3) boshqaruv uchun vaqt tangligi; 4) yechilishi kerak bo’lgan masalaning o’ta murakkabligi; 5) xato harakatlar ahamiyatining yuqoriligi; 6) masalani yechish uchun axborotlarning yetishmasligi; 7) axborotning ortiqchaligi; 8) ixtilofli sharoitlar
Download 17.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling