Muqaddima
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’PKANING CHO’ZILISHGA SEZGIR RETSEPTORLARI
- IRRITANT RETSEPTORLAR
MEXANORETSEPTORLARDAN
VUJUDGA KELADIGAN REFLEKSLARNING NAFASNI BOSHQARISHDAGI AHAMIYATI Nafasni boshqarishda ishtirok etadigan mexanoretseptoorlar o‘pkaning o‘zida, nafas yo`llarida, muskullarda joylashgan. Ulardan hosil bo`ladigan reflekslar nafas olishning chuqurligi va davomiyligini boshqarib turadi. Shuningdek, bu retseptorlar yo‘talish va aksirish himoya reflekslarini yuzaga chiqarishda ishtirok etadi. O’PKANING CHO’ZILISHGA SEZGIR RETSEPTORLARI Bu retseptorlar nafas markaziga o‘pkaning cho‘zilish darajasi to‘g‘risida axborot beradi. Cho‘zilish retseptorlarining umumiy soni 2000 ga yaqin. Ular asosan bronxlarning silliq muskul qavatida joylashgan. Cho‘zilish retseptorlaridan boshlangan afferent tolalar adashgan nerv tarkibida uzunchoq miyadagi nafas neyronlarining dorsal guruhigacha ko‘tariladi. Nafas olish davomida cho‘zilish retseptrolarining qo‘zg‘alishi orta boradi. Ulardan markazga keladigan impulslar inspirator markazni tormozlaydi. Nafas olish to‘xtab, nafas chiqarish boshlanadi. Bu refleks inspiratsiyani tormozlovchi Gering va Breyer refleksi deb ataladi. Hozir ma‘lum bo`lishicha, inspirator markaz neyronlari ikki guruhga bo`linadi Ularning 60% (R α -neyronlar) cho‘zilish retseptorlaridan kelgan impulslar ta‘sirida tormozlanadi, ozroq qismi esa (R β -neyronlar) qo‘zg‘aladi. R β -neyronlar R α -neyronlar bilan tormozlovchi sinapslar orqali bog‘langan. Nafas olingan vaqtda bu sinapslarda tormozlanishning qo‘shilishi (summatsiyasi) yuzaga chiqadi va R α -neyronlarnin qo‘zg‘alishi so‘nadi. Ayni vaqtda ekspirator neyronlar qo‘zg‘alib, nafas chiqarishni ta‘minlaydi. IRRITANT RETSEPTORLAR Nafas chiqarish tugab, nafas olish boshlanishida o‘pkaning hajmi kichiklashganda qozg‘aladigan irritan retseptorlar nafasni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ular havo yo`llarining epitelial va subepitelial qavatlarida joylashgan. Nafas chiqarilgan vaqtda irritant retseptorlarning qo‘zg‘alishi inspirator markaz neyronlarini qo‘zg‘atib, nafas olishga sabab bo`ladi. Irritant retseptorlar ammiak, efir, tutun va boshqa moddalar bug‘i ta‘sirida qo‘zg‘aladi. Natijada odam havo yo`llari qirilib, achishganini sezadi, yo‘taladi yoki aksiradi. 172 Irritant retseptrolarning davomli qo‘zg‘alishi inspirator markaz faolligini oshirib, nafasni tezlashtiradi. Bevosita alveolalar atrofida joylashgan J-retseptrolarnin va plevra retseptorlarining sog‘ odamning nafasini boshqarishdagi roli ma‘lum emas. Ammo o‘pka va plevra yallig‘langanda bu retseptorlarning davomli qo‘zg‘alishi og‘riq va haloslashga sabab bo`ladi. Nafasning o‘z-o‘zidan boshqarilishida nafas muskullarining proprioretseptorlari ham ishtirok etadi. Bu retseptrolar nafas muskullari tomonidan nafas markazining ―buyruqlari‖ bajarilishini nazorat qiladi. Bu ishni qovurg‘alararo va qorin muskullarifagi proprioretseptorlar bajaradi. Agar biror sababdan (masalan, ko‘krak qafasi siqilganda) muskullarning qisqarish kuchi kerakligidan larn bo`lib qolsa, muskul duklaridan afferent impulsatsiya ortib, orqa miya α-motoneyronlarining qo‘zg‘alishini kuchaytiradi. Natijada nafas muskullarining qisqarish kuchi ortadi va nafas olishga bo`lgan qarshilik yengiladi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling