Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

NAFAS FIZIOLOGIYASI 
Organizm o‘z faoliyati davomida muttasil energiya sarflab turadi. Energiya 
energiyaga boy moddalar, birinchi navbatda ATF fermentlar yordamida parchalanganda 
ajraladi. Ammo sarflangan energiyaning o‘rnini toidirib turish zarur. Buning uchun 
organik moddalar oksidlanadi. Natijada ulardan, masalan, glyukozadan suv va karbonat 
angidrid hosil bo`ladi< hamda ma‘lum miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya 
makroergik moddalarning (ATF) qayta sintezlanishida ishlatiladi. 


162 
Demak, tirik organizm hujayralariga uzluksir ravishda kislorod yetkazib berish, ularda 
hosil bo`lgan karbonat angidridni esa chiqarib turish kerak. Organizmni kislorod bilan 
ta‘minlash va karbonat angidridni ajratib chiqarish nafasning mohiyati hisoblanadi. 
Yirik hayvonlar hujayralari atmosfera havosidan bevosita kislorod olib, karbonat 
angidrid ajrata olmaydi. Bu faoliyat nafas a‘zolari va qon faoliyati tufayli yuzaga 
chiqadi. 
Kislorodning to‘qimaga yetkazilishi jarayonini shartli ravishda bir necha bosqichga 
bo`lish mumkin:
1. Atmosfera havosining o‘pka alveolalariga nafas yo`llari orqali yetkazilishi. 
2. Kislorodning alveoladagi havodan o‘pka kapillyarlaridagi qonga diffuziyalanib 
o‘tishi. 
3. Kislorodning qon tarkibida to‘qima kapillyarlariga yetkazilishi. 
4. Kislorodning to‘qoma kapillyarlaridan to‘qimaga diffuziya yo`li bilan o‘tishi. 
Karbonat angidridni chiqarib tashlash ham shu to‘rtta bosqichda kechadi. Ammo bu 
bosqichlar tartibi teskari bo`ladi. Bu bosqichlar uzluksiz ravishda va ayni bir vaqtda sodir 
bo`ladi. Ularni bir biridan ajratish sun‘iy bo`lsada, rasm bo`lib qolgan. Ularni birma-bir 
ko‘rib chiqamiz. 
TASHQI NAFAS 
O‘pka alveolalari bilan tashqi muhit o‘rtasida havo almashinishi tashqi nafas deyiladi. 
Uni ko‘krak qafasining bir me‘yordagi harakatlari yuzaga chiqaradi. Nafas harakatlari 
ikki bosqichdan iborat: nafas olish – inspiratsiya va nafas chiqarish – ekspiratsiya. Nafas 
olinganda kislorodga boy atmosfera havosi alveolalarga kiradi, nafas chiqarilganda esa 
karbonat angidridga boyigan havo tashqariga chiqadi. 
Nafas olib, nafas chiqarishdagi havo harakatlari ko‘krak qafasi hajmining oldin 
kattalashib, keyin kichiklashishiga bog‘liq. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling