Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- MARKAZIY NERV TIZIMINING QON AYLANISHINI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Aldosteron. Buyrak usti bezlarining bu gormoni buyraklarda Na
+ qayta so‘rilishini tezlashtiradi, suv yo‘qotish kamayadi, qon hajmi ko‘payib, bosim ko‘tariladi. Aldosteron tomirlarning silliq muskullarini angiotenzin II ga sezgirligini oshiradi. Angiotenzinning ta‘siri bir necha soatdan keyin boshlanib, bir necha kun davom etadi. Aldosteronning qondagi miqdori haddan tashqari ko‘payib ketsa, organizmda suv va tuzlar yig‘ilib qoladi, gipertenziya holati rivojlanadi. Gormon yetishmovchiligi esa gipotoniyaga olib keladi. Yuqorida aytilganlardan shu narsa ayon bo`ladiki, gemodinamikani boshqarishda ishtirok etadigan mexanizmlardan hech qaysisi faqat bir ko‘rsatkichga ta‘sir qilmaydi. Ularning deyarli hammasi qay darajada bo`lmasin yurakdan haydalayotgan qon miqdoriga, qon oqimiga bo`lgan umumiy qarshilikka, tomirlar sig‘imiga va ulardagi qonning hajmiga ta‘sir qiladi. Qon bosimi va hajmi doimiyligini uch pog‘onadagi boshqaruv mexanizmlari ta‘minlaydi. Qon bosimining qisqa muddatli o‘zgarishlarini tomirlar tizimining hajmini o‘zgartiruvchi mexanizmlar me‘yoriga keltiradi. Bosimning o‘zgarishi davomli bbo`lsa, qon hajmiga ta‘sir qiluvchi mexanizmlar ishga tushadi. Dastlab, qonda suv va elektrolitlar miqdori o‘zgaradi. Keyin esa plazmadagi oqsillar miqdori va shaklli elementlar miqdori ham o‘zgarishi mumkin. MARKAZIY NERV TIZIMINING QON AYLANISHINI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI Yurak-qon tomir tizimi faoliyatini boshqarishda markaziy nerv tizimining deyarli hamma qismi ishtirok etadi. Bu qismlarning qon aylanishini boshqarishdagi o‘zaro munosabatlari juda murakkab. Ular tomirlar holatiga bevosita, refleks yo`li bilan yoki ichki sekretsiya bezlari orqali, ularning faoliyatini o‘zgartirib, ta‘sir o‘tkazadi. Tabiiy sharoitda bu ta‘zirlarni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. Agar bu jarayonlarni juda 158 soddalashtirsak, qon aylanishini boshqarishda markaziy nerv tizimining ishtirokini to‘rt bosqichga bo`lish mumkin. Orqa miya markazlari eng pastki bosqichda turadi. Bu markazlarning qon aylanishiga ta‘siri orqa miya ko‘ndalang kesilganda yaqqol namoyon bo`ladi. Agar kesim oxirgi bo‘yin segmenti va birinchi ko‘krak segmenti o‘rtasiga tushsa, hayvon mustaqil nafas olish imkoniyatini saqlab qoladi. Bunday hayvonning qon bosimi avvaliga keskin pasayib ketadi, hayvon spinal karaxtlik holatiga tushadi. Keyin bosim asli holiga keladi. Endi hayvonlarda qon aylanishni o‘zgargan sharoitga bemalol moslashishini kuzatish mumkin. Masalan, tomirlardagi qonning 25% tashqariga chiqarilsa, bosim sog hayvonlarda kuzatiladigan tezlikda asli holiga keladi. Bu moslashish reaksiyasini orqa miyadagi simpatik markazlar ta‘minlaydi. Tabbiiy sharoitda orqa miya markazlarining gemodinamikaga ta‘siri uncha sezilarli emas. Ayni vaqtda miya stvolidagi markazlar qon oqishini boshqarishda yetakchi rol o‘ynaydi. Bu iikinchi bosqichdagi markazlarni uzunchoq miya va Varoliy ko‘prigida joylashgan tuzilmalar tashkil qiladi. Ulardan biri V.F.Ovsyannikov kashf etgan tomirlarni harakatlantiruvchi markazdir. Markaz shikastlanganida qon bosimi 60-70 mm.s.u. gacha pasayib ketadi. Demak, tabiiy sharoitda tomirlarni harakatlantiruvchi markaz doimiy tonusga ega bo`lib, tomirlarni toraytirib turadi. Markaz faoliyatini batafsil o‘rganish uning ikki qismdan – pressor va depressor qismlardan tuzilganligini ko‘rsatdi. Pressor qismining qo‘zg‘alishi arteriyalarni toraytirib, qon bosimini oshiradi. Depressor markaz qo‘zg‘alganda, arteriyalarni kengaytiradi va qon bosimini pasaytiradi. Miyaning stvol qismidagi markazlar organizm tinch holatda bo`lganda gemodinamikaning asosiy ko‘rsatkichlarini bir me‘yorda saqlab turish qobiliyatiga ega. Asosan tomirlarni toraytiruvchi simpatik nervlarni tonusini o‘zgartirish yo`li bilan ta‘sir qiladi. O‘z navbatida bu nervlar to‘nusi tomir refleksogen sohalaridan keladigan afferent impulslar ta‘sirida o‘zgarib turadi. Afferent impulslarning kuchayishi vazokonstriktorlarning tonusini pasaytirib, tomirlarni kengaytiradi. Bu impulsatsiyaning kamayishi vazokonstriktorlar tonusini oshirib, tomirlarni toraytiradi. Tomirlarni harakatlantiruvchi markazga qo‘shni nafas markazidan va markaziy nerv tizimining yuqori qismlaridan keladigan impulslar ham ta‘sir qiladi. Yuqori markazlardan birinchi galda gipotalamusning gemodinamikaga ta‘siri kuchli. Miyaning bu qismi stvol qismidagi markazlarni uzluksiz nazoratda tutadi. Ularning tonusi va reflektor faoliyatini o‘zgartirib, tana qismlari o‘rtasida qonni qayta taqsimlaydi. Bundan tashqari, gipotalamus turli hissiyotlar(qo‘rqish, g‘azablanish, quvonch) bilan bog‘liq gemodinamika o‘zgarishlarini shakllaydi. Gipotalamus qon aylanishini boshqaruvchi mexanizmlarning uchinchi bosqichi bo`lsa, to‘rtinchi eng yuqori bosqichi miya yarim sharlari po‘stlog‘idir. Qon aylanishiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatuvchi sohalar bir nechta. Birinchidan, bu premotor va motor sohalar. Ularning qo‘zg‘alishi pressor reaksiyalarni yuzaga chiqaradi. Yarim sharlarning medial yuzasidagi sohalar, peshona va tepa sohalarining bazal yuzasi ham qo‘zg‘alganda qon aylanishiga ta‘sir qilib, bosimni pasaytiradi. Miya po‘stlog‘i rejalashtirilgan xatti-harakatlardan oldin maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan gemodinamika o‘zgarishlarini shakllaydi. Bu muhim reaksiyalar vegetativ nerv tizimi tomonidan boshqariladigan qon aylanishini somatik nervlar yordamida idora etiladigan skelet muskullarining faollik darajasiga moslashishini ta‘minlaydi. Faoliyat boshlanishidan oldin rivojlanadigan gemodinamika o‘zgarishlari shartli refleks yo`li bilan yuzaga chiqishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling