Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
 
 
TIZIM QON AYLANISHINING BOSHQARILISHI 
 
Yurak va qon tomirlarning asosiy vazifasi qon aylanishini ta‘minlab turishga zarur 
bo`lgan bosim farqini ta‘minlashdan iborat. Bunga organizm bir-biriga bog‘liq bo`lgan 
periferik qarshilikni va yurakdan otilib chiqadigan qon miqdorini o‘zgartirish yo`li bilan 
erishadi. 
Qon aylanishining sharoit o‘zgarishlariga moslashishini vujudga kelishi tezligiga 
qarab, uch guruhga bo`lish mumkin: 1) qisqa muddatli mexanizmlar; 2) davomiyligi 
o‘rtacha mexanizmlar; 3) uzoq davom etuvchi mexanizmlar. 
QISQA MUDDATLI BOSHQARUV MEXANIZMLARI 
Bu mexanizmlarga asosan reflektor yoi bilan vujudga keladigan quyidagi reaksiyalar 
kiradi: 1) baroretseptor reflekslar (bosim retseptorlaridan yuzaga keladigan reflekslar); 2) 
xemoretseptor reflekslar; 3) MNT ishemiyaga uchraganda yuzaga chiqadigan reflekslar. 
Bu reflekslarning barchasi uchun xos narsa ularning tez (bir necha lahzada) vujudga 
kelishidir. 
Baroretseptor reflekslar. Ko‘krak qafasidagi tomirlar va bo‘yin arteriyalari 
devorada juda ko‘p baro- yoki pressoretseptorlar joylashgan. Ular qon bosimi oshib, 
tomirlar devorini cho;zganda qo‘zg‘aladi. Eng muhim baroretseptor sohalarga aorta 
ravog‘i, karotid sinus va o‘pka arteriyasi kiradi. Aorta ravog‘ida joylashgan 
retseptorlardan markazga intiluvchi chin depressor nerv boshlanadi. Karotid sinus 
retseptorlarini til-halqum nervining tarkibidagi sinokarotid nerv MNT bilan bog‘laydi. 
Baroretseptorlarda 
hosil 
bo`lgan 
afferent 
impulslar 
uzunchoq 
miyaning 
kardioingibitor va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlariga yetib boradi. Bu impulslar 
simpatik markazlarni tormozlab, parasimpatiki markazlarni qo‘zg‘atadi. Natajada 
tomirlarni toraytiruvchi simpatik tolalar tonusi pasayib, yurak urishi sonlari va kuchi 
kamayadi. 
Baroretseptorlarni normal arterial bosim ham ta‘sirlab turadi. Ulardan MNTga 
boradigan impulslar uzluksiz ravishda depressor ta‘sir ko‘rsatadi. Qon bosimi 
ko‘tarilganda baroretseptorlardan MNTga intiluvchi impulslar soni oshadi, tomirlarni 
harakatlantiruvchi markazning tormozlanishi kuchayadi. Natijada tomirlar yana ham 
kengayadi. Rezistiv tomirlarning kengayishi umumiy periferik qarshilikni kamaytiradi. 
Sigimli tomirlarning kengayishi tomirlarning sig‘imini oshiradi. Bularning har ikkisi ham 
qon bosimining pasayishigaolib keladi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling