Muqaddima
NAFASNING GUMORAL BOSHQARILISHI
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHETDAGI (ARTERIAL) XEMORETSEPTORLAR
NAFASNING GUMORAL BOSHQARILISHI
Nafas tizimining asosiy vazifasi arterial qonda CO 2 va O 2 parsial tarangligi doimiyligini ta‘minlashdan iborat. O‘z navbatida qonda gazlar miqdorining o‘zgarishi nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligiga ta‘sir qilib, tashqi nafasni o‘zgartiradi. Demak, boshqariluvchi jarayon bilan boshqaruvchi markaz o‘rtasida qayta bog‘lanish mavjud. Bunday bog‘lanish chetdagi va markazdaagi xemoretseptorlar orqali o‘rnatiladi. CHETDAGI (ARTERIAL) XEMORETSEPTORLAR Umumiy uyqu arteruyasining ikkiga bo`linishidan hosil bo`lgan ayrida karotid koptokcha joylashgan. Bu tuzilma arterial qon bilan juda yaxshi ta‘minlanadi va qonda kislorodning parsial tarangligi pasayishiga hamda CO 2 tarangligi ortishiga javoban qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgaradigan retseptorlarga ega. Bu retseptorlarni til-xalqum nervining bir qismi bo`lmish afferent tolalar (Gering nervi) bulbar nafas markazi bilan bog‘laydi. Shunga o‘xshash retseptorlar aorta ravog‘ida ham uchraydi. Aorta ravog‘idagi retseptrolarning nafasni boshqarishdagi ishtiroki katta emas, ular qon aylanishini boshqarishda faol qatnashadi. Karotid koptokchalaridagi retseptorlar kislorodning qondagi tarangligi mo‘tadil bo`lganda ham (100 mm.s.u.), markazga afferent impulslar yuborib turadi. Qondagi kislorod tarangligi 80 mm.s.u. dan pasaysa, bu impulslar soni keskin ortadi. Natijada nafas markazining qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, o‘pka ventilyatsiyasi ko‘payadi, qonning oksigenatsiyasi tezlashib, unda O 2 tarangligi ko‘tariladi. Karotid xemoretseptorlarga kislorodning tarangligi pasayishi (gipoksemiya) bilan bir qatorda, CO 2 tarangligining ortishi (giperkapniya) va atsidoz rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi va o‘pka ventilyatsiyasini ko‘paytiradi. Gipoksemiya, giperkapniya va atsidoz ayni bir vaqtda rivojlansa,nafas markazining qo‘zg‘alishi hammadan kuchli bo`ladi. Tabiiy sharoitda oksidlanish jarayonlarining jadallashishi natijasida to‘qimalar qondan ko‘proq kislorod o‘zlashtiradi. Shunga yarasha qonga ko‘proq CO 2 va kislota tabiatli moddalar ajraladi. Karotid xemoratseptorlarning uyqu arteriyasida joylashgani bejiz emas, ular miyaga oqadigan qonda O 2 va CO 2 miqdorini nazorat qilib turadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling