Muqaddima
HIMOYAVIY NAFAS REFLEKSLARI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAFAS VA NUTQ
HIMOYAVIY NAFAS REFLEKSLARI
Nafas yo`llariga nafasga olingan havo bilan har xil zarrachalar (chang), yot moddalar kirishi mumkin. Yuqori va pastki nafas yo`llarida yallig‘lanish rivojlansa, traxeya va bronxlarda balg‘am, burun bo‘shlig‘ida ko‘p miqdorda shilimshiq paydo bo`ladi. Bularning hammasi himoyaviy nafas reflekslari – yo‘tal va aksa urish tufayli tashqriga chiqariladi. Balg‘am va yot moddalar pastki nafas yo`llaridagi retseptorlarni ta‘sirlaganda, avval chuqur nafas olinadi keyin tovush yorig‘i berk bo`lgan holda nafas chiqarish boshlanadi. Bu ishqa qorin muskullari ham jalb etiladi. Kekirdak va bronxlarda havo bosimi ortadi. Yovush yorig‘i darxol ochilgach, havo zarb bilan og‘iz bo‘shlig‘i orqali tashqariga chiqadi va pastki havo yo`llari tozalanadi. Yo‘tal shu yo‘sinda paydo bo`ladi. Burin bo‘shlig‘i va burun yo`llaridagi retseptorlarning te‘sirlanishi aksa urishga olib keladi. Bu refleks boshlanishida ham chuqur nafas olinadi va tovush yoorig‘i berk bo`lgan holda nafas chiqarish boshlanadi. Pastki nafas yo`llaridagi havoning bosimi ma‘lum darajaga yetganda, tovush yorig‘i darhol ochilib, havo zarb bilan burun bo‘shlig‘i orqali tashqariga chiqariladi. Harakat tezligi yuqori bo`lgan havo ta‘sirlovchi moddalarni burun bo‘shlig‘idan chiqarib tashlaydi. NAFAS VA NUTQ Odamning nafas tizimi o‘zining asosiy vazifasi – gazlar almashinuvinigina ta‘minlab qolmay, nutq tovushlarini vujudga keltirishda ham bevosita ishtirok etadi. Ovoz chiqarishda hiqildoq asosiy rol o‘ynaydi. Gapirganda va kuylaganda tovush burmalari jipslashadi, nafasdan chiqayotgan havo ularni tebratib, chiqayotgan havo oqimi kinetik energiyasinin bir qizmi atrofga tarqaladigan akustik energiyaga aylanishidan iborat. Tovush boylamlarini jipslashtirrish va ochish yo`li bilan havo oqimini to‘xtatish va tiklash akustik toiqinlar hosil qilishning asosiy usulidir. Tovushning baland-pastligi yoki yo‘g‘on-ingichkaligi hiqildoq bo‘shlig‘ining katta-kichikligiga, tovush boylamlarining taranglashishiga, hiqildoq, til va halqum muskullarining qisqarishiga bog‘liq. Nutq vaqtida nafas olish nimani qanday gapirish kerakligiga qarab o‘zgaradi. Ma‘lumki, bir nechta jumlani gapirishdan oldin odam chuqur nafas oladi. Keyin havo asosan og‘iz bo‘shlig‘i orqali chiqarila boshlaydi. Nutq nafasining egri chizig‘o arrasimon shaklda bo`ladi. Havo ma‘lum vaqtgacha bir me‘yorda, bir tekis tezlikda chiqariladi, so‘ng tez nafas olinib, yana o‘sha tarzda havo chiqarilishi davom etadi. Odamning tovush burmalari bir sekundda 80 dan 10000 martagacha tebranishi mumkin. Nafas yo`llari rezonator vazifasini bajarib, har qaysi shaxsning o‘ziga xos ovozini shakllaydi. Nutq uchun nafasning ixtiyoriy ravishda boshqarilishi katta ahamiyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling