Muqaddima
ME’DA SEKRETSIYASINING ICHAK BOSQICHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
ME’DA SEKRETSIYASINING ICHAK BOSQICHI Me‘dada qayta ishlanib bo`lmagan ovqat oz-ozdan pilorusdan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tib, bu yerdagi mexanik xemoretseptorlarni qo ‘ zg ‘ atish yo`li bilan medada shira ajralishiga ta‘sir qiladi. Bu reflekslardan tashqari, ichakdan oziq moddalarning parchalanish mahsulotlari qonga so'rilib, me‘dada shira ajralishini kuchaytiradi. Bu moddalar me‘da bezlariga bevosita yoki gastrin va gistamining qondagi miqdorini ko'paytirish yoli bilan ta‘sir qiladi. Me‘da sekretsiyasining uchinchi bosqichida bu jarayonni tormozlovchi omillar ta‘siri kuchliroq. Bular ta‘sirida shira ajralishi asta-sekin kamayib, oxirida batamom to'xtaydi Yog'lar parchalanishida hosil bo'lgan yog ‘ kislotalar. kraxmal parchalari dekstrinlar va vodorod ionlari ichakdan meda sekretsiyasini tormozlaydi. Bu tormozlanishning mexanizmi ancha murakkab. Masalan, yog ‘ larning parchalanish mahsulotlari me‘da sekresiyasini ichak gormonlari xoletsis- tokinin va gastroingibitor peptid yordamida, xemoretseptorlar orqali reflektor yoi bilan va gipofizdan antidiuretik gormonning qonga o'tishini tezlashtirib, neyrogumoral yoi bilan tormozlashi mumkin. Tashqi muhit o'zgarishlari, xususan havo haroratinmg juda yuqori bo`lishi, me‘da bezlari faoliyatini tormozlaydi. Markaziy Osiyo hududida bu hoi yoz oylarida ovhatlanishda e‘tiborga olinishi zarur. Saraton kunlari iste‘m‘ol qilinadigan ovqat yog‘li bo'lmagani, shira ajralishini kuchaytiradigan masalliqlarga boy bo`lgani (ziravorlar, achchiq-chuchuk) maqsadga muvofiq. Ko ‘ rinib turibdiki, me‘da sekretsiyasini murakkab nerv va gumoral mexanizmlar boshqarib turadi. Sekretsiyaning turli bosqichlarida bu mexanizmlar o ‘ rtasidagi nisbat o'zgaradi: shira ajralishi boshlanishida reflektor ta‘sirlar kuchli bo'lsa, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda gumoral mexanizmlarning ahamiyati ortadi. 186 Ammo, bu mexanizmlar o ‘ rtasida qat‘iy chegara yo‘q. To‘g‘rirog‘i, ular o ‘ zaro bog‘langan. Me‘da bezlarining asosiy sekretor nervi —adashgan nervning qo ‘ zg ‘ alishi bir tomondan, bevosita sekretor hujayralarga ta‘sir etib, shira ajralishini tezlashtiradi. Ikkinchidan, bu nervlar qo ‘ zg ‘ alganida hujayralardan gastrinning qonga o ‘ tishi teziashadi va shira ajralishi ko'payadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling