Muqaddima


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

ME’DADA OVQAT HAZMI 
Me‘da hazm tizimining eng keng va hajmli qismi. Bir yoia anchagina iste‘mol 
qilingan ovqat bu yerda ma‘lum vaqt turadi. Me‘daga tushgan ovqatning ichki qismlariga 
me‘da shirasining xlorid kislotasi sekin yetib boradi. Muhit kislotalikka aylanmaguncha, 
so`lak amilazasi polisaxaridlar parchalanishini me‘dada davom ettiradi. Me‘da shirasi 
tarkibidagi fermentlar oqsillarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishini boshlab beradi. 
Me‘dada bir necha soat turgan ovqat moddalari eriydi, yumshaydi, shiraga aralashadi va 
asta-sekin o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi. Bu jarayonlar me‘daning sekretor va motor 
faoliyatiga bog‘liq. Bundan tashqari, me‘da inkretor, so‘rish, ekskretor va ovqat ovqat 
hazm qilishga bog‘liq bo`lmagan faoliyatlarga ega. 
ME’DANING SEKRETOR FAOLIYATI 
 
Me‘daning shilliq pardasida joylasgan me‘da bezlari shira ishlab chiqaradi. Bu bezlar 
maxsus bez hujayralaridan – glandulotsitlardan tashkil topgan. Asosiy 
Glandulotsitlar me‘da shirasining asosiy tarkibiy qismi – proteolitik fermentlrni 
sintezlaydi. Pariyetal glandulotsitlar xlorid kislota ajratadi va mokotsitlar shiraga 
shilimshiq ajratadi. 
Me‘daning pilorik qismidagi bezlar tarkibida pariyetal glandulotsitlar yo‘q. Shu 
sababdan pilorik shiraning muhiti ishqoriy. 
ME’DA SHIRASI TARKIBI 


183 
Me‘da bezlari (asosan fundal qismidagi bezlar) bir kecha-kunduzda 2,0-2,5 litr shira 
ajratadi. Bu shira tiniq, rangsiz suyuqlik. Shirada 0,3-0,5% miqdorda xlorid kislota 
bo`lgani uchun muhiti kislotali, pH 1,5-1,8 atrofida. Me‘da shirasining xlorid kislotasi 
me‘da va umuman hazm tizimi faoliyati uchun muhim bo`lgan quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 
1. Nofaol pepsinogenni faol pepsinga aylantiradi. 
2. Pepsinlar faolligi yuzaga chiqishi uchun zarur bo`lgan kislotali 
muhitni yaratadi. 
3. Ovqat oqsillarini denaturatsiyaga uchratadi, yumshatadi. 
Natijada ularning parchalanishi yengillashadi. 
4. Pilorik sfinkterning ochilib-yopilishini va ximusning ichakka 
oz-ozdan o‘tishini boshqarishda ishtirok etadi. 
5. Me‘da 
va ingichka ichak shilliq pardasidan qonga 
gormonlarnin ajralishini o‘zgartirib, hazm tizimi faoliyatini 
boshqarishda ishtirok etadi. 
6. Bakteritsid ta‘sirga ega bo`lib, me‘dada mikroblarning 
ko‘payishiga yoi qo‘ymaydi. 
Organik moddalardan shirada aminokislotalar, sut va siydik kislota, siydikchil, 
peptidlar, oddiy va murakkab oqsillar uchraydi. Ularning umumiy miqdori 8-9 g/l. 
Organik moddalardan eng muhimi fermentlar. 
Odam me‘dasining asosiy glandulotsitlari bir guruh noaktiv proteolitik fermentlar – 
pepsinogenlarni sintezlab, ajratadi. Xlorid kislota hosil qiladigan kislotali muhitda 
pepsinogenlar molekulasidan uncha katta bo`lmagan polipeptid perchalanib, ajraladi va 
fermentlarning faol markazi ochilib, pepsinlarga aylanadi. Pepsinlar eng yuqori faollik 
ko‘rsatishi uchun sarur bo`lgan muhit sharoiti (pH optimumi) bilan farqlanadi. Ularning 
bir qismi (chin pepsinlar) muhit pH 1,5-2,0 ga teng bo`lganda eng yuqori tezlikda 
oqsillarni parchalaydi. Muhit pH 3,2-3,5 da faolligi eng yuqori bo`lgan pepsinlarni 
gastriksinlar, deb atashadi. 
Katta odamning me‘da shirasida pepsinlar va gastriksinlar nisbati 1:2-1:5 bo`lishi 
mumkin. Me‘da proteolitik fermentlarining turli oqsillarni parchalash faolligida ham farq 
bor. Ovqat me‘dada bir necha soat qayta ishlanar ekan, me‘da bo‘shlig‘idagi 
aralashmaning (ximusning) pH keng doirada o‘zgaradi. Ovqat iste‘mol qilib bo`lganda 
uning me‘dadagi miqdori ko‘p, ajralgan shira va undagi xlorid kislota miqdori oz 
bo`lgani tufayli pH yuqori bo`ladi. Bu vaqtda gastriksinlar faollik ko‘rsatadi. Me‘da 
hazmining ikkinchi yarmida, shira tez ajralayotgan paytda ximusning ancha qismi 
ichakka o‘tib ketadi va pH pasayadi. Bu sharoitda pepsinlar yuqori faollik ko‘rsatadi. 
Me‘da shirasida bir guruh pepsinlar bo`lganidan o‘zgaruvchan muhit sharoitida oqsillar 
toiaroq parchalanadi. 
Me‘da proteolitik fermentlari ta‘sirida oqsillarning parchalanishi nihoyasiga 
(aminokislotalar hosil bo`lish darajasiga) yetmaydi. Ulardan yirik polipeptidlar hosil 
bo`ladi. Ular ingichka ichakda me‘da osti bezi va ichak fermentlari ta‘sirida oxirigacha 
parchalanadi. 
Me‘da shirasida yog‘larni parchalovchi lipaza bor. Ammo bu ferment kislotali 
muhitda faol bo`lmaydi. Me‘dada lipazaning faol bo`lishi uchun sharoit yo‘q. Bu ferment 
emadigan bolalar uchun ahamiyatga ega. Ularning me‘dasida pH ancha yuqori, me‘da 
lipazasi sutning o‘zidagi lipaza bilan barga emulsiya holidagi sut yog‘larini parchalaydi. 


184 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling