Muqaddima
MARKAZIY NERV TIZIMINING NAFASNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
MARKAZIY NERV TIZIMINING NAFASNI BOSHQARISHDAGI ISHTIROKI
Uzunchoq miyadagi nafas neyronlari nafas harakatlari yuzaga chqishi uchun nihoyatda zarur tuzilmalardir. Ularning yemirilishi nafasning to‘xtashiga olib keladi. Miyaning yuqori qismlaru shikastlansa, masalan. Miya Varoliy ko‘prigidan yuqoriroqdan kesilsa,nafas saqlanib qoladi. Ammo bunga asoslanib, yuqori tuzilmalar nafas jarayonini boshqarishda ishtirok etmaydi, deyish noto‘g‘ri bo`lar edi. Uzunchoq miyadagi markazlar o‘pka ventilyatsiyasini organizmni tinch holatdagi kislorodga bo`lgan ehtiyojini ta‘minlaydigan darajada saqlab turadi. Ammo nafas muskullari boshqa harakatlarni (vaziyatni saqlash, so‘zlashishda) ham ishtirok etadi. Nafas harakatlarining shunday harakatlar bilan uyg‘unlashishida, nafasning sharoit sharoit o‘zgarishlariga moslashishida miyacha, o‘rta va oraliq miya markazlari va yarim sharlar po‘stlog‘ining ahamiyati katta. Masalan, miya po‘stlog‘i olib tashlangan itning nafas tizimi tinch holatda organizmning kislorodga ehtiyojini toia qondiradi, nafasda sezilarli o‘zgarish ro‘y bermaydi. It yura boshlashi bilan nafasi buziladi, nafas tizimi kislorodga bo`lgan ehtiyojning o‘zgarishiga moslasha olmaydi. Nafasning miya po‘stlog‘i tomonidan boshqarilishining odam uchun ahamiyati juda katta. Odam o‘z xohishi bilan nafasni o‘zgartirishi mumkin. Nafasni to‘xtata olish, uning chuqurligi va tezligini o‘zgartira olish tovush chiqarish, so‘zlash va kuylash imkonini beradi. Ammo odamni o‘z ixtiyori bilan nafasini to‘xtatib turish vaqti chegaralangan. Nafas to‘xtatilgandan keyin qonda karbonat angidridning parsial tarangligi ortib, ma‘mum darajaga yetgach, xemoretseptorlarning kuchli qo‘zg‘alishi natijasida nafas ixtiyoriy nazoratdan cchiqadi va nafas olish tiklanadi. Umuman markaziy nerv tizimining faolligi nafasga ta‘sir ko‘rsatadi. Uyquda o‘pka ventilyatsiyasi bir muncha kamayadi, odam hayajonlanganda, iztirob chekkanida tashqi nafas tezlashadi. Nafasni boshqaruvchi markaziy tizimlarning yaxshi rivojlanmaganligi (chaqaloqlarda) yoki faolligining susayib ketishi (keksa odamlarda) tufayli, uxlab yotganda nafas to‘xtab qolishi mumkin. Yosh ulg‘ayishi bilan nafas yo`llari muskullaro tonusi pasayadi, uyquda bu tonusning boshqarilishi buziladi, odam xurrak otadi. 173 Nafas jarayonini o‘zgartiruvchi shartli reflekslar ham hosil qilish mumkin. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling