Muqaddima


MARKAZIY XEMORETSEPTORLAR


Download 4.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/264
Sana03.11.2023
Hajmi4.57 Mb.
#1743031
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   264
Bog'liq
Normal Fiziologiya Qodirov

MARKAZIY XEMORETSEPTORLAR 
 
Karotid koptokcha, aorta ravog‘idan markazga intiluvchi tolalar kesib tashlangandan 
keyin ham giperkapniya nafasni kuchaytiraveradi. Bu sharoitda nafas markazi 
qo‘zg‘aluvchanligining oshishi markaziy xemoretseptorlarga bog‘liq. Uzunchoq 
miyaning ventral yuzasida, adashgan va til osti nervlarining ildizlari yaqinida miyaning 
to‘qima suyuqligida CO
2
va H
+
ionlari mqidori oshishini sezuvchi uchta soha aniqlangan. 
Bu sohalarga kislota eritmasi bilan ta‘sir qilinsa, o‘pka ventilyatsiyasi keskin ko‘payadi. 
Tabiiy sharoitda uzunchoq miyaning xemoretseptorlarini orqa miya suyuqligidagi H
+
ionlari uzluksiz rag‘batlantirib turadi. 
Arterial qonda karbonat angidrid tarangligining oshishi orqa miya suyuqligida
vodorod ionlari ko‘payishiga olib keladi. Natijada nafas markazining qo‘zg‘alish darajasi 


174 
ortadi, nafas tezlashadi. O‘pka ventilyatsiyasining ko‘payishi CO
2
ajralishini 
tezlashtiradi. 
Markaziy xemoretseptorlarning qo‘zg‘alishi periferik retseptorlarning qo‘zg‘alishiga 
nisbatan nafas markaziga kuchliroq ta‘sir ko‘rsatadi, ammo nafasning o‘zgarishi kechroq 
yuzaga chiqadi. 
Markaziy xemoretseptrolarni CO
2
emas, faqat vodorod ionlari qo‘zg‘atadi, degan fikr 
ham bor. Ammo karbonat kislota nafas markaziga eng kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Buning 
sababi shuki, CO

ning qondan miya suyuqligiga diffuziyalanish tezligi juda yuqori. H
+
ionlarining biologik membranalardan o‘tishi qiyin. 
Chetdagi va markaziy xemoretseptorlardan keluvchi impulslar nafas markazi 
neyronlarining ritmik ravishda faollik ko‘rsatishi uchun zarur. Karotid koptokchalardagi 
ko‘proq gipoksemiyaga sezgir bo`lsa, markaziy xemoretseptorlar qonda CO
2
tarangligi 
ortganda qo‘zg‘aladi. Ulardan hosil bo`ladigan reflekslar gomeostazda ishtirok etadi va 
nafasni organizmning metabolik ehtiyojlariga moslashtiradi. 

Download 4.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling