Muqaddima
ME’DA SEKRETSIYASI BOSQICHLARI VA SEKRETSIYANI BOSHQARISH
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- ME’DA SEKRETSIYASINING MIYA BOSQICHI
ME’DA SEKRETSIYASI BOSQICHLARI VA SEKRETSIYANI BOSHQARISH
MEXANIZMLARI Ovqat yegandan keyin me‘dada shira ovqatning tarkibiga qarab 4-5 soatdan 9-10 soatgacha ajralib turishi mumkin. Shu vaqt davomida sekretsiyani boshqaruvchi nerv va gumoral mexanizmlar nisbati, ular faolligini ta‘minlovchi tuzilmalar o‘zgaradi. Sekretsiyani ta‘minlovchi tuzilmalarni ko‘zda tutib, bir marta ovqat yeyilgandan keyin kuzatiladigan sekretor jarayonni uch bosqichga bo`lish rasm bo`lgan. Birinnchi bosqich asosan shartli va shartsiz reflekslarga bog‘liq bo`lgandan u miya yoki murakkab reflektor bosqich nomini olgan. Ikkinchi bosqichda shira ajralishini me‘daga bog‘liq reflektor va gumoral mexanizmlar ta‘minlaydi. Bu shira ajralishining me‘da bosqichi. Ingichka ichakning yuqori qismidan ham nerv va gumoral ta‘sirlar sekretsiya boshqarilishida ishtirok etadi. Bu me‘da sekretsiyasining ichak bosqichi. Ovqat yegandan so‘ng kuzatiladigan me‘da sekretsiyasi uzluksiz jarayon. Aytib o‘tilgan bosqichlar o‘rtasida aniq chegara yo‘q, biri tugamasdan, ikkinchisi boshlanaveradi. Demak, me‘da sekretsiyasini bosqichlarga bo`lish ancha shartli. Biroq ko‘riladigan masalalarni bayon etishni birmuncha yengillashtirish uchun ajratish odat bo`lib qolgan tarzda uch bosqichda ko‘ramiz. ME’DA SEKRETSIYASINING MIYA BOSQICHI Bu bosqichni tajribada boshqalaridan ajratib o‘rganish mumkin. Buning uchun itning qizilo‘ngachi kesilib, uning ikki uchi bo‘yindan tashqariga chiqariladi va me‘dasiga fistula o‘rnatiladi (46-rasm). Itning oldiga ovqat qo‘yilsa, it ovqatni chaynab yutadi. Ammo luqma qizilo‘ngachdan me‘daga yetib bormaydi, uning kesilgan uchidan tashqariga chiqarib tashlanadi. Biroq bu xilda soxta ovqatlantirilgandan keyin oradan 5- 10 daqiqa o‘tgach, me‘dadan shira ajrala boshlaydi. Shira ajralishini ovqat yeyiladigan tanish sharoitga, ovqatning ko‘rinishiga va hidiga nisbatan hosil bo`lgan shartli reflekslar, shuningdek ovqatni chaynab yutilganda qo‘zg‘algan ta‘m sezish va mexanoretseptorlardan vujudga kelgan shartsiz reflekslar ta‘minlaydi. Bu reflekslarning efferent yo`li adashgan nerv tarkibida o‘tgan. Adashgan nerv kesilsa, soxta ovqatlantirish shira ajralishini paydo qilmaydi. Me‘da sekretsiyasining itlarda topilgan miya bosqichiga oid qonuniyatlari odamlarga ham xos. Bu bosqichdagi sekretsiya ko‘proq uzunchoq miyadagi ovqatlanish markazining qo‘zg‘aluvchanligiga bog‘liq. Ovqat tegishli sharoitda (toza xonada, chiroyli idishlarda va h.k.) iste‘mol qilinganda, taomlar mazali, hushbo‘y bo`lganda uning qo‘zg‘aluvchanligi ortadi. Bundan tashqari, taomlarga turli ziravorlar qo‘shilganda ham shira ajralishi kuchayadi. Issiq iqlimda, jumladan Markaziy Osiyo xududida yashovchi halqlarning ziravorlarni (murch, qalarnpir va x. k.) Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling