Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
NAFAS
VAQTIDA O’PKA HAJMINING O’ZGARISHI, PLEVRA BO’SHLIG’IDAGI VA ALVEOLALARDAGI BOSIM O‘pkada muskullar bo`lmaganidan (faqat bronxlada bir oz silliq muskul tolalari bor), u mustaqil harakat qila olmaydi. Ammo nafas olib, nafas chiqarilganda o‘pka ko‘krak qafasi bilan bir vaqtda kengayib-taratib turadi. Atmosfera bosimi o‘pkaga faqat ichkaridan nafas yo`llari orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Uning kuchi o‘pkani kengaytirib, ko‘krak qafasining ichki yuzasiga yopishtiradi. Visseral va periyetal plevarlar oralig‘ida maxsus suyuqlik bo`lgani uchun, ular bir-birining yuzasida sirpanuib, erkin harakat qiladi. O‘pkaning ko‘krak qafasi ketidan passiv holda harakat qilishini Donders modeli yaqqol ko‘rsatadi. Bu model tubiga rezina qoplangan shihs idishdan iborat. Idishning og‘ziga tiqilgan po‘kak o‘rtasidan shisha naycha o‘tkazilgan. Bu naychaning shisha ichidagi uchiga kalamush yoki quyonning ajratilgan traxeya va o‘pkasi ulangan. Shisha bo‘shlig‘i bilan tutashgan manometr bosim o‘zgarishini ko‘rsatadi. Idishning rezina tubi pastga tortilsa, idish hajmi kattalashadi va uning ichidagi bosim atmosfera bosimidan pasayadi. Natijada o‘pka cho‘zilib, kengayadi, ichiga atmosfera havosi kiradi. Rezina qo‘yib yuborilsa, asli holiga keladi. Idishning hajmi kamayadi. O‘pka elastik kuchlar ta‘sirida torayadi va uning ichidagi havo tashqariga chiqadi. Tirik organizmda ham nafas olish plevra bo‘shlig‘ida manfiy bosim bo`lishiga bog‘liq. U elastik kuchlar ta‘sirida kelib chiqadi. O‘pkaning elastik tortish kuchi o‘pka to‘qimasi elastik tolalarining taranglashishi va alveolalarni ichidan qoplagan modda – surfaktantning yuza tarangligiga bog‘liq. O‘pkaning elastik tortish kuchi o‘pka hajmini kamaytirishga qaratilgan. Shuning uchun ko‘krak qafasi ochilishi bilan o‘pka bujmayib, bo‘shliqning faqat 1/3 hajmini egallaydi. 164 O‘pkaning elastik tortish kuchi hosil qiladigan manfiy bosimni bbevosita aniqlash mumkin. Buning uchun plevra bo‘shlig‘iga kiritilgan igna yoki naychani manometrga ulash kerak. Osoyishta nafas olganda plevra bo‘shlig‘idagi manfiy bosim 6 mm.s.u., nafas chiqarganda 3 mm.s.u. ga teng bo`ladi. Juda chuqur nafas olganda bu bosim 20 mm.s.u. ga yetishi mumkin. O‘pkaning elastik tortish kuchi asosan alveolalarning ichki yuzasini 20-100 nm qalinlikda qoplagan fosfolipid – surfaktantga bog‘liq. Bu moddani maxsus pnevmotsitlar ishlab chiqaradi. Surfaktant alveolalar devorini yopishib qolishdan saqlaydi. Alveolalardagi bosim nafas to‘xtaganda atmosfera bosimiga teng. Nafas olish muskullari qisqarib, ko‘krak qafasi va o‘pka kangayganda alveolalardagi bosim 2-3 mm.s.u. ga pasayadi. Havo nafas yo`llari orqali alveolalarga o‘tadi. Nafas chiqarilganda ko‘krak qafasi va o‘pkaning hajmi kichiklashadi, alveolalardagi bosim atmosfera bosimidan 3-4 mm.s.u. ga ortadi. Alveolalardagi havo tashqariga chiqadi (41-rasm). Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling