Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- VENALARDA QONNING HARAKATI
- Venoz bosim va venalarda qonning oqish tezligi.
ARTERIAL PULS
Arteriyalardagi bosimning sistolada ko'tarilishiga bog'liq bo'lgan arteriya devorlarining ritmik tebranishi arterial puls, deb ataladi. Puls to'lqini (boshqacha aytganda, bosimning ko'tarilish to'lqini) aortadan arteriolalarga va kapillyarlarga muayyan tezlik bilan tarqaladi va kapillyarlarda so'nadi. Puls to'lqinining tarqalish tezligi qon oqish tezligiga bog'liq emas. Arteriaylarda qon oqishining chiziqli tezligi 0,2-0,3 m/s dan oshmaydi, yosh va o'rta yashar odamlarda puls to'lqinining tarqalish tezligi aortada 5,5-8 m/s, periferik arteriyalarda esa 6-9,5 m/s ga yetadi. 150 Aorta va yirik arteriyalarning puls egri chizig'ida (sfigmogrammada) ikkita asosiy qism: ko'tarilish – anakrota va tushish – katakrota tafovut qilinadi (39-rasm). Katakrota qismida chuqurcha (insizura) va dikrotik ko'tarilishni ko'riish mumkin. Insizura va dikrotik ko'tarilishning kelib chiqishi qorinchalar diastolasining boshida qonning teskari oqishi, yarim oysimon qopqoqlarni yopib, orqaga qaytishiga bog'liq. Pulsni paypaslab tekshirish juda keng qo'llaniladi. Bunda uning bir qancha xususiyatlariga, jumladan chastotasi, tezligi, amplitudasi, tarangligi va ritmiga ahamiyat berish kerak. VENALARDA QONNING HARAKATI Venalarda qon harakati umuman qon qylanishining muhim omili hisoblanadi, chunki diastola vaqtida yurakning qon bilan to'lishi shu omil bilan bbelgilanadi. Venalarning muskul qavati uncha qalin bo'lmaganidan, ularning devori arteriyalar devoriga qaraganda ko'proq cho'ziladi. Shuning uchun venalardagi bosim hatto oz bo'lganda ham, devori ancha cho'ziladi va ularda talaygina qon to'planib qolishi mumkin. Venoz bosim va venalarda qonning oqish tezligi. Venalarda bosim tez pasayadi. Postkapillyarlarda bosim 20 mm s.u. da bo'lsa, mayda venalarda 12-15 mm.s.u. da bo'ladi. Ko'krak qafasidan tashqaridagi yirik venalarda bosim 5-6 mm.s.u. ga teng, venalarning o'ng bo'lmachaga o'tadigan qismida bundan ham past, ya'ni 2-5 mm.s.u. ga teng. Nafas olganda 0 atrofida bo'ladi. Venoz tizimning boshlanishidagi bosim yurakning qonga baxsh etgan bosim qoldig'idir. Qorinchalarning qisqarishi qonga bergan kinetik energiya qon kapillyarlardan o'tganidan keyin ham qisman saqlanib qoladi. Bu qoldiq bosimdan tashqari, qonning venalar orqali yurakka qaytib kelishida ko'krak qafasining so'ruvchi kuchi katta ahamiyatga ega. Nafas olgan paytda ko'krak qafasi kengayadi, ko'krak bo'shlig'ida bosim manfiylashadi (ya'ni atmosfera bosimidan past bo'lib qoladi). Venalar devori yupqa bo'lgani uchun bu manfiy bosim ularga ham tarqaladi. Natijada qonning yurak tomon harakati tezlashadi. Demak, venalarning boshlanish qismida bosim 12-15 mm.s.u. ni tashkil qilsa, oxirida 2-5 mm.s.u ga teng, nafas olgan paytda hatto manfiy bo`ladi. Bosimdagi bu farq qonning yurak tomon harakatini ta‘minlovchi dastlabki kuchdir. Skelet muskullarining ritmik qisqarishlari ham (masalan, yurgandagi, o‘tin arralagandagi harakatlar) venalarda qonning oqishiga yordam beradi. Qisqargan muskul ichidagi va yonidagi venalarni qisib, ulardagi qonni siqib chiqaradi. Venalardagi qopqoqlar siqib chiqarilgan qonni faqat yurak tomon harakat qilishini ta‘minlaydi. Periferik venalarda qon oqishning tezligi 6-14 sm/s, kavak venalarda 20 sm/s atrofida. Venalarda qon oqishi arteriyalarga nisbatan sekinroq bo`lgani bo`lsi shundaki, ular arteriyalarga nisbatan 2-3 baravar keng. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling