Muqaddima


OVQATNING OG’IZ BO’SHLIG’IDA QAYTA ISHLANISHI


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

OVQATNING OG’IZ BO’SHLIG’IDA QAYTA ISHLANISHI 
Iste‘mol qilingan ovqat og‘iz bo‘shlig‘ida qayta ishlana boshlaydi va ovqatni 
maydalash, so`lak bilan namlash, luqma shakllashdan iborat bo`ladi. Faqat ba‘zi 
moddalar (uglevodlar) kimyoviy jihatdan qayta ishlana boshlaydi xolos, chunki so`lakda 
fermentlar faolligi sust, ovqatning og‘iz bo‘shlig‘ida bo`lish vaqti 15-18 sekund bilan 
cheklangan. 
CHAYNASH 
Og‘izga tushgan ovqat qattiq bo`lsa, chaynaladi. Ovqatni chaynashda yuqori va pastki 
tishlar, chaynash muskullari, til, tanglay, lunj va og‘iz bo‘shlig‘i tubi ishtirok etadi. 
Chaynash reflektor akt. Og‘izga tushgan ovqat u yerdagi turli retseptorlarni qo‘zg‘atadi. 
Afferent impulslar uchlik nervi orqali uzunchoq miyadagi chaynash markaziga yetib 
boradi. 
Markazda shakllangan efferent impulslar uchlik nervining efferent tolalari bo‘ylab 
chaynash muskullariga yetadi. Chaynashni boshqarishda chaynash muskullarining 
proprioretseptorlaridan markazga intiluvchi impulslar katta ahamiyatga ega. Chaynash 
muskullari juda baquvvat. Ular qisqarganda yuqori va pastki orasida hosil bo`ladigan 
bosim o‘simlik va hayvon to‘qimalaridagi pardalarni yemirish uchun yetarli bo`ladi. 
Chaynalganda ovqat tishlar o‘rtasidagi oraliqda bir necha marda ag‘dariladi, 
maydalanadi, so`lak bilan aralashib, yumshaydi. Ovqat chaynab bo`lingandan keyin til 
ustiga yig‘iladi, luqma holiga keltiriladi va yutiladi. 
SO`LAK AJRALISHI 
Chaynash hazm tizimining barcha qismlariga xos harakat faoliyatining misoli. Bu 
tizimning asosiy faoliyatlaridan yana biri sekretor faoliyat. Og‘iz bo‘shlig‘ida bu faoliyat 
so`lak ajralishi bilan ifodalanadi. So;lak uch juft yirik va juda ko‘p mayda so`lak bezlari 
mahsulotidir. Yiriklari quloq oldi, jag‘ osti va til osti bezlari. Mayda bezlar esa til, jag‘ 
va tanglayni qoplagan shilliq pardada joylashgan. Bu bezlar ishlab chiqaradigan so`lak 
tarkibidagi shilimshiq modda (mutsin) va oqsillar (seroza) nisbati bilan farq qiladi. 


180 
Shilimshiq bezlar til ildizida va tanglayda joylashgan. Ular ishlab chiqargan so`lak 
quyuq, chunki unda mutsin miqdori ko‘p. Quloq oldi va tilning yon yuzasida joylashgan 
mayda bezlar soiagida oqsil ko‘proq, mutsin deyarli yo‘q. Bu seroz bezlarning soiagi 
suyuq. Jag‘ osti va til bezlari ham seroz, ham shilimshiq hujayralarga ega. Ular va tilning 
uchi, lunj va lablardagi mayda bezlar aralash bezlardir. Aralash bezlar aralash (ham 
shilimshiq, ham oqsilli) so`lak ajratadi. 
Yirik bezlarda hosil bo`lgan so`lak so`lak yo`llariga yig‘ilib, og‘iz bo‘shlig‘iga 
chiqadi. Odamning so`lak bezlari doim so`lak ajratib turadi. Ovqat yeyilmaganda 
ajraladigan so`lak miqdori 0,3-0,24 ml/min. Bu so`lak og‘iz bo‘shlig‘ini namlab turish 
uchun kerak. Vqat chaynnaganda so`lak ajralishi juda ko‘payib, bir daqiqada 3-3,5 ml ga 
yetadi. Bir kecha-kunduzda 0,5-2,0 litr so`lak ajraladi. 
So`lakning ovqatni namlab, ovqatni yumshatishini aytib o‘tgan edik. Bundan tashqari, 
so`lak tarkibidagi suv ovqatdagi ba‘zi moddalarni eritib, ovqatning ta‘mini sezish 
imkonini beradi. Moddalar erimasa, ta‘m sezuvchi retseptorlarni qo‘zg‘ata olmaydi. 
So`lakdagi shilimshiq ovqatdagi zarrachalarni bir-biriga yopishishini va tayyor luqmani 
qoplab, yutishni yengillashtiradi. So`lak bilan ajraladigan lizotsim fermenti va rodon 
tuzlari bakteritsid va bakteriostatik ta‘sirga ega. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling