Muqaddima


MIKROTSIRKULYATOR HAVZADA FILTRLANISH YO`LI BILAN


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

 
MIKROTSIRKULYATOR HAVZADA FILTRLANISH YO`LI BILAN 
MODDA ALMASHINUVI 
 
Tomirlardagi va to‘qimalararo fazolar o‘rtasida modda almashinuvini ta‘minlovchi 
ikkinchi mexanizm filtrlanish va reabsorbsiyadir. Ye.Starling nazariyasiga ko‘ra, 
kapillyarlarning arterial uchidan filtrlanib o‘tadigan suyuqlik hajmi va venoz tarafda 
qayta so‘riladigan suyuqlik hajmi o‘rtasida dinamik muvozanat saqlanishi kerak. 
Kapillyarlarda filtrlanish va qayta so‘rilishning tezligi quyidagi kuchlarga bog‘liq: 
kapillyardagi qonning gidrostatik bosimiga (P
gq
), to‘qimalararo suyuqlikning gidrostatik 
bosimiga (P
gt
), kapillyardagi qonning onkotik bosimiga (P
oq
), to‘qimalararo suyuqlikning 
onkotik bosimiga (P
ot
), hamda filtrlanish koeffitsiyentiga – K. 


153 
Kapillyardagi gidrostatik bosim (P
gq
) va to‘qimalardagi onkotik bosim (P
ot

suyuqlikning kapillyardan chqishini ta‘minlaydi. To‘qimalararo suyuqlikning gidrostatik 
bosimi (P
gt
) va qonning onkotik bosimi (P
oq
) – suyuqlikni to‘qimadan qonga o‘tkazadi. 
1 minutlik filtrlanishni quyidagi tenglarna yordamida hisoblash mumkin:
V= (P
gq
+P
ot
- P
gt
+P
oq
) x K. Agar V musbat chiqsa – filtrlanish, manfiy bo`lsa – qayta 
so‘rilish ro‘y beradi. 
Bevosita oichashlar kapillyarning boshida gidrostatik bosim 30-35 mm.s.u., oxirida 
esa 15-20 mm.s.u. bo`lishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, kapillyardagi o‘rtacha bosim 25 
mm.s.u. bo`ladi. 
To‘qima suyuqligining bosimini bevosita oichash mumkin emas. Bu suyuqlikning 
bosimi odatda 0-3 mm.s.u. ga teng deb hisoblanadi. 
Plazmaning onkotik bosimi 25 mm.s.u. ga teng, to‘qima suyuqligining onkotik bosimi 
4,5 mm.s.u. chamasida. 
Shunga asoslanib, suyuqlikning kapillyarlar va to‘qimalararo fazo o‘rtasidagi 
harakatining soddalashtirilgan chizmasini tuzish mumkin. 
Kapillyarlarning arterial uchida tashqariga qaratilgan 37 mm.s.u. ga teng bosim hosil 
bo`ladi (P
gq
+P
ot
=32,5+4,5=37 mm.s.u.). Unga 28 mm.s.u. ga teng va kapillyar ichiga 
qaratilgan bosim qarshilik qiladi (P
oq
+P
gt
=25+3=28 mm.s.u.). Shu tarzda samarali 
filtrlovchi bosim 9 mm.s.u. bo`ladi (37 mm.s.u. - 28 mm.s.u.). Kapillyarning venoz 
uchida tashqariga qaratilgan bosim 22 mm.s.u. (P
gq
+P
ot
=17,5+4,5=22 mm.s.u.), samarali 
reabsorbsiyani ta‘minlovchi bosim esa 6 mm.s.u. ni tashkil qiladi. 
Demak, filtrlovchi bosim reabsorbsiyani ta‘minlovchi bosimdan yuqori (9 mm.s.u.>6 
mm.s.u.). Shuning uchun kapillyarning arterial qismida filtrlangan suyuqlikning faqat 
90% venoz qismida qayta so‘riladi. Suyuqlikning 10% esa to‘qimalararo fazodan limfa 
bilan chiqib ketadi. 
Organizmning hamma kapillyarlari orqali filtrlanadigan suyuqlik miqdori 1 daqiqada 
14 ml ni, bir kecha-kunduzda esa 20 litrni tashkil qiladi. Reabsorbsiyaning tezligi 12,5 
ml/daqiqa, bir kecha-kunduzda 18 litrga yaqin. Qolgan 2 litr suyuqlik limfa tomirlariga 
so‘riladi. 
Filtrlanish jadalligi qon bosimi ko‘tarilganda, plazmaning onkotik bosimi 
kamayganda (gipoproteinemiyada), kapillyarlarning o‘tkazuvchanligi oshganda, to‘qima 
suyuqligining osmotik bosimi ko‘tarilganda oshib, shish paydo bo`lishiga olib kelishi 
mumkin. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling