Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

HAVO YO`LLARI 
 
Burun bo‘shlig‘i, burun yo`llari, hiqildoq, kekirdak, bronxlar va bronxiolalar havo
yo`llarini tashkil qiladi. Bu tuzilmalarda gazlar almashinuvi sodir bo`lmasa ham (shu 
sababdan ularni zararli bo‘shliq deyishadi), ular nafasda muhim vazifani bajaradi. 
Avvalo atmosfera havosi nafas yo`llari orqali alveolalarga yetib boradi va shu yoidan 
chiqib ketadi. Bundan tashqari, havo u yerdan o‘tayotganda changdan tozalanadi, iliydi 
va namlanadi. 
Nafasga olingan havoning tozalanishi burun bo‘shlig‘idan boshlanadi. Shilliq pardani 
qoplagan shilimshiq kichik zarrachalarni, bakteriyalarni o‘ziga yopishtirib, tutib qoladi. 
Nafas yo`llarin qoplagan epitelial hujayralarning apikal yuzasida ritmik harakat qiluvchi 
kiprikchalar bor. Shularning harakati tufayli shilimshiq chang zarrachalari bilan halqum 
tomonga suriladi va tashqariga chiqarib tashlanadi. 
Nafas yo`llariga havo bilan kirgan kattaroq zarrachalar ularni ta‘sirlab, yo‘tal yoki 
aksirish paydo qiladi. Odam aksirganda yoki yo‘talganda o‘pkadan katta bosimda 
chiqayotgan havo ularni tashqariga olib chiqadi. 
Markaziy Osiyo shroitida, ayniqsa yoz oylarida atmosfera havosida suv miqdori juda 
oz, havo juda quruq bo`ladi. Bu sharoitda nafasga olingan havoning nafas yo`llaridan 
o‘tayotganda namlanishi muhim ahamiyatga ega. Havo nafas yollarining oxiriga 
(bronxiolalarga) yetguncha bug‘ga 100% to‘yinadi. Bu esa alveolalarning devorini qurib 
ketishdan saqlaydi. 
Tashqi muhit harorati sovuq bo`lganda havo nafas yo`llaridan o‘tar ekan, ilishi 
mumkin. Nafas olish davomiyligi havoni alveolalargacha yetib borguncha tana 
haroratigacha ilitish uchun kifoya qiladi. Nafasdan chiqqan havoning harorati 37
0

bo`ladi. 
Hiqildoqda joylashgan tovush boylamlari nafas yo`llarini ikki qismga – yuqori va 
pastki nafas yo`llariga bo`ladi. Boylamlardan tepadagi yuqori nafas yo`llari (halqum, 
og‘iz va burun bo‘shliqlari) rezonator sifatida tovush chiqarishda muhim rol o‘ynaydi. 
Hiqildoq va o‘pkadan chiqayotgan havo ta‘sirida tebranayotgan tovush boylamlari 
odamning nutq apparatini tashkil qiladi. 
Kichik bronxlar va bronxiolalar devorida halqasimon silliq muskul qavati yaxshi 
rivojlangan. Bu muskul tolalar faoliyatini simpatik va parasimpatik nervlar boshqaradi. 


165 
Parasimpatik nervlar qo‘zg‘alganda bronxlarning muskullari qisqarib, teshigi 
torayadi. Simpatik nervlar ta‘sirlanganda, bu muskullar bo‘shashadi va bronnxlar 
kengayadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling