Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori haroratning qon aylanishiga ta’siri.
Jigarda qon aylanishi. Jigar ayni bir vaqtda arterial va venoz qon oladi. Arterial
qonni jigarga jigar arteriyasi olib keladi. Venoz qon esa qopqa vena orqali jigarga yetib keladi. Qopqa venaga hazm tizimi a‘zolari va talogdan o‘tgan qon yig‘iladi. Demak, qopqa venadagi qon kapillyarlardan ikki marta o‘tadi: birinchi - gal ichak, me‘da va boshqa a‘zolardagi kapillyarlardan, ikkinnchi marta – jigar parenximasidagi kapillyarlardan. Qonning jigar kapillyarlaridan o‘tishi gepatotsitlarni ichakda so‘rilgan moddalar bilan ta‘minlaydi, zaharli moddalarni zaharsizlantirish va organizmdan chiqarib tashlash uchun muhim. Agar qopqa venadagi qonni jigardan o‘tqazmasdan, bevosita pastki kavak venaga oqizib yuborilsa (Ekk-Pavlov anastomozi yordamida), hayvon tez kunda zaharlanib oiadi. 161 Qopqa vena va jigar arteriyasi jigar to‘qimalarida yoyilib,jigar bo`lakchalarida sinusoid kapillyarlar hosil qiladi. Sinusoid kapillyarlarda qon juda sekin oqadi. Bu moddalar almashinuvi uchun qulay sharoit tug‘diradi. Qopqa qon aylanishi sinusoid kapillyarlarning kirish va chiqish sfinkterlari ochilishi yoki yopilishi yo`li bilan boshqariladi. Yuqori haroratning qon aylanishiga ta’siri. Havo haroratining yuqori bo`lishi yurak faoliyatini kuchaytiradi. Bu sharoitda tana harorati 37,3-37,6 0 C ko‘tarilsa, yurakning 1 daqiqada urishi 20 martaga ortadi (isib ketishning birinchi darajasi). Tananing isishi davom etib, harorat 37,7-38,4 0 C ga yetsa, yurak urishi 1 daqiqada 120 tani tashkil qiladi (Isib ketishning ikkinchi darajasi). Teri harorati 38,6-40,6 0 C ko‘tarilsa, yurak urishi 1 daqiqada 160 chamasi bo`ladi (isib ketishning uchinchi darajasi). Issiqlashning birinchi dajasi arterial qon bisimiga ta‘sir qilmaydi. Ikkinchi darajada sistolik bosim ko‘tarilishi mumkin, tana haroratining uchinchi darajagacha ko‘tarilishi arterial bosimni keskin pasaytirib yuboradi. Bu holat ―issiq urishi‖ning o‘ziga xos belgisidir. Arterial bosimning pasayishi qon tomirlarning, asosan teri tomirlarining kengayishiga bog‘liq. Bu sharoitda bosimni bir me‘yorda saqlash uchun yurakdan chiqadigan qonning miqdori ortishi kerak. Bunga organizm asosan yurak qisqarishlari sonini oshirish yo`li bilan erishadi. Sistolik hajm faqat jismonan chiniqqan shaxslarda ortishi mumkin. Issiq sharoitda tana haroratining doimiyligini saqlashda odamning terisi asosiy rol o‘ynaydi. Havo harorati 28 0 C ko‘tarilganda, teri qon tomirlari kengaya boshlaydi. Birinchi galda quloq suprasi, panjalar va kaft terisi arterial tomirlari kengayadi. Keyin bilak terisi tomirlari kengayib, ter ajrala boshlaydi. Arterial tomirlarning kangayishi venalarda qon bosimining ortishiga va ularning kengayishiga olib keladi. Oddiy haroratda teridan bir daqiqada oqib o‘tgan qonning umumiy hajmi 200-500 ml bo`lsa, issiqda – 2,5-3 l, juda yuqori haroratda 8 l ga yetadi va yurakdan chiqqan qonning 50-70% ini tashkil qiladi. Teri tomirlari kengaygan bir vaqtda ichki a‘zolar tomirlari torayadi. Bu o‘zgarishlarni reflektor, mahalliy va gumoral boshqarish mexanizmlari yuzaga chiqaradi. Teri tomirlarining kengayishi nerlanish, o‘tkazish, konveksiya va ter bug‘lanishi jarayonlari yordamida issiq sharoitda tana haroratining me‘yorida saqlanishiga ko‘maklashadi. Havo harorati teri haroratidan ortib ketganda ko‘rsatilgan jarayonlardan faqat bittasi – ter tarkibidagi suvni bug‘latib, issiqlik yo‘qotish jarayoni saqlanib qoladi. Bu vaziyatda teri ttomirlarining kengayishi va ter ajralishining kuchayishi muhim ahamiyatga ega. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling