Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonning aylanib chiqish vaqti.
- MAYDA TOMIRLARDA QONNING OQISHI (MIKROTSIRKULYATSIYA)
VENA PULSI
Vena pulsi deb yurakka yaqin joylashgan venalarda bosim va hajm o‘zgarishlariga aytiladi. Vena pulsining kelib chiqishiga asosan o‘ng bo`lmachada bosimning o‘zgarishi sabab bo`ladi. Vena pulsining egri chizig‘i – flebogrammada uchta tish ajratiladi: a, c, v (39-rasm). a-tish o‘ng bo`lmachaninig sistolasiga to‘g‘ri keladi. Hademay vena pulsi egri chizig‘ida 151 c-tish paydo bo`ladi. Bu bo‘yinturuq venanin yonida va undan pastroq joylashgan uyqu arteriyasining turtkisidir. v-tishning paydo bo`lishi qorinchalar sistolasi oxirida bo`lmachalar qonga toiib, ularga qon tushishi biroz to‘xtab qolishiga bog‘liq. Shu vaqtda venalarda bosim oshib, v tishni paydo qiladi. Qonning aylanib chiqish vaqti. Qon aylanish doiralarining hamma qismidan qonning o‘tishi uchun zarur vaqt qonning aylanib chiqish vaqti, deb ataladi. Odamda qonning aylanib chiqish vaqti o‘rta hisobda 27 sistolaga teng. Tinch holatda, yurak bir daqiqada 70-80 marta qisqarganda, 20-23 sekundni tashkil qiladi. Qon aylanib chiqadigan vaqtning 1/5 qismi kichik qon aylanish doirasiga, 4/5 qismi esa katta qon aylanish doirasiga to‘g‘ri keladi. MAYDA TOMIRLARDA QONNING OQISHI (MIKROTSIRKULYATSIYA) Yurak va tomirlar tizimining asosiy vazifasi qonni kapillyarlardan oqib o‘tishi uchun me‘yoriy bosimni ta‘minlashdan iborat. Kapillyarlar – qon tomir tizimining faoliy ahamiyati bo‘yicha eng muhim qismi. Ularda qon va to‘qimalararo suyuqlik o‘rtasida modda almashinuvi sodir bo`ladi. Bunday almashinuv venulalarda ham kuzatiladi. Venulalar, arteriolalar, metarteriolalar (met – o‘rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda ishtirok etadi. Shuning uchun bu tomirlar umumiy faoliy birlik hisoblanadi. Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar mikrotsirkulyatsiya tomirlar havzasini tashkil qiladi (40-rasm). Kapillyarlar radiusi 4,5-3,0 mkm atrofida, uzunligi o‘rtacha 750 mkm. Odam organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo`lib, ular orqali modda almashadigan samarali yuza 1000 m 2 . 1mm 3 to‘qimada 600 ga yaqin kapillyar bor. 100 g to‘qimaga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar yuzasi 1,5 m 2 ga yaqin. Massa birligiga to‘g‘ri keladigan kapillyarlar soni to‘qimalarning faolligiga bog‘liq. Yurak muskulida kapillyarlarning soni skelet muskulidagidan 2 baravar ko‘p. Miyaning kulrang moddasi oq moddasiga nisbatan kapillyarlarga boyroq. Ko‘pincha ―chin‖ kapillyarlar arteriolalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri venulalar bilan bog‘larnaydi. Ular metarteiolalardan, asosiy kanaldan to‘g‘ri burchak hosil qilib boshlanadi. Metarteriola va asosiy kanalni tashkil qiluvchi tomirlar devoridagi silliq muskul tolalari ularning proksimal qismidan distal qismiga qarab kamaya boradi. Metarteriolalardan kapillyarlarning boshlanadigan qismida bu silliq muskul tolalari prekapillyar sfinkterlarni hosil qiladi Kapillyarlarning boshqa qismlarida qisqaruvchi unsurlar yo‘q. ―Chin‖ kapillyarlar orqali oqib o‘tadigan qon miqdori prekapillyar sfinkterlarning qisqarib, bo‘shashiga bog‘liq. Mikrotsirkulyator tomirlar havzasida arteriovenoz anastomozlar ko‘p uchraydi. Bu anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita bog‘laydi. Anastomozlarning devori silliq muskul tolalarga boy. Ularning soni qoi, oyoq, quloq terisida ko‘p. Tananing bu sohalaridagi anastomozlarning termoregulaytsiyada ahamiyati katta. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling