Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO`LAK AJRALISHINING BOSHQARILISHI
SO`LAKNING TARKIBI
So`lak sal quyqalangan, cho‘ziluvchan suyuqlik. Aralash so`lakning pH 5,8-7,4. Ajralaish tezligi oshsa, so`lakning muhiti ishqoriy tomonga siljiydi. So`lakning 99,4- 99,5% suvdan iborat. 0,5-0,6% ga teng bo`lgan quruq qoldiqda 0,2% chamasida anorganik, 0,4% organik moddalar bor. Na + , K + ,Ca 2+ kationlari, CI - va HCO 3 - anionlari anorganik moddalarning asosiy qismi. Anorganik moddalar miqdori so`lak ajralish tezligi oshishi bilan ko‘payadi, ammo har qanday sharoitda ham so`lak gipotonik bo`ladi. So`lakning organik moddalari mukopolisaxaridlardan, glikoproteinlardan, oqsillardan (shu jumladan, ferment oqsillardan) iborat. So`lakda anchagina fermentlar bor. Ammo ularning ko‘pchiligini faolligi juda past va ovqat hazm qilishda ahamiyati yo‘q. Faqat uglevodlarni parchalovchi fermentlar yetarlicha faol. Ulardan asosiysi α-amilaza. Bu ferment kraxmal va glikogen kabi polisaxaridlarni dekstrinlarga, qisman disaxarid maltozaga va oz miqdorda glukozagacha parchalaydi. Amilaza muhit neytral yoki kuchsiz ishqoriy bo`lganda o‘z faolligini ko‘rsatadi. Ovqatni chaynash vaqti qisqa bo`lganidan, ovqat polisaxaridlari juda oz miqdorda parchalanadi. Maltozani parchalovchi maltazanin umuman faolligi past. Shuning uchun og‘iz bo‘shlig‘ida oziq moddalarning kimyoviy qayta ishlanishi boshlanadi xolos. So`lak bezlari qonga, qisman so`lak tarkibida og‘iz bo‘shlig‘iga kallikrein ajratadi. Bu gormonsimon peptid kininlar, xususan bradikinin hosil bo`lishida ishtirok etadi. Bradikinin esa tomirlarni kengaytirib, ko‘pgina a‘zolarning, jumladan so`lak bezlarining faoliyatiga ta‘sir qiladi. SO`LAK AJRALISHINING BOSHQARILISHI Ovqat og‘iz bo‘shlig‘iga tushganidan 2-3 sekund o‘tgach reflektor yoi bilan so`lak ajrala boshlaydi va ovqat iste‘mol qilgandan keyin darrov tugaydi. So`lak bezlarini rag‘batlantiruvchi retseptorlar asosan til yuzasida, qisman lunj, tanglay shilliq pardasida 181 joylashgan. Ularga bog‘liq bo`lgan afferent tolalar so`lak ajratish markaziga uchlik, yuz, til-halqum va adashgan nervlar tarkibida o‘tadi. Uzunchoq miyada joylashgan bu markazdan efferent impulslar so`lak bezlariga simpatik va parasimpatik tolalar orqali yetib boradi. Parasimpatik tolalar quloq oldi beziga n. Glossopharyngeus, jag‘ osti va til osti bezlariga yuz nervining tarmog‘i chorda tympani tarkibida yetib boradi. So`lak bbezlarining simpatik nervlanishini yuqori bo‘yin simpatik tuguni ta‘minlaydi. So`lak bezlari nervsizlantirilganda so`lak ajralishi butunlay to‘xtaydi. Parasimpatik nervlar ta‘sirida so`lak bezlari tinch holatdan faol holatga o‘tib, ko‘p miqdorda suyuq so`lak ajratadi. Bu nnervlarning qo‘zg‘alishi uzoq davom etsa, so`lakda organik moddalar miqdori kamayib ketadi, shira ajratuvchi hujayralar charchaydi. Simpatik nervlarning qo‘zg‘alishi hujayralarda shira tarkibidagi organik moddalarning o‘tmishdoshi va zahirasi bo`lgan sekretor zarrachalarning miqdorini ko‘paytiradi. Simpatik ta‘sirga so`lak bezlarining javobi ancha kechikkan bo`lib, oz miqdorda quyuq so`lak ajratishdan iborat. Tabiiy sharoitda turli shartli reflekslar so`lak ajrala boshlashiga sabab bo`ladi. Ovqatlanishda odat bo`lib qolgan vaqt va sharoit, taomlarnin hidi va boshqa omillarga hayot davomida shartli reflekslar hosil bo`ladi. Ular faqat so`lak bezlarini emas, boshqa bezlarni ham faol holatga soladi hamda hazm tizimini ovqatni qayta ishlashga tayyorlaydi. Shartli va shartsiz reflekslar so`lak bezlari faoliyatini tormozlaydi ham. Og‘riq, hayajonlanish, suvsirash so`lak ajralishini kamaytiradi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling