Muqaddima
TOMIRLARDA QON HARAKATINING BOSHQARILISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kislorod yetishmovchiligi.
- Metabolizm moddalari.
- Biologik faol moddalar.
TOMIRLARDA QON HARAKATINING BOSHQARILISHI Regional (mahalliy) qon aylanishining boshqarilishi. Organizmning muayyan qismlarida qon oqimining miqdori, bu miqdorni a‘zolarning qonga bo`lgan talabiga moslashishi asosan tomirlar diamtrining o‘zgarishi va qon oqimiga qarshilikni boshqarish yo`li bilan ta‘minlanadi. Periferik qon tomirlarda qon oqimining o‘zgarishi mahalliy (o‘sha joyning o‘zida vujudga keladigan) mexanizmlar yordamida, nerv va gumoral yoi bilan ro‘yobga chiqadi. Nerv va gumoral omillardan tashqari, periferik qon aylanishining metabolik yoi bilan o‘z-o‘zidan boshqarilishi katta ahamiyatga ega. Kislorod yetishmovchiligi. Qonda O 2 ning kamayishi periferik tomirlarni (arteriolalarni) kengaytiradi. Tabiiy sharoitda modda almashinuvining va O 2 sarfining 154 jadallashuvi a‘zolarning faolligi kuchayganda kuzatiladi. O 2 ning qondagi tarangligi pasayadi, tomirlar kengayib, qon oqish hajmi ortadi. Metabolizm moddalari. Faolligi oshgan to‘qimalarda miqdori ko‘payadigan qator moddalarning aksariyati (CO 2 , H + , piruat, ADF, AMF, adenozin) tomirlarni sezilarli darajada kengaytirish qobiliyatiga ega. Ularning ta‘siri mikrotsirkulyator tomirlarda yaqqol ko‘rinadi. Biologik faol moddalar. Mahalliy qon oqishini boshqarishda ba‘zi biologik faol moddalarning ahamiyati katta. Bulardan kininlar, gistamin, adrenalin va noradrennalinni ko‘rsatish mumkin. Hazm tizimi bezlari qo‘zg‘alib, shira ishlab chiqara boshlaganda qon tomirlar kengayadi. Bu asosan bez hujayralari ishlab chiqaradigan kininlar samarasi hisoblanadi. Masalan, bez hujayralar kallikrein degan ferment ishlab chiqaradi. Bu ferment plazmaning α-globulinini parchalab, polipeptid kallidin paydo bo`lishiga olib keladi. Kallidin bradikininga aylanadi. Kallidin va bradikinin tomirlarni sezilarli darajada kkengaytirish qobiliyatiga ega. Gistamin asosan teri, shilliq pardalar jarohatlanganda ajraladi. U bazofillar va boshqa hujayralardan to‘qimalar jarohatlanganda erkin holatga o‘tadi. Gistamin arteriola va venulalarni kengaytiradi, kapillyarlar devori o‘tkazuvchanligini oshiradi. Adrenalin va noradrenalin buyrak usti bezlarining mag‘iz qismida oz miqdorda uzluksiz ishlab chiqariladi. Bu gormonlar hamma tomirlarning silliq muskullariga ta‘sir ko‘rsatadi. Noradrenalin asosan tomirlarni toraytiradigan nervlarning mdiatori sifatida xizmat qilsa, adrenalin gormon rolini bajaradi. Buyrak usti bezidan ajraladigan katexolarninlarning 80% adrenalinga, faqat 20% noradrenalinga to‘g‘ri keladi. Vaziyatning turli o‘zgarishlari (qo‘rqish, g‘azablanish va hokazo) katexolarninlarni qonga o‘tishini tezlashtiradi. Adrenalin ba‘zi tomirlarni toraytiradi, ba‘zilarini esa kengaytiradi. Katexolarninlarning qon tomirlar silliq muskullariga ta‘siridagi farqni qon tomirlarda adrenoretseptorlarning ikki turi (α- va β- adrenoretseptorlar) borligi bilan izohlash mumkin. α- adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi tomir muskullarining qisqarishiga, tomirning torayishiga olib keladi. β- adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alishi tomirlarni kengaytiradi. Noradrenalin ko‘proq α- adrenoretseptorlarga, adrenalin esa α- va β- adrenoretseptorlarga ta‘sir etadi. Ko‘pchilik qon tomirlarda retseptorlarning ikkala turi ham bor. Ammo ularning nisbati bir xil emas. Agar qon tomirda α- adrenoretseptorlar ko‘proq bo`lsa, adrenalin uni toraytiradi, β- adrenoretseptorlar ko‘p bo`lsa – kengaytiradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, β- adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alish bo‘sag‘asi α- adrenoretseptorlarnikiga qaraganda past. Demak, qonda adrenalin miqdori kam (fiziologik) bo`lsa, u faqat β- adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atib, tomirlarni kengaytiradi. Qonda adrenalin ko‘payib ketsa, α- adrenoretseptorlar ham qo‘zg‘aladi, tomirlar torayadi. α- va β- adrenoretseptorlar birdan qo‘zg‘alsa, α- adrenoretseptorlarning qo‘zg‘alish samarasi ustun chiqadi – tomir torayadi. Qon aylanishini boshqarishda mahalliy mexanizmlarning roli katta. Ammo bu mexanizmlarning o‘zi qon aylanishini muhitning tez o‘zgarishlariga toia moslashtira olmaydi. Bunga mahalliy mexanizmlar bilan bir qatorda markaziy boshqaruv mexanizmlari faolligi tufayligina erishish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling