Muqaddima


OG’IZ BO’SHLIG’IDA SO’RILISH


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

OG’IZ BO’SHLIG’IDA SO’RILISH 
Til va og‘iz bo‘shlig‘ini qoplagan shilliq parda og‘iz bo‘shliq‘iga tushgan ba‘zi 
moddalarni qonga o‘tkazish (so‘rish) qobiliyatiga ega. Ammo oziq moddalar og‘iz 
bo‘shlig‘ida qisqa vaqt bo`lganidan bu yerda so‘rilishi amaliy ahamiyatga ega emas. 
Amaliyotda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasining so‘rish imkoniyatidan dorilar va 
nikotinni organizmga kiritishda foydalaniladi. Yurak xastaligiga uchragan odamlar 
og‘riq turganda validolni til ostiga tashlab, yengillik sezadilar. Maxsus ishlov berilgan 
tamaki (nos) tarkibidagi nikotin ham til ostidan yaxshi so‘riladi. Ammo nos chekuvchilar 
shuni esda tutishlari kerakki, nos tarkibidagi chala o‘chirilgan ohak milklarni 
yallig‘lantiradi, shilliq pardani shikastlayda va rak kasalligiga olib kelishi mumkin. 
Demak, og‘iz bo‘shlig‘ida ovqatning qayta ishlanishi xususida so‘z yuritib, hazm 
tizimining to‘rtta – motor, sekretor, inkretor va so‘rish faoliyatlari borligini ko‘rdik. 
Tizimning bu qismida ovqatning qayta ishlanishi uchun motor faoliyat katta ahamiyatga 
ega. U tufayli ovqat og‘iz bo‘shlig‘iga qabul qilinadi, maydalanadi, so`lak bilan 
aralashadi va luqma holiga keladi. Garchi oziq moddalarning og‘iz bo‘shlig‘ida 
kimyoviy jihatdan qayta ishlanishi endi boshlansada, so'‘ak bezlarining sekretor 
faoliyatini kamsitish noto'‘'‘i, chunki so'‘ak ovqatni namlab, luqma yuzasini shilliq bilan 
qoplab, yutish uchun tayyorlaydi. 
YUTISH 
Tuxumsimon luqmani til ustidan halqumga tushirish balan yutishning birinchi – 
ixtiyoriy bosqichi boshlanadi. Luqmani harakatga keltirish bir talay muskul va 
tuzilmalarning uyg‘unnlashishini talab qiladi. Til muskullari, til osti suyakni siljituvchi 
va hiqildoqni ko‘taruvchi muskullar qisqarishi, yumshoq tanglayning ko‘tarilishi, 


182 
hiqildoq usti tog‘ayning siljishi natijasida burun yo`llari va nafas yo`llarining og‘zi 
berkiladi., luqma halqumga tushadi. Luqmadan yuqoriroq bo`lgan halqa yo‘nalishdagi 
muskullar qisqarib, uni qizilo‘ngachga siqib chiqaradi. Shu bilan yutishning ikkinchi – 
tez beixtiyor (halqum) bosqichi tugab, uchinchi – sekin beixtiyor (qizilo‘ngach) bosqichi 
boshlanadi. 
Qizilo‘ngachning harakatlanishi yutish harakatlariga bog‘liq. Uni yutish reflektor yoi 
bilan yuzaga chiqaradi. Bu toiqinsimon harakatlar qizilo‘ngachning yuqori qismidan 
boshlanib, me‘da tomon tarqaladi. Yutilgan ovqatdan yuqoriroqdagi halqa muskullar 
qisqarganda, luqmadan pastdagilari bo‘shashadi va bu yerda qizilo‘ngach kengayadi, 
luqma me‘da tomon siljiydi. Keyingi lahza qizilo‘ngachning hozir kengayib turgan qismi 
torayib, luqmadan pastroqdagi qismi kengayadi. Shu tarzda yutilgan ovqat 8-9 sekund 
davomida me‘daga yetadi. Suyuqliklarning qizilo‘ngachdan o‘tish tezligi ancha yuqori. 
Yutish harakatlari bo`lmaganda, me‘daning qizilo‘ngachga tutashgan qismi – kardiya 
berk turadi. Yutilgan ovqat qizilo‘ngachdan o‘tib, bu yerga kelganda, kardiya reflektor 
yoi bilan ochiladi va ovqat me‘daga tushadi. Me‘da toiib ketsa, kardiya tonusi ortib
me‘dadagi ovqatni qaytib qizilo‘ngachga o‘tishiga yoi qo‘ymaydi. 
Adashgan nerv qizilo‘ngach harakatlarini jonlantirib, kardiyani berkitib, qizilo‘ngach 
harakatlarini tormozlaydi. 
Yutish markazi nafas va qon aylanishni boshqaruvchi markazlar bilan o‘zaro 
murakkab munosabatda. Ovqat zarrachalari nafas yo`llariga o‘tib ketmasligi uchun 
yutish vaqtida nafas olmay turish zarur. Bu munosabatlar shu shartni ta‘minlaydi. 
Bundan tashqari, yutish vaqtida yurakning urishi tezlashadi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling