Muqaddima
TURLI SHROITLARDA NAFASNING XUSUSIYATLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
TURLI SHROITLARDA NAFASNING XUSUSIYATLARI.
JISMONIY ISH PAYTIDAGI NAFAS Ish bajarayotganda muskullar sarflaydigan kislorod miqdori keskin oshadi. Ana shu ehtiyojni qondirish uchun tashqi nafas va kislorodning qon bilan tashilishi jadallashishi kerak. Katta yoshdagi odamning organizmi tinch holatda har daqiqada 300 ml kislorod o‘zlashtirsa, bir qadar og‘ir jismoniy ish bajarilganda bu miqdor 4-5 litrga yetadi. Ayni paytda CO 2 va kislotali tabiatga ega bo`lgan moddalarning hosil bo`lishi tezlashadi. Bularni organizmdan chiqarib tashlash va to‘qimalarni O 2 ga bo`lgan ehtiyojini toidirish uchun nafas va qon aylanish tizimlari o‘z faoliyatini oshirishi kerak. Jismoniy ish davomli bo`lsa, o‘pka ventilyatsiyasi o‘zlashtirilgan kislorod miqdoriga yarasha ortadi. Tashqi nafasning bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga moslashish mexanizmlari ancha murakkab. Ish boshlanishi bilan qonning gaz tarkibi o‘zgarib ulgurmasdanoq, o‘pka ventilyatsiyasi kuchayadi. Demak, nafas markaziga nerv tizimining ta‘siri o‘zgaradi. Miya postlog‘ining motor sohalaridan muskullar ishini boshqarishga qaratilgan efferent impulslar nafas markaziga ham ta‘sir qilib, nafasni kuchaytiradi. Po‘stloqning nafasga ta‘siri gipotalarnik markazlar faoliyatini o‘zgartirish yo`li bilan ham yuzaga chiqishi mumkin. Bundan tashqari, ish vaqtida o‘pka ventilyatsiyasining kuchayishiga sabab qisqarayotgan muskullar proprioretseptorlaridan kelib chiquvchi afferent impulsatsiyaga ham bog‘liq. Oyoq muskullari passiv harakatlanganda kuzatiladigan giperventilyatsiya buning isboti bo'‘ishi mumkin. Ish davom etaversa, o‘pka ventilyatsiyasini yuqori darajada saqlab turish mexanizmi o‘zgaradi. Endi chetdagi va markaziy xemoretseptorlarning qo‘zg‘alishi nafas markaziga sezilarli ta‘sir o‘tkaza boshlaydi. Agar bajarilayotgan ish uncha og‘ir bo`lmasa, o‘pka ventilyatsiyasining oshishi qonning gaz tarkibi deyarli bir me‘yorda bo`lishini va kislota- asos muvozanat saqlanishini ta‘minlaydi. Tabiiyki, bu sharoitda qon aylanishi ham yetarli darajada jadallashishi kerak. Organizm bunga yurakning urish tezligini bir daqiqada 70 dan 150-200 gacha, sistolik hajmni 70 ml dan 200 ml gacha ko‘paytirish yo`li bilan erishadi. Natijada tinch holatda 4-5 litrga teng bo`lgan qonning minutlik hajmi 25-30 litrga yetadi. Ishlayotgan muskullarning qon tomirlari kengayib, qon bilan ta‘minlanishi yaxshilanadi. 175 Ayni vaqtda qonning kislorod sig‘imi ham ortadi, chunki zahiralardan eritrotsitlarga boy qon tomirlarga o‘tadi. Ishlab turgan muskullarning kislorod bilan ta‘minlanishini yaxshilashda to‘qimalardagi oksigemoglobinning parchalanishini tezlashishi ham ahamiyatga ega. Faol muskul to‘qimasida kislorod miqdori keskin kamayadi, CO 2 va sut kislota miqdori ortishi tufayli muhit pH kislotali tomonga suriladi, to‘qimaning harorati ko‘tariladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi oksigemoglobinning parchalanishini tezlashtiradi. Natijada jismoniy ish vaqtida kislorodni o‘zlashtirish koeffitsiyenti 30-40% dan 50-60% gacha ko‘tariladi. Agar bajarilayotgan ish juda og‘ir bo`lsa, tashqi nafas va qon aylanishi qanchalik tezlashmasin, organizmning kislorodga bo`lgan ehtiyoji toia qondirilmaydi. Kislorod qarzdorligi vujudga keladi. Shuning uchun ish tugagandan keyin ham ma‘lum vaqt davomida o‘pka ventilyatsiyasi va qon aylanishi yuqori darajada saqlanib qoladi. Bu davrda organizm kislorodni keragidan ko‘proq o‘zlashtirib, kislorod tanqisligini qoplaydi. Kislorodning ortiqcha qismi ish vaqtida qonda to‘planib qolgan sut kislotani oksidlanishi uchun sarflanadi. Sut kislotaning bir qismidan dam olish vaqtida glyukoza qayta sintezlanadi. Doimo jismoniy ish bilan shug‘ullanadigan odamlarda o‘pkaning tiriklik sig‘imi ko‘payadi. Tinch holatda nafas siyrak va chuqur bo`ladi, qonning kislorod va bufer sig‘imi ortadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling